Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90
navoiy mahbubul qulub lotin com

Sekkizinchi fasl 
 
YaSOVUL GURUHI ZIKRIDA 
Yasovul, bir mazlum ishi keyincha borg‘ay va ul mazlumni zolimdin qutqorg‘ay. Agar muzd 
tilamagi maqdurdin ortuqroqdur, ul zolimga ulug‘roq o‘rtoqdur. Agar sa’yig‘a yarasha olur xayoli 
bo‘lg‘ay, ota merosi va ona sutidek haloli bo‘lg‘ay. Va agar tama’i haqq us-sa’yidin kamdur, erlik va 
muruvvat anga musallamdur. Va agar sa’y qilg‘ay va olmag‘ay, muzdkim anga haqdur, ani desa 
bo‘lg‘aykim, valiyi mutlaqdur. 
Ko‘p eranlar bu ishni shior etibdurlar va bu suluk bila maqosidg‘a yetibdurlar. 
Masnaviy: 
 
Avliyoullohki, har suratda bor,
Ba’zi etmish bu ravishni ixtiyor,
Chun erurlar qubbalar ichra nihon,
Haqdin o‘zga kimsaga ermas ayon. 
To‘qquzinchi fasl 
 
YaSOG‘LIQ VA QORA ChYeRIK ZIKRIDA 
Yasog‘liq degan qora cherik, ya’juj va ma’juj xaylig‘a sherik. Emgakdin alarg‘a orom yo‘q, yasoq 
tortardin bir nafas kom yo‘q. Ishlari talay olg‘onni talamoq, yot yurtda chugurtkadek sabza va 
yafrog‘ni yalamoq. 
Insonliq bila alar orasida muboyanat, musulmonliq bila alar o‘rtasida munozaat. Fahmu idrokdin 
alar zoti oriy, aqlu insofsiz bizzot bori. Qayong‘akim yuzlandilar, alarg‘a yonmoq yo‘q, kecha va 
kunduz tag‘oful uyqusidin uyg‘onmoq yo‘q. Isig‘ va sovuq tanlariga tafovut qilmay, ochlig‘ va 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
9
yalang‘ochliq zararini jismlari bilmay. Odamiysizliqda maxluqotdin mumtoz, hayvonliqlari ko‘pu 
mardumliqlari oz. 
Ruboiy: 
 
Ul qavmdin a’juba xaloyiq bo‘lmas
Kim, me’dalari harom yerdin to‘lmas.
O‘lguncha balo chekib erurlar mavjud,
Chin bo‘ldi bu da’voki, yasog‘liq o‘lmas. 
Turfa bukim, chun haqning har nav’ elga inoyati pinhoni bor, bular orasida ham yashurun 
eranlarning imkoni bor. O‘rdu bozori o‘zin yasog‘liqqa qotg‘uvchi, o‘ngay ham ulush olmay og‘ir 
sotg‘uvchi. Cherik ulushidin har bor alar shatalxor, andoqkim mulk ahlidin amaldor. 
Bayt: 
 
Sipohiy molin ul xayli tabohi,
Tunu kun muft olib xohi naxohi. 
Mumkin yo‘qkim, odamizod alarg‘a sazo bergay, magar tengri alarg‘a balo birla jazo bergay. 

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə