Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   90
navoiy mahbubul qulub lotin com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
13
Ruboiy: 
 
A’lolaridur nedinki dersen a’lo,
Adnolari ham barcha danidin adno.
Avsatlarikim, hech nimaga yaramas,
Bilkim, nafas urmamoq alardin avlo. 
O‘n yettinchi fasl 
 
KOTIBLAR ZIKRIDA 
Kotib shuaro so‘zining varaqnigoridur va so‘z maxzanining xazonadori. Xozin hunari amonat 
bo‘lur va tasarrufi xiyonat bo‘lur.
Aminki, xiyonatg‘a mansub bo‘lg‘ay va o‘z hunarida ma’yub bo‘lg‘ay, andoqning ilgi qat’i xo‘b 
bo‘lg‘ay. Yaxshi xat va nuqtadin safhag‘a jamol, andoqki, yaxshi yuz safhasig‘a xattu xol. Xushnavis 
kotib so‘zga oroyish berur va so‘zlaguvchiga osoyish yetkarur. Roqimki, raqami rostdur, rostlar 
ko‘ngliga qabuliyati bexost. Muharrirki, tahriri tuz pisandidadur, agar bir bayt bitir, agar yuz. Agar xat 
surati noxushdur ma’ni xayli andin mushavvashdur. 
Xushnavis hamkim, sahvi ko‘p bo‘lg‘ay ilgi falaj illatig‘a jo‘b bo‘lg‘ay. Ulki, bejo nuqta bila 
«habib»ni «habis» qilg‘ay va «muhabbat»ni «mehnat» - aningdek habisi mehnatzadag‘a yuz la’nat. 
Yamon xatg‘a g‘alati behisob, qarriyi masxara soqolig‘a xizob. Ul xatni qirqib mabrazg‘a tashlag‘oli 
yaxshi va iyasini moliki do‘zax jahannamg‘a boshlag‘oli. 
Mahbubdin maktubkim, ham xati xo‘b bo‘lg‘ay va ham mazmuni xo‘bjong‘a uldur marg‘ub va 
ko‘ngulga uldur matlub. Xati yamon ham bo‘lsa yamon emas, muhib mahbub xatini yamon demas.
Yamon kotib manzili qalamdonidek choh aro bo‘lsun, qalamidek boshi yaro va yuzi qaro bo‘lsun. 
Bayt: 
 
Qaysi bir kotibki, ul so‘zga qalam surgay xilof,
Ul qaro yuzluk boshi bo‘lsun qalam yanglig‘ shikof. 
O‘n sakkizinchi fasl 
 
DABIRISTON AHLI ZIKRIDA 
Maktabdor begunoh ma’sumlarg‘a jafokor. Atfol azobig‘a rog‘ib va alar ta’dibig‘a murtakib. Zoti 
bemadoro, dimog‘i po‘lod va ko‘ngli xoro. G‘azabdin qoshida chin, gunahsizlar bila oyini xashu kin. 
Ko‘pragida tab’ g‘ilzati va tama’ illati padidor va aql qillatig‘a giriftor. Ammo tavsani atfol ta’bini jafo 
bila rom qilg‘uvchi, nohamvor sig‘or tavrig‘a siyosat bila andom berguvchi. Agarchi xo‘ylari 
durushluqda namoyondur, ammo atfol nohamvorlig‘i islohig‘a irik suhondur. 
Aning ishi odamdin kelmas, qaysi odamki, dev qila olmas, har qattig‘ kishini bir tifl muhofazati 
ojiz etar, ul bir surukka ilm va adab o‘rgatgay, anga ne yetar. Oncha borkim, ul qavmning idroku fahmi 
oz tushar, andoq kishiga yuz muncha mashaqqat ne bushar. Har taqdir bila atfolg‘a haqqi ko‘pdur, agar 
podshohliqqa yetsa va anga qulluq qilsa xo‘bdur. Shogird agar shayx ulislom, agar qozidur, agar ustod 
andin rozidur - tengri rozidur. 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
14
Bayt: 
 
Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila. 

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə