Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   90
navoiy mahbubul qulub lotin com

O‘n to‘qquzunchi fasl 
 
IMOMLAR ZIKRIDA 
Imomat qilg‘uvchi o‘z qiroatining sheftasidur va o‘z namozining fireftasidur. Kishilikdin xayolida 
tasavvurlar va yaxshilikdin zamirida takabburlar. O‘z namozin maqbul taxayyul qilg‘on jamoat namozi 
qabuliyatini ham takafful qilg‘on. Biyik qiroati mahzi ra’noliq va anoniyat jamoatdin ilgari chiqmag‘ay 
ayni rasvoliq va nafsoniyat xayoli xalqqa peshvoliq va tasavvuri elga muqtadoliq. Namozg‘a imomat 
komil imom ishidur va o‘zni mundoq tasavvuf qilg‘on johil va notamom kishidur. Imomat munosibdur 
pirdin murid xaylig‘a tafhim uchun yo muallimdin suruki tifli norasidag‘a ta’lim uchun yo olimdin 
juhholg‘a shafqat uchun, yo komildnn tanobe’ va iyolg‘a tarbiyat uchun. Odobi ibodat. talqinig‘a 
kamohi va ta’limi shariat oyinig‘a nokohi nokomdin munosibdur, zaruratdin tajviz qilsa bo‘lur. Ammo 
vazifa va ulufa yemak va o‘zin muqtado va imom demak odamiy ishi emas. Va andoq kishini 
odamiylar kishi demas. 
Qit’a: 
 
Valoyat ahliga
41
 jam’i malomatig‘a boq
Ki, xalq ko‘zidin aylar namozini yashirun. 
 
Bu turfaroqkim, namozida mu’jibi nodon,
Tutar imomat uchun xayl qiblasida o‘run. 
Yigirmanchi fasl 
 
MUQRIYLAR ZIKRIDA 
Muazzineki, haq ibodatig‘a nido qilg‘ay, jon anga fido, agar yaxshi savt bila ado qilg‘ay. Agar 
poklik va niyoz bu ishga mulhaqdur, omu xos ko‘ngliga maqbuli mutlaqdur. Bu nido yomonlarni fisq 
kunjidin masjid sori boshqarur andoqki, fusungar yilonni tarona bila teshukdin chiqarur. Agar muqriy 
lavanddur, bad ovozu kulg‘undidur, lahni nosoz, badani vuzu’ qaydidin nopok va xush vaqt rioyatidin 
bebok. Ruhi toat zavqidin bexabar va uni savt ul-hamirdin ankar. Man’ va nahy tufrog‘in og‘zig‘a 
urmoq avlo, balki toq yo minordin uchurmoq avlo. 
Ruboiy: 
 
Muqriyki, erur pokro‘ va zohidvash,
Alxoni xush va husni adosi dilkash.
Jon anga fidoki, ruh etar andin g‘ash,
Agar bo‘lsa munung aksi nafas urmasa xash. 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə