Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90
navoiy mahbubul qulub lotin com

Yigirma yettinchi fasl 
 
ShAHARDA OLIB SOTQUVChILAR ZIKRIDA 
Shahr savdogari g‘adrkish o‘ziga sud va musulmonlarg‘a qahtandish. Elga ziyon aning sudi, 
o‘ng‘oy olib og‘ir sotmoq aning maqsudi. Olurda katonni bo‘z deb, sotarda bo‘z vasfida katondin 
ortug‘ yuz so‘z deb. Sholni to‘rqa o‘rnig‘a o‘tkara olur bo‘lsa, ta’sir yo‘q, bo‘ryoni zarbaft yerida sota 
olur bo‘lsa, taqsir yo‘q. Do‘konida barcha mato’ mavjud, g‘ayri insof. Noinsoflig‘idin barcha jins hosil 
g‘ayri taqsirg‘a e’tirof. Tojiri musofir ul kadbonug‘a hamzonu, balki ani cherikchi desa bo‘lur, muni 
kadbonu. Anga sud - olg‘uvchig‘a nuqsoni mol, ikki jonibdin yolg‘on ont ichguvchi dallol. 
Bayt: 
 
Bu xayl odam emaslar, yaxshi boqsang,
Erur suding alardpn gar yiroqsai. 
Yigirma sakkizinchi fasl 
 
BOZOR KOSIBLARI ZIKRIDA 
Bozorda savdogar kosib-tengrig‘a xoin va va’dag‘a kozib. Birga arzirin yuzga sotmoqdin alarg‘a 
ming mubohot, mingga tegarni yuzga olmoqdin alarg‘a yo‘q bir zarra uyot. Rostliq bila savdo alarg‘a 
ziyonkorlik va va’dag‘a vafo alarg‘a badkirdorliq. Oxirat ikki savdosidin e’rozlari va amal mezoni 
adolatig‘a e’tirozlari. O‘g‘ul atog‘a boziy bermak peshalari, dag‘alliklarin kirom ul kotibindin
57
yoshurmoq andeshalari. 
Bayt: 
 
Bulardin kimki der o‘zni valiydur,
Agar qilsang yaqin, bir dog‘uliydur. 
Yigirma to‘qquzinchi fasl 
 
SOYIR HUNARVAR VA SAN’ATPARDOZ ZIKRIDA 
Hunarvar va san’atpardoz yolg‘onlari ko‘pdin-ko‘pu chinlari ozdin-oz. Ishlarida dag‘allik maqdur 
va haddidin nari, va’dalarida xilof xayol va gumondin tashqari. Chin so‘zkim, erga ulug‘ hunardur, alar 
qoshida aybi tamom, yalg‘onkim, xaloyiqqa ulug‘ aybdur, alar olida hunari molokalom. 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
19
Masnaviy: 
 
Tongdin oqshomg‘a ishda san’atsoz,
Hunar atvorida fusunpardoz,
Aylabon bu tariyqni varzish
Ki, birovga yugurtgaylar ish,
Gar muaddiy, g‘aniy yo‘q ersa faqir,
Anga bozi berurda yo‘q taqsir. 

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə