Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90
navoiy mahbubul qulub lotin com

O‘n beshinchi fasl 
 
ATIBBO ZIKRIDA 
Tabibg‘a o‘z fanida hazoqat kerak va bemorlar holig‘a shafqat va marhamat kerak. Va nafsi tibg‘a 
tab’i muloyim va xukamo qavlig‘a payrav va mulozim. So‘zida rifqu diljo‘yluq va o‘zida ozarmu 
xushxo‘yluq. 
Hoziq tabibki shafqati bo‘lg‘ay - Insoi Ruhullohg‘a
15
nisbati bo‘lg‘ay. Iso ishi chiqqon jonni 
tang‘a kivurmak duo bila, munung tandin chiqadurg‘on jong‘a mone’ bo‘lmoq davo bila. 
Mundoq tabibning yuzi mariz ko‘ngliga mahbubdur va so‘zi bemor jonig‘a marg‘ubdur. Dami 
alillarg‘a davo va qadami xastalarg‘a shifo. Xizri najot aning tal’ati va obi hayot aning sharbati. 
Agar fanida mohir bo‘lsa, ammo badxo‘y va beparvo va durushtgo‘y, marizga, agarchi, bir 
jonibdin iloj yetkurur, ammo necha jonibdin tag‘yiri mijoz yetkurur va lekin omiy tabibkim, erur 
shogirdi jallod, ul tig‘ bila, bu zahr bila qilg‘uvchi bedod. Ul mundin yaxshiroqdur. Beishtibohkim, 
aning qatili gunahkordur va munung - begunahki, hech gunahkor, anga zalil bo‘lmasun va hech 
begunax munga alil bo‘lmasun. 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
12
Bayt: 
 
Hoziq tabibi xushgo‘y tan ranjig‘a shifodur,
Omiyyu tundu badxo‘y el jonig‘a balodur. 
O‘n oltinchi fasl 
 
NAZM GULISTONINING XUShNAG‘MA QUShLARI ZIKRIDA 
Ul necha tabaqadur: avvalg‘i jamoat-nuqudi kunuzi ma’rifati ilohiydin g‘aniylar va xalq ta’rifidin 
mustag‘niylardur. Ishlari maoniy xazoinidin ma’rifat javharin termak va el fayzi uchun vazn silkida 
nazm termak. Nazm adosi bag‘oyat arjumand va benihoyat sharif va dilpisand o‘ldug‘i uchun oyoti 
kalomda nozil bor va hadisi mu’jiz nizomda tilagan topar, chun maal - qasd
16
emas, el hurmati jihatidin 
ani she’r demas. 
Ammo bu aziz qavmning peshvo va muqtadosi va bu sharif xaylning sardaftar va sarxayli valoyat 
bahrining gavhari va karomat avji munir axtari Amir ul-mo‘min Ali
17
(razi allohu anhu va karimullohu 
va vajhu)
18
durkim, nazm devonlari mavjuddur va anda asror va nukat noma’dud. 
Bu mazhari ajoyibqa guruhekim tobe’dur, ba’zini arz qiloliki, kimlar voqe’dur; forsiy iboratda ul 
jumladin, nozimi javohiri asror Shayx Fariduddin Attordur
19
. Yana qoyili «Masnaviyi ma’naviy», 
g‘avvosi bahri yaqin Mavlono Jaloluddin, ya’ni Mavlaviy Rumiydurki
20
, maqsadlari nazmdin asrori 
ilohiy adosi va ma’rifati nomutanohiy imlosidin o‘zga yo‘qtur. 
Yana ham avliyoi ogoh va mashoyix va ahlulloh borkim, bularg‘a tatabbu’ qilibdurlar va bular 
kalomi adosin va haqoyiqi ma’nosin mustahsan bilibdurlar. Bu xayldur haqiqat tariqining suxanvari, 
balki kimiyogari va kibriti ahmari. 
Yana bir jamoatdurlarkim, haqiqat asrorig‘a majoz tariqin ahsul qilibdurlar va kalomlari bu 
uslubda marbut etibdurlar. Andoqki, maoniy ahlining nuktapardozi Shayx Muslihuddin Sa’diy 
Sheroziy
21
va ishq ahli guruhining pokbozi va pokravi Amir Xusrav Dehlaviy
22
, va tasavvuf va diqqat 
mushkilotnning girihkushoyi Shayx" Zahiruddin Sanoiy
23
va faridi ahli yaqin. Shayx Avhaduddin
24
va 
maoniy adosig‘a Hofiz Shamsuddin Muhammad ul-Hofiz
25
.
Yana jam’e bordurlarki, majoz tariqi adosi alar nazmig‘a g‘olib va alar bu shevaga ko‘prak 
rog‘ibdurlar. Andoqkim, Kamol Isfahoniy
26
va Xoqoniy Shervoniy
27
va Xojuyi Kirmoniy
28
va 
Mavlono Jaloluddin
29
va Xoja Kamol
30
va Anvariy
31
va Zahir
32
, va Abdulvosi’
33
va Asir
34
va Salmon 
Sovajiy
35
va Nosir Buxoriy
36
va Kotibiy Nishopuriy
37
va Shohiy Sabzavoriy
38

Yana haqiqat va majoz tariyqida komil va ilmi ikalasi tariqida vofiy va shomil, nazm ahlining 
muqtado va imomi hazrati shayxulislom Mavlono nur ul millati va-a-din Abdurahmon al-Jomiy 
(navvarallohu marqadahu va quddisa sirrahu)
39
durkim, avvalg‘i tabaqa ravishi va kalomida ham 
sharifmaqol va so‘ngg‘i tabaqaning ham adosi latoyifida sohibkamoldurkim, olamda zavqu hol ahli 
bular latoyifi bila masrurdurlar va bular maorifi bila huzur qilurlar. 
Yana adno tabaqasi jamoatedurlarkim, nazm faqat bila ko‘ngullar xushnud va xursand va roziyu 
bahramanddurlar. Va yuz mashaqqat bila bir baytkim bog‘lashturg‘aylar, da’vo ovozasin yetti falakdin 
oshurg‘aylar. So‘zlarida ne haqoyiq va maorif no‘shidin halovat va nazmlarida ne shavq va ishq o‘tidin 
harorat. Ne shoirona tarkiblari ahsan va ne oshiqona so‘zu dardlari shu’laafgan. Ba’zidin agar gohi 
birar yaxshi bayt voqe’ bo‘lur, ammo o‘n oncha yamon da’vo zohir bo‘lurki, u ham zoe’ bo‘lur. 
Agar biri bir nozuk ma’nida pisandida pech qilur, ammo o‘n oncha nopisand da’vo bila ani ham 
hech qilur. Go‘yo o‘zlariga aqidada muvofiqdurlar va so‘zlariga e’tiqodda muttafiq. Turfaroq bukim, 
har birining so‘zida ma’no ozroq va o‘zida da’vo ko‘proq (nauzu billohi min shururi anfusino va min 
sayyoti a’molino)
40



Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə