Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   90
navoiy mahbubul qulub lotin com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
83
47. Na’am — navo, ohang, kuy, tarona.
48. Tarj. ar.: Olloh dedi. 
49. Tarj. ar.: Ollohning elchisi, ya’ni Payg‘ambar dedi. 
50. yorod — musiqa asbobi. 
51. ayolg‘uchi — kuyning cho‘ziq nag‘malarini ijro etuvchi. 
52. Zij — yulduznoma; jadval. 
53. Tarj. ar.: qochish, uzoqlashish lozim bo‘lgan. 
54. Tarj. ar.: oyning yuksakligi. 
55. Tarj. ar.: munajjimlar, yolg‘on gapiradilar. 
56. ajnos — jinsning ko‘pligi — tur, nav; mol, matoni ham anglatadi. 
57. Tarj. ar.: musulmonlarning ikki yelkasida o‘tirgan ikki farishta (o‘ng yelkadagisi savob 
ishlarini, chap yelkadagisi gunoh ishlarini yozib borar ekan).
58. Odam — Olloh yaratgan ilk nnson. «Abulbashar» (Bashariyat 
otasi), kunyasi «Safiulloh» (Ollohning sof quli) laqabi bilan ham taniqli. Halqda Odam Ota deb 
yuritiladi. Odamning yaratilishida yer yuzidagi har jins tuproqdan olingan emish. Olloh odamga ruh 
kiritgach, unga malaklarning sajda qilishini buyuribdi. Ulardan biri jannatning xazinadori Azozil (Iblis, 
shayton) otashdan yaratilgani uchun bo‘ysunmabdi va Olloh uni jannatdan quvibdi. Odamning so‘l 
qovurg‘asi suyagidan Havva yaratilgach, ular birga nurdan liboslar kiyib, rohatda yasharkanlar faqat 
jannat mevalaridan yemasliklarn kerak ekan. Iblis ularni yo‘ldan urmoq uchun qanchalik harakat 
qilmasin, jannat darvozaboni Rizvon rozi bo‘lmabdi. Iblis hiyla bilan to‘rt oyoqli, go‘zal hayvon 
bo‘lgan ilonning tishlari orasida jannatga kirib olibdi. Nihoyat Iblis nayrang bilan Havva va Odamga 
jannat mevalarini yediribdi. Shundan so‘ng Olloh ilonni oyoq va tishlaridan mahrum etgan ekan. Olloh 
Odam va Havvaning liboslarini yechdirib, jannatdan quvibdi. Ular mahram yerlarini anjir yaprog‘i 
bilan bekitib, Iblis va ilon bilan jannatdan chiqarilibdilar. Odam Sarandib, Havva Arabistondagi 
Jiddaga, Iblis Maysonga, ilon esa Isfahon (yoki Nusaybin)ga borib tushibdilar. 200 yil toat-ibodat, 
tavba-tazarrudan so‘ng Jabroil Odam va Havvani Arofatda bir—biriga qovushtiradi. Ular 20 juft (qiz 
va o‘g‘il — egizak) farzand ko‘radilar. Bularning eng mashhurlari Hobil va Qobil hamda Shit 
payg‘ambardir. Qur’oni karimda hadislarda va adabiyotda Odam haqida oyat naql va qissalar g‘oyat 
ko‘p. Navoiy «Risolai tiyrandoxtan» asarida Odam ato jannatdan chiqarilgach, Olloh unga 
dehqonchilik qilishni, bug‘doy ekishni buyurganini yozadi. Bu yerda ana shunga ishora bor.
59. Tarj. ar.: aziyat beruvchilarni o‘ldiringlar. 
60. «Sod» — arab alifbosidagi harfning nomi. «Hirs» so‘zining 
oxirgi harfi «sod» bilan yozilganiga bu yerda ishora qilinadi.
61. «ayn» — arab alifbosidagi ayirish belgisining nomi, «tama’» so‘zida oxirgi harf bo‘lib 
kelishiga ishora. 
62. Tarj. ar.: Olamning to‘rt iqlimiga sipohgarlik qilish — mol handashlikdir. Bu yerda sipohiylik 
mohiyatiga kinoya bor. 
63. Tarj. ar.: shovqin-suron, to‘polon, taralla-yalla. 
64. Rind — dunyo ishlarini xush ko‘rgan kishi. «G‘iyos ul—lug‘at»dan «Rind shariat qoidalarini, 
johillik yuzasidan emas, ongli suratda inkor qiluvchi odam, deyiladi. Adabiyotda rind johu davlatni 
ko‘zga ilmagan hur fikr, isyonkor ruhiyatli, mayparast, bodadan haqiqat sarmasti bo‘lib ishq sahrosi 
sargardonlari timsashda keladi. Hofiz 
Rindon bodano‘shki, bo jam hamdamand,
Voqif zi sirri olam va az holi odamand 
(ya’ni, rindlar jom bilan hamdam bodanushdirlar, Ular olam sirlariyu odam holidan voqifdirlar), 
deb yozadi. 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə