Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
navoiy mahbubul qulub lotin com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
2
Bu kavkablardin aylab tengri mavjud,
Nubuvvat ma’sharig‘a durri maqsud.
Nubuvvat spehrida quyosh erkoni ma’lum,
Musohiblar sha’nida ashobi kaniujum
11

(Salovati Ollohi alayhi va alo olihi va ashobihi alo yavmiddini)
12

Ammo ba’d: fuqaroning gadoyi va g‘aroib masturalarining chehrakushoni al-faqir ul-haqir Alisher 
al-mulaqqab bin-Navoiy (g‘affara zunubihi va sattara ayyubihi)
13
mundoq arz qilur va adosin o‘ziga 
farz bilurkim, bu xoksori parishon ro‘zgor shabob avonining bidoyatidin kuhulat zamonining 
nihoyatig‘acha davron voqeotidin va sipehri gardon hodisotidin va dahri fitnangiz buqalamunlug‘idin 
va zamonai rangomiz gunogunlig‘idin muddati madid va ahdi baid har nav’ shiq va suratda aqdom 
urdum va har tavr suluk va kisvatda yugurdum va o‘zumnn yaxshi-yamon xizmat va suhbatig‘a 
yetkurdim. Goh mazallat va ano vayronida shevan ko‘rguzdum va goh izzat g‘ino bo‘stonida anjuman 
tuzdum. 
Masnaviy: 
 
Gahe topdim falakdin notavonlig‘,
Gohe ko‘rdim zamondin komronlig‘,
Base issig‘, sovug‘ ko‘rdo‘m zamonda,
Base achchig‘, chuchuk tottim jahonda. 
Iflos va notavonlig‘ hangomida, ya’ni falokat va nomurodlig‘ ayyomida goh ilm madorisida safi 
niolda yer tuttum, goh ulamo majlisida ilm nuridin ko‘ngulni yoruttum. Goh atqiyo masojidida alar 
qadami yetgan yerga yuz qo‘ydum va sajda kasratidin manglayim terisini so‘ydum. Va goh safo 
xonaqohi ahli ibrikig‘a suv quymoq bila arjumand bo‘ldum va goh fano dayri xayli sabukashligidin 
sarbaland bo‘ldum. Va goh laimlar olida xorlig‘ va goh arzollar olida bee’tiborlig‘ ko‘rdum. Va goh 
ishq ko‘yida beboklik va odamiykush parichehralarg‘a haloklik dast berdi. Va goh junun mahallasida 
arzol bo‘ynumg‘a silliy urdilar va atfol boshimg‘a tosh yog‘durdilar va goh shahrim eli sitamidin 
g‘urbatka tushtum va g‘arib xaloyiqka qo‘shuldum va qovushtum. Va jibol kullasi oromgohim bo‘ldi 
va goh saxro etogi panohim bo‘ldi. Va goh g‘urbatda alil va g‘arib elga zalil bo‘ldum. Goh bu 
shiddatlardin azmi vatan qildim. Va goh azizlar xizmatidin o‘zumni bahramand va so‘zumni dilpisand 
va arjumand toptim. 
Ruboiy: 
 
Gardun gah manga jafou dunluq qildi,
Baxtim kibi har ishta zabunluq qildi, 
 
Gah kom sari rahnamunluq qildi,
Alqissa: base buqalamunluq qildi. 
Ammo shug‘l va komronliq chog‘ida va ko‘ngul mulki xalq hujumi bulg‘og‘ida va goh amorat 
masnadida o‘lturdum va hukm va hukumat mahkamasida dodxoh so‘rdum va goh podshoh nayobatida 
taraqqub tuzdum va nazzoragar elga o‘zumni komron ko‘rguzdum. Va goh makrumat ayvonini makon 
qildim va akobir va ashrofni ta’zim yuzidin mehmon qildim. Va goh nishot bog‘ida bazm tarhi soldim 
va soqiy va mutrib bazmu simoidin bahra oldim. Va goh salotni muxolafatlarida arog‘a kirdim va 
munozaatlarin muvofaqatg‘a qaror berdim. Goh harb ma’rakasig‘a o‘zumni soldim, va jahl va 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə