Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
navoiy mahbubul qulub lotin com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
88
muallifinnng nomi Homidi Balxiy ekanligi haqida ma’lumot e’lon qildi. 
7. Ankar al—asvot — a.: Eng yoqimsiz tovush, ovozni anglatadi.
8. Yusuf Andigoniy — «Badiiy» taxallusi bilan yozgan shoir. Navoiy «Majolis un—nafois»da 
ta’kidlashicha, tahsil uchun Samarqandga borganida, u Andijondan kelgan va birga bo‘lishgan. Keyin 
Hirotda yashagan. Navoiy uning yaxshi she’rlari borligini, aruzni bilishligini, muammo risolasi 
borligini ta’riflaydi. «Birmuncha takabbur ham bor edi», deb qayd qilib o‘tadi. Lekin Yusuf 
Andijoniyning ovozga aloqador jihati haqida tazkirada so‘z kelmaydi. Binobarin, bu yerda Navoiy 
nimani ko‘zda tutayotganini aniqlash mumkin. Balki shoir chiroyli ovoz bilan she’r o‘qigan, balki 
xushovoz xonanda bo‘lgandir. 
9. Salmon — qarang: shu kitob 25—b.; 35—izoh. 
10. Jorulloh — bu nom bilan Mahmud Xorazmiy — Abulqosim Mahmud bin Umar Zamahshariy 
(467/1074 — 538/1143 — 44) Asli Xorazmning Zamaxshar shahridan adabiyot va lug‘at ilmida katta 
ishlar qilgan olim, ma’lum muddat Ka’ba mujoviri (Ka’ba yonida yashagan) bo‘lgani uchui Jorullox 
(ollohning qo‘shnisi) laqabi bilan mashhur bo‘lib ketgan. Bir oyog‘idan ayrilgan ekanligi haqida 
ma’lumotlar bor. «Kashshof», «Asos ul—balog‘a», «Muqadima dar lug‘at» kabi asarlar yozgan.
11. Bu yerda Navoiy Zamaxshariyning «Kashshof» (kashf qiluvchi, ochuvchi, tushuntiruvchi, 
ma’nodor, puxta) asarini namuna sifatida keltirmoqda. 
12. Tarj. ar.: U yagonadur va uning sherigi yo‘qdur. Ollohdan o‘zga iloh yo‘qdir.
13. Jilla jalolahu umma va umma navalahu va lo iloha hayrahu — a.: Buyukligi yana ham yuksalib, 
ne’matlar umumiy bo‘lsin. Undan o‘zga iloh yo‘q.
15. Tarj. ar.: Olloh sanga qanday yaxshilik qilsa, sen ham boshqalarga shunday yaxshilik qilgin.
16. Nuh — payg‘ambar. Rivoyatlarga ko‘ra, odamlarni imonga da’vat qilib maqsadiga erisha 
olmay sarosimaga tushgan Nuhga «Kema yaratgil», — deb vahy keladi: kema tayyor bo‘lgan to‘fon 
alomatlari ko‘rinadi. Nuh oilasi, bir qancha mo‘minlar va har tur hayvondan bir juftdan olib kemaga 
chiqadi. Uning o‘g‘li Yom «men toqqa chiqib, qutilib qolaman», — deydi. Kema dahshatli dalg‘alar 
orasida suzib yuradi.
Nihoyat, Ollohning qudrati bilan bo‘ron to‘xtaydi. Olam boshqa olam bo‘ladi. Nuhning uch o‘g‘li 
Som, Hom va Yofasdan insonlar yaraladilar. Nuhni ikkinchi Odam deb ta’riflaydilar. Nuh 1000 yoki 
250 y. yashagan emish. Shuning uchun xalq orasida «Nuh umri» degan tushuncha keng tarqalgan. 
Adabiyotda Nuh umri, to‘fonlarga bardosh bergan oshiq, to‘fon esa oshiqning, ko‘z yoshi sifatida 
qalamga olingan. Bu yerda Navoiy Nuh umricha umrim bo‘lsa ham davr ahli bevafoliklari va zamon 
xayli behayoliklarini yozib tugatishim mahol, — demoqda. 
17. Luqmon — Sharq xalqlari orasida Luqmoni hakim nomi bilan mashhur asli habash bo‘lib, 
Dovud payg‘ambar zamonida yashagan ekan. U kimningdir solih quli bo‘lgan, keyin ozod qilingan, 
degan rivoyatlar ham bor. Ko‘p bilimlarni ayniqsa, tabobatni yaxshi bilgan Luqmon umri oxirida 
aqldan ozgan ekan. Jomiy «Nafahot ul-uns»da «Shayx Luqmon Saraxsiy» deb maqola beradi va uning 
dunyodan o‘tgan chog‘ida mashhur shayxlardan Abu Sayd Abul Xayr va Abul Fazl Hasanlar tepasida 
bo‘lganlarini yozadi. 
Jomiy Luqmonning «Ilohi, podshohlarning qullari qarib qolganda, uni ozod qiladilar. Sen aziz 
podshohsan, men senga bandilikda qaridim, ozod qil», — deb iltijo qilganida, g‘oyibdan «Ey Luqmon» 
seni «Ozod qildim» degan nido kelgan. Uning ozodligi shunda ediki, aqli olingan edi», — deb yozadi. 
Bu yerda Navoiy Luqmonning oddiy bir qul bo‘lgann haq inoyati bilan hakim va nabiylikka noil 
qilinganiga diqqatni qaratadi. 
18. Tarj. ar.: yaxshilik qanotlari yo‘q bo‘lmaydigan va yo‘q bo‘lmaydi. 
19. Tarj. ar.: Toqat qilib bo‘lmas narsadan qochish. 
20. Tarj. ar.: Senga buyruq qilingandek to‘g‘ri bo‘l. 
21. Tarj. ar.: Qanoat qilgan azizdur. 
22. Tarj. ar.: Yaramasliklar onasi. 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə