Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
navoiy mahbubul qulub lotin com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
3
nodonliq tuhmatin bo‘ynumga oldim. Va goh xayrot ahlig‘a o‘zumni qottim va har nav’ xayr buq’alari 
tuzattim, andoqki, sa’yimdin rabotlar bo‘ldi va andin musofirlarg‘a nishotlar bo‘ldi. 
 Bayt: 
 
Dimog‘ima tushubon ko‘p tasavvuru pindor,
O‘zumni johu ulug‘luqqa ayladim izhor. 
Bu muqaddimotdin maqsad bukim, har ko‘y va ko‘chada yugurubmen va olam ahlidin har nav’ 
elga o‘zumni yetkurubmen va yaxshi-yomonning af’olin bilibmen va yamonu yaxshi xislatlarin tajriba 
qilibmen. Xayr va shar’din no‘sh va nish ko‘ksumga yetibdur va laim va karim zahm va marhamin 
ko‘nglum dark etibdur. Va zamon ahlidin bayozi ashob va davron xaylidin ba’zi ahbobki, bu hollardin 
xabarsiz va ko‘ngullari bu xayr va sharrdin asarsizdur.
 Qit’a: 
 
Ne bilgay ul kishikim, shahdu mayni totmaydur
Ki, vaslu hajr kibi ul chuchuk durur, bu achig‘.
Bilur zalil musofirki, po‘ya aylarda,
Qumu to‘zong yumshog‘, tog‘u xoradur qatig‘. 
Bu nav’ ashob va ahbobg‘a intiboh qilmoq va alarni bu nav’ holatdin ogoh qilmoq vojib 
ko‘rundiki, har toifa xisolidin vuquflari va har tabaqa ahvolidin shuurlari bo‘lganki, munosib el 
xizmatig‘a shitob qilg‘aylar va nomunosib el suhbatidin ijtinob vojib bilgaylar va bori el bila maxfiy 
rozlarin so‘zlashgaylar va shayotin va ins makru firibdin boziy yemagaylar. Va har nav’ el suhbat va 
xususiyatiki, alarga havas bo‘lg‘ay, bu faqirning tajribasi alarg‘a bas bo‘lg‘ay.
Chun bu maqolatning qulubg‘a mahbublug‘i ma’lum bo‘ldi, anga «Mahbub ul-qulub» ot qo‘yuldi. 
Va bu bitilgan favoidning kayfiyati chun bilildi, ani uch qism qilindi.
Avvalg‘i qism: soir un-nosning af’ol va ahvolining kayfiyati
14

Ikkinchi qism: hamida af’ol va zamima xisol xosiyati
15

Uchinchi qism: mutafarriqa favoid va amsol surati
16

Umid ulkim, o‘qug‘uvchilar diqqat va e’tibor ko‘zi bila nazar solg‘aylar va har qaysi o‘z fahmu 
idroklarig‘a ko‘ra bahra olg‘aylar, bitguchiga ham bir duo bila bahra yetkurgaylar va ruhini ul duo 
futuhi bila sevundurgaylar. 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə