Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   90
navoiy mahbubul qulub lotin com

Yettinchi fasl 
 
FOSIQ VA BADMAOSh, BAHODIRLIQ LOFIN URG‘ONLAR ZIKRIDA 
Shoh eshigida yormoqni zoe’ qilg‘uvchi jamoatkim, alardin ne tengrig‘a toatdur va ne shahg‘a 
itoat. 
Tariqlari - xudnamoliq va rasmlari - xudoroliq. Ishlari - mastlig‘, varzishlari - xudparastlig‘. Chin 
demaklari lof, ma’nili so‘zlari gazof. Jur’akashlik - dinlari va kofirvashlik - oyinlari. Ko‘ngullari 
to‘bichoq sekreturdin orom topmoq va so‘zlari bosh yalang yuzga chopmoq Bazmda da’volari 
Xotamliq
11
, razmda taloshlari Rustamliq
12
. O‘tag‘alaridin nasri toyirg‘a ram, nayzalaridin simoki 
romih yuzi darham. Tavrlaridin oshuftaroq alarg‘a dastor va dastor aloqasidin uchalarida ozor.
Mulk dushmani daf’i shuhratlari, shohga mulk asrar minnatlari. Bu da’vo boshig‘a yetguncha 
nechasini may o‘lturub, nechasini o‘zga fisq do‘zaxga yetkurub. Yuzdin biriki ma’rakag‘a yetib, 
yo‘rtoq chopish bilan o‘zin zoe’ etib. Muboriz afganliklari o‘z holig‘a, safshikanliklari o‘z yasolig‘a. 
Bu nav’ bahodir hech ma’rakada bo‘lmasun va hech saf buzarda aning qoni to‘kulmasin. Shohg‘a 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
8
sipoh-darvishlar duosidur - fuqaro himmati va tengri rizosidur. Shohkim, anga haq inoyati sipoh 
bo‘lg‘ay, livosining ziynati nasr min Olloh bo‘lg‘ay. Shohg‘a to davlat bor -dushman erur xor va 
xoksor. Davlatga yetkurguvchi tengri, ham olg‘uvchi, ham berguvchi tengri. Ul bersa, kishi ola olmas, 
ul yetkursa, kishi yiroq sola olmas. Shohki, haq amrin bajo kelturgay, bu davlat ko‘p xavflarg‘a rajo 
yetkurgay. 
Qit’a: 

Shaheki, sidqi aning tengri birla tuz bo‘lg‘ay,
Ne g‘am aduvsi aning bir yo‘q ersa yuz bo‘lg‘ay.
Kishiga tengri berur fath yo‘qki, xaylu sipoh,
Pas e’timod anga aylamas ne so‘z bo‘lg‘ay. 
 
Bayt: 
 
Cherik bo‘lsa va bo‘lmasa baxtiyor
Sipahg‘a aduv xaylinnng hukmi bor. 

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə