Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
navoiy mahbubul qulub lotin com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
84
65. Dayr — lug‘aviy ma’nosi — ibodat gunbazi: kaliso, butxona, majozan: mayxona. Tasavvufda 
lison olamini anglatadi. 
66. Jamshid — Jam Qadimiy Eronning peshdodiylar sulolasining 4—hukmdori. Mifologiyaga 
ko‘ra u Nuh zamonida 700 yoki 1000 y. yashagan. Insonlarga zarur bo‘lgan ko‘p narsalarni, jumladan
sipohiylik aslahalari nayza, qilich, pichoq, qalqon, yasatgan. Hammom bino qilgan. Ipak liboslar, 
ranglar ixtiro etgan. Istahr degan shaharni kengaytirib, unda ulug‘ bir bino qurdirgan. Imorat bitgach 
katta tantanali yig‘in o‘tkazib, o‘zi javohirlar qadalgan taxt ustida o‘tirganda, quyosh chiqib, uning 
hashamatidan hamma yoq porlab ketadi. Xalq bu kuni Navro‘z (yangi kun) Jomni esa Jamshid (nur 
shohi) deb atay boshladi. Oqibat Jamshidda g‘urur va kibr paydo bo‘ladi. Navoiy «Tarixi anbiyo va 
hukamo» asarida yozadi: o‘z suvrati bila butlar yasab, aqolim (iqlimlar), va kishvar (mamlakat)larga 
yiborib, elga o‘zining parastishini (o‘ziga sig‘inishni) buyuradi. Ollohning qahriga uchradi va Zahhok 
Jamshidni arra bilan ikkiga bo‘lib, pora—pora qildi, taxtini egalladi. Tasavvufda Alaviy, Mavlaviy 
Bektoshin tariqatlarida Jom bir zikr nomi bo‘lib, zikrdan so‘ng sharob ichiladi. Jam maqomi, jam ul—
jam degan komil maqom ham bor. Bu yerda Navoiy Xarobot rindlari o‘z shavkatini Jamshidnikidan 
ortiq biladilar degan fikrga urg‘u bermoqda. 
67. Darvesh — bir tariqatga bog‘li odam. Asl ma’nosi Olloh yo‘lida xoksorlik va faqirlikni qabul 
qilgan kimsani anglatadi. Adabiyotda darvesh farog‘at go‘shasida sokin, qanoat xazinasi sohibi
martabada sultondan yuksak, ma’naviyat podshohi, o‘z yurtida musofir, xirqapo‘sh sayyor sifatida 
qalamga olinadi.
68. Faridun — Afridun holida ham uchraydi. Qadimgi Eron peshdodiylar sulolasiga mansub 
podshoh. Navoiyning «Tarixi muluki ajam» asarida yozishicha, ba’zi manbalarda Jamshid nabirasi, 
ba’zilarida Taxmuras naslidan deyiladi. Navoiy Faridunni «Yaxshi axloqlik olim va odil podshoh erdi» 
deb maqtaydi. U Muso payg‘ambar va Horun uning zamonida yashaganlar, deb yozadi Navoiy. 
Faridun o‘z yaralariga odamzod mag‘zidan boshqa davo topmagan Zahhokni mahv etgan, Kova 
ohangar (temirchi) saxtnyonini bayroq qilish qoidasini o‘rnatgan edi. Faridun o‘zining boy xazinasi 
bilan ham mashhur bo‘lgan ekan. Bu yerda ana shu Faridun ganjga ishora qilinadi.

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə