Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   90
navoiy mahbubul qulub lotin com

O‘nunchi fasl 
 
ShOH ULUSI O‘ZIGA MUShOBIH BO‘LUR ZIKRIDA 
Shohg‘a har kimki, mulozim va tobi’ bo‘lg‘ay, ishi va tavri shoh ishig‘a mushobih voqe’ bo‘lg‘ay. 
Agar shohg‘a adolat shior, ulusi shiorida ham adolatdin osor. Agar zulmpesha - elida ham zulmidin 
andisha. Agar ul islomoyin, xalq shiori ham islom bila din. Agar ul kufrxisol - elga dog‘i kufr tariyqi 
af’ol. Hukamo shohni debdurlar: daryoyi zaxxor va qavmu xaylin daryo tegrasidag‘i anhor. Daryo 
suyig‘a ne kayfiyat va ne xosiyat, anhorg‘a ham ul kayfiyat va xosiyat.Ul achchig‘ - bu achchig‘; ul 
chuchuk - bu chuchuk; ul tiyra - bu tiyra; ul suzuk - bu suzuk. 
Masnaviy: 
 
Arig‘larki, ul bahrdin ayrilur,
Biliklik alarning suyin ham bilur,
Chu birdur suv daryo bila nahr aro,
Emas ta’mida hojati mojaro. 
O‘n birinchi fasl 
 
ShAYX UL-ISLOM ZIKRIDA 
Shayx ul-islom musulmonlar peshvosidin iboratdur va islom muqtadosida ishoratdur. Mundoq 
kishi olime kerak islompanoh va orife kerak muqarrabi dargoh, xiradmandi shariatshior va faqrg‘a 
xursand va tariqatosor. Yaxshi-yamon shafqati fayzi om va ulug‘-kichikka irshodi naf’i molokalom. 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
10
Komi bo‘lg‘ay shar’ qonunig‘a rosix va barcha mubtade’lar bid’atig‘a nosix. Angakim, bu nav’ 
bo‘lg‘ay oyini islom shayx ul-islom desa bo‘lur vassalom. 
Bayt: 
 
Mundin o‘ldi muqarrabi boriy,
Shayx ul-islom piri Ansoriy. 
O‘n ikkinchi fasl 
 
QUZOT ZIKRIDA 
Qozi islom binosig‘a arkondur va musulmonlar xayr va sharrig‘a nofizi farmondur. 
Ulumi diniyadin ko‘ngli mulki ma’mur kerak va yaqiniy farosatdin xotiri jam’iyati befutur. Mayli 
shaxsiy zamiri kishvaridin mutavoriy va mudohana tarrori muloyamatidin sof ko‘ngli oriy. Mahkamasi 
maxzani ulumu shar’iya va hukm qilurida oshnoyu begona anga alas-saviya
13
. Ilmu taqvosidin 
ko‘ngullarda shukuh va diqqat, farosatidin bediyonatlar ko‘nglida anduh. Ko‘ngli Kalomulloh 
ahkomidin qaviy va hukmida muqtado ahodisi mustafaviy. 
Shar’iy hiylalar girihidin ko‘ngli ochuq, fuqaho tazvirlari tiyraligidin zamiri yoruq. Rishvaxo‘r 
muftilar - qoshida mankub va hiylakor vakillar - olida ma’yub.
Omiy qoziki may ichkay - o‘lturgulukdur va do‘zax o‘tiga yetmasdin burun kuydurgulukdur. 
Qoziyi rishvaxo‘r-islom hisorig‘a raxnagar. Ulki rishvat berib qazo ola olg‘ay, rishvat olib ham 
shar’ni buza olg‘ay. Qoziy kerakkim, jodai shar’din qadam chiqarmag‘ay va siroti mustaqimdin 
tashqari bormag‘ay. Mustaqim xat har qayonkim, mayl qildi egri bo‘ldi. Soz toridekkim, e’tidoldin 
tajovuz qildi, tuzuki buzuldi. Ulki hukmi el moli va jonig‘a joriy bo‘lg‘ay, kerakkim, da’bi muqmir 
shiori bo‘lg‘ay. Ayog‘ikim, siroti mustaqimdin toyildi va yal chohi tubin maqom qildi. Bu ishni o‘zi 
qilurmen degan beboku kozib, kozibi bebokka payg‘ambar shar’i hokimlig‘ig‘a ne munosib. 
Qit’a: 
 
Muxbiri sodiq shahekim qildi dinu shar’ni,
Bori adyon nosexi andoqki, mumkin erdi tuz.
Kozib ul yo‘lni nechuk tuzgayki, bir kazzob ham,
Qildi ko‘p da’vo, vali qo‘ydi jahannam sori yuz. 

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə