Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
navoiy mahbubul qulub lotin com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
89
23. Tarj. ar.: Ikki dunyo (bu va narigi dunyo)da muqaddas — sharif insondir. 
24. Tarj. ar.: Iflos bo‘lmoq. 
25. Tarj. ar.: Olloh taolo ularning ruhlarini muqaddas qilsin. 
26. Shayx Boyazid Bistomiy — Tayfur bin Iso bin odam bin Sarushon (vaf. 280/873—74) ulug‘ 
mashoyixlardan, buyuk avliyolardan. Jomiy birinchi tabaqaga mansub, deb yozadi. Junayd Boyazid 
haqida: «Bizning oramizda Boyazid maloikalar orasida Jabroil kabidur», — degan ekan.
Attor «Tazkirat ul—avliyo»da Boyaznd Bistomny haqidagi makrlatlarda 125 naql, karomat va 
hikmatlar. Shayx Boyazidning me’roji, «hamd», «Shayx Boyazidning munojati» deb nomlangan 
alohida boblar beradi. Navoiy bu yerda pir irshodidan chetga chnqish solik uchun xatarli, degan 
tushunchaning isboti uchun Boyazid Bistomiy haqidagi bir naqlga e’tiborni tortadi. 
27. Horun ar—Rashid (763 yoki 766, Bog‘dod — 809, Tus) abbosiylar sulolasinnng beshinchi 
xalifasi. Uning davrida dehqonchilik, hunarmandchilik, tijorat, ilm—fan va madaniyat ravnoq topgan. 
«Ming bir kecha»dagi naqlu rivoyatlarda u adolatli hukmdor sifatida tilga olinadi. 
28. Shayx Bahlul — Horun ar—Rashid davrining mashoyixlaridan, zamona allomasi Umar 
Kufiyning o‘g‘li bo‘lgan. O‘zini devonavashlikka solib, jamiyat norasoliklari va a’yonu ashroflar 
riyokorligini fosh etib yurgan. Leknn Shayx Bahlulning jununi bor, deb uni jazolashmas ekanlar. 
Navoiy Horun ar—Rashid bilan Bahlul orasidagi bir suhbatni shukr va qanoat bobidagi o‘z o‘gitlariga 
misol tarzida keltiradi. 
29. «Xush» so‘zining arabcha yozilishidagi harflar yig‘indisidan «abjad hisobi» bilan 906/1500 — 
1501 y. chiqadi. 

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə