Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   90
navoiy mahbubul qulub lotin com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
16
barcha amru nahying jo‘b. Chun bazmda tana’um oz bo‘ldi, alar ishi istig‘nou noz bo‘ldi. Ne’mat 
degan nimaki tamom yo‘q bo‘ldi, alarning ko‘ngli sendin tamom to‘q bo‘ldi. Agar yillar bahra 
olibdurlar ehsoningdin, oshnolig‘ bermay o‘tarlar yoningdin. Oz olsalar nosipos, ko‘p olsalar 
haqshunos. Aksari fosiq va badxo‘y va qolg‘oni kajtab’u durushtgo‘y. Harakotlari tuzuksiz so‘zlaridek 
va kalimotlari hashv va mahalsiz nozlaridek. Vafo alar tab’idin maslub, vafo ahli olida mardud va 
manqub. Mug‘anniy vafosiz, kungir hayosiz. Agar yillar rioyat qilibsen va hamxonadur, bir qatlaki 
bermading - begonadur. 
Er suratida shohidedur tannoz va muloyim kisvatida mufsidedur xona barandoz. Xavosqa 
dilfirebedur savt
46
va nag‘am
47
bila, avomg‘a rohzanedur tablu alam bila. 
Nazm: 
 
Kishiga bo‘lmasun bu fitna duchor
Ki, unidin najoti tayri uchor.
Yonsa qo‘nmoqqa tabl urar har dam,
Kim o‘shul qushqa ko‘prak o‘lg‘ay ram. 
Yigirma uchunchi fasl 
 
QISSASOZ VA QISSAXONLAR ZIKRIDA 
Qissasoz - bekor va qissaxon - harzaguftor; har kim ma’junnok yo bangi, ko‘nglida aning 
ma’rakasi ohangi. Biyik un bila ovuch qoqmog‘i har dam, xirad va ozarm qushlari topmoq uchun ram. 
Harakotidin zohir telbalar atvori va kalimotidin bohir usruklar shiori. Teva qumalog‘in sotarda qand 
deguvchi, ma’rakasidag‘i mu’taqidlari ani sotqun olib yeguvchi. 
Bayt: 
 
Kishikim bo‘lmag‘ay ma’junu qandining Xaridori,
Oning hangomasi birla tuzalmas hech bozori. 
Yigirma to‘rtunchi fasl 
 
NASIHAT AHLI VA VOIZLAR ZIKRIDA 
Voiz kerakki, «qolalloh»
48
so‘z aytsa va «qola rasululloh»
49
muxolafatidin qaytsa, xudo va rasul 
yo‘lig‘a qadam ursa. O‘zi kirgondin so‘ngra nasihat bila elni ham kivursa. Yurumagon yo‘lga elni 
boshqarmoq, musofirni yo‘ldin chiqormoqdur va biyobong‘a keturmak va bodiyada iturmakdur. 
Usrukki, elga buyurg‘ay xushyorliq - uyquvchidekdurki, elga buyurg‘ay bedorliq Uyqusida so‘z degan 
jevligon bo‘lur va degondek qilmoq ne degon bo‘lur. 
Va’z bir murshid va ogoh ishidur va aning nasihatin qabul etgan maqbul kishidur. Avval bir yo‘lni 
bormoq kerak, andin so‘ngra elni boshqarmoq kerak. Yo‘lni yurmay kirgan itar va g‘ayri maqsud 
yerga yetar. 
Voiz uldurki, majlisig‘a xoli kirgan to‘lg‘ay va to‘la kirgan xoli bo‘lg‘ay. Voizkim, bo‘lg‘ay olim 
va mutaqqiy - aning nasihatidin chiqqan shaqiy. Ulki, buyurub o‘zi qilmag‘ay, hech kimga foyda va 
asar aning so‘zi qilmag‘ay. Nazoirxon bila surguvchi maqol - dastiyor bila yirlag‘uvchi qavvol. 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
17
Qit’a: 
 
Voizki, dastyorsiz o‘lmas suxanguzor,
Anga yorodu
50
 munga ayolg‘uvchi
51
 hukmi bor.
Tengri so‘zin ayolg‘uvchi bo‘lmay dey olmag‘ay,
Bir soz bo‘lsa ham kerak ul qilg‘ay ixtiyor. 

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə