Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90
navoiy mahbubul qulub lotin com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
15
Yigirma birinchi fasl 
 
HUFFOZ ZIKRIDA 
Hofizg‘aki, yaxshi mahzaj va ado bila tilovat bo‘lg‘ay, mustame’larning ruhiga andin osoyish va 
jonig‘a halovat bo‘lg‘ay. Agar husni savt bularg‘a yordur eshitkuvchi sohibhol bo‘lsa, ishi dushvordur. 
Agar bad lahja bo‘lsa va bad ado surma aning g‘izosi qilsin xudo. Agar fosiqdur, bad maosh surma 
ham hayfdur, bo‘g‘zig‘a munosibdur tosh. Agar bovujudi bu hollar bila ko‘p o‘qug‘ay umid ulkim, 
og‘zi sadaf og‘zidek va tili savsan tilidek qurug‘ay. 
Bayt: 
 
Yorabki, hech bazmda ul nag‘ma qilmag‘ay,
Og‘zi g‘izodin o‘zga nimaga ochilmag‘ay. 
Yigirma ikkinchi fasl 
 
MUTRIB VA MUG‘ANNIYLAR ZIKRIDA 
Mutribi tarabafzo, mug‘anniyi g‘amzudo - ikalasiga dardu hol ahli jon qilurlar fido. 
Ulki ko‘rguzgay muloyim taronau nag‘am, agar eshitguvchining hayoti naqdi anga fido bo‘lsa ne 
g‘am. Ko‘ngul quvvati-xushnavozdin, ruh quti - xushovozdin. Xushxon mug‘anniydin dard ahlining 
o‘ti tezdur, agar malohati bo‘lsa, hol ahlig‘a rustoxezdur. Har mug‘anniyki, dardmandonaroq nag‘ma 
chekar, aning nag‘masi zaxliq yurakka kovgarroq tegar. Otashin yuzluk mug‘anniyki, xilqidin 
muloyim surud chiqorg‘ay, hol ahlining kuygan bag‘ridin dud chiqorg‘ay. Muloyim mutribki, tab’ va 
fahm anga yor bo‘lg‘ay, xususanki, ham aytg‘ay va cholg‘ay, ko‘ngul mulkiga ne qo‘zg‘olonlarki 
solg‘ay. 
So‘luk ahlig‘a bir maxuf yer bu manzildurkim, anda ham kamol, ham nuqson hosildur. Solik bu 
yerda bir muhlik oh bila ham maqsudg‘a yetubdur va bir na’ra’i jonkoh bila yillar qozg‘ong‘oni ham 
ilgidin ketibdur. 
Shibliy
42
va Nuriy
43
(quddissa sirrihumo)
44
samo’da kettilar, bu yo‘l suluki bila maqsud 
sarmanzilig‘a yettilar. Baso ahlullohki, arg‘anun unidin dayrg‘a kirdi va din va islom naqdin 
mug‘bachalarg‘a boy berdi.
Mayxonada kimki maydin ibo qilg‘ay, nay uni bir dilkash navo bila ani rasvo qilg‘ay. Agar kishi 
may xavosin boshidin chiqorur, g‘ijjak maddi nolasi bila anga yolborur. Va tanbur pardadag‘i fitnadin 
halok etar va ofiyat pardasin chok etar va chang zorlig‘ bila bo‘g‘zin tortar va ud lisoni nag‘masining 
targ‘ibi changidin ham ortar. Andakim rubob boshin yerga qo‘yub niyoz ko‘rguzgay va qo‘buz quloq 
tutub ayshg‘a targ‘ib ohangni tuzg‘ay. Chun qonun va chag‘ona nolasi quloqqa tushgay va mahvashi 
soqiy yukunub, may ayoqqa tushgay, ul vaqt zuhdu taqvog‘a ne e’tibor va xushu xiradg‘a ne ixtiyor. 
Agarchi ishq faqr ahlini rasvo qilurda bulardin farog‘dur va lekin ul o‘tni yoruturg‘a nay damidin yelu 
maydin yog‘dur. Arab tevasi «hudiy»
45
lahni bila bodiya qat’ida tez bo‘lur, bulut buxtisi ra’d sadosidin 
soiqaangiz. Insong‘a mahzi g‘alat xayoldur va odamiyg‘a bu ofatdin qutulmoqliq maholdur. 
Ammo bu toifaning soyiri ham agarchi taraboyin va mehnatzadadurlar va lekin filhaqiqat, 
laimsiyrat va gadodurlar. Aytquvchi va cholg‘uvchi zorlig‘ va iynamak bila olg‘uvchi. To 
buyurg‘uvchida sila va in’om bor, alar mulozimdurlar va xizmatgor. To suhbatda ne’mat ko‘p, alarga 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə