Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
navoiy mahbubul qulub lotin com

Beshinchi fasl 
 
VUZARO ZIKRIDA 
Vazir vizrdin mushtaqdur va bu fe’l aning zotig‘a ahaq va alyaqdur. Bu ishni pisandida qilg‘on 
Osaf
8
ermishkim, nigini naqshi «qad rahimallohu man in-safa»
9
ermish. Hamonoki, Osaf bordi, insofin 
olib bordi va insof gavharin bu noinsoflar orasidin chiqordi. Kishi agarchi o‘zin yeldek har yon 
solg‘ay, Osafni bu xokdonda qayda topa olg‘ay. Dahr elida birovki Osaf nihoddur, bilgaykim, 
Sulaymon taxti barboddur. 
Bu zolimlar - mulkni barbod berguvchilardur va mulk ahli yig‘ishturg‘onlarin bitirguvchilardur. 
Avlo ulkim, bular zikrida kishi xoma surmagan va bu xomadek qora yuzluklar otin qalam tiliga 
kelturmagay. Zahr berib bemor o‘lturguvchi tabib, bularning holig‘a mushobehdur va qarib. 
Bu ikki xayldin har biri bir af’i, shohg‘a vojibdur bularniig daf’i. Bular, jumlasi chiyonlar
xaloyiqqa yetkurur ziyonlar. Kilklari no‘g‘i aqrab nishi, raiyat jonig‘a ul nish tashvishi. Necha bu nish 
mazlumlarg‘a sanchilg‘ay, umid ulki, boshlari ajal toshi bila yanchilg‘ay. 
Masnaviy: 
 
Bulardin gar a’lo gar adno durur
Kim, andin xaloyiqqa izo durur.
Shah o‘lturmas avlodur ul elni bot 
Ki, debdur nabiy «iqtilso almu’ziyat»
10
 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
7
Oltinchi fasl 
 
NOQOBIL SADRLAR ZIKRIDA 
Bediyonat sudur bid’ati sayyiadur bilo-zarur. Bu nokas agar omiydur fisqu fujur aning komidur. 
Majlisida nag‘manavozliq ilm va taqvo azosig‘a - navhasozliq. Ulamo kelturgan gulob shishalariki xoli 
qolib, boda solurg‘a ani mulozimlari olib. Bu kelturgan nabot gazak uchun ushalib, vazifa vajhlari 
o‘zga asbob uchun sayg‘olib Badkirdor anda g‘alaba va poykor anda talaba. Navkarlariga osh xonaqoh 
rotibasidin va chuhralarig‘a maosh shayx va mudarris vazifasidin. Bazmig‘a may kelturgali muhtasib 
rozi va mayg‘a bodapolo rishi qozi, kishvarki, anda manohiy mundoq behisob bo‘lg‘ay, islom va 
shariatg‘a ne izzat va ne hisob bo‘lg‘ay. 
Sadr kerak ulamog‘a dastyor bo‘lsa va mashoyixqa korguzor va xizmatkor va sodotg‘a mumid va 
fuqaro xizmatida mujid. Zulm rishtasin uzguvchi va avqof buzug‘in tuzguvchi va ziroat kasratida sa’y 
ko‘rguzguvchi. 
Masnaviy: 
 
Yo‘q ulkim fosiqu xammoru zukka
Ki, buzg‘ay garchi bo‘lg‘ay xoja dukka.
Rikobi naqshi kimsonlig‘ sarosar 
To‘nida ortiq ondin zebu zevar. 
 
Qit’a: 
 
Keraki boshig‘a qo‘ysa aloqalik dastor,
Yana rido ham aning egnida mavoliydek.
 
Yo‘q ulki, markabi bo‘ynig‘a bog‘lab ossa qo‘tos,
Osilg‘ay o‘zining o‘z bo‘g‘zidin saqolidek. 

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə