Qora metallar Temir konlari Sanoat tiplari



Yüklə 370,54 Kb.
səhifə1/6
tarix19.09.2023
ölçüsü370,54 Kb.
#122364
  1   2   3   4   5   6
Metomorfik foydali qazilma konlarining minerallari


Metomorfik foydali qazilma konlarining minerallari

Reja:




  1. Qora metallar

  2. Temir konlari

  3. Sanoat tiplari

  4. Surenota ma’danli maydoni

  5. Sanoat tiplari

Hozirgi vaqtda foydali qazilma konlaridan 70 dan ortiq metallar ajratib olinib, iqtisodiyotning turli sohalarida ishlatilmoqda. Metallarni eritib qayta ishlovchi sohalar qora va rangli metallurgiya hisoblanadi. Qora metallurgiya asosiy qora metallaremir,marganets, xrom ma’danlarini qayta ishlaydi.Rangli metallurgiyada asosiy rangli metallardan (mis, rux, qo‘rg‘oshin, aluminiy, qalay, surma, vismut, simob) tashqari asl, kamyob,tarqoq va turli qotishmalari uchun maxsus metallar eritib olinadi. Metall ma’danlar monometalli (temirli, xromli, oltinli), metallic (qo‘rg‘oshin-rux, mis-molibden, surma-simob) va polimetalli bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik metall konlarida kamyob va tarqoq elementlar uchrashi xos bo‘lib, ularni ajratib olish qazib olinayotgan xomashyoning qimmatini oshiradi.


Qora metallar


Temir konlari.
Sof temir – kulrang oqish rangdagi yaxshi cho‘ziluvchan, elektr toki va issiqlikni yaxshi o‘tkazadigan metall. Temirning klarki 4,65, erish harorati 1534 °С, qaynash harorati 3200 °С, solishtirma og‘irligi 7,88. Qazib olinadigan temirning 90 % cho‘yan ishlab chiqarish uchun, cho‘yanning 90 %i esa turli po‘latlar ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladi. Tarkibida 2,5 %dan 4 %gacha C (uglerod) bo‘lgan temir cho‘yan hisoblanadi; agar C miqdori 0,2 %dan 1,5 %gacha bo‘lsa «po‘lat» deb yuritiladi.
Qozonlar, isitish batareyalari, isitish pechlari cho‘yandan tayyorlanadi. 2005 yili ma’lumotlariga qaraganda dunyodagi temir ma’danlarining tabiiy zaxirasi 160 mlrd t atrofida; ularning asosiy qismi (71%) Rossiyada (25 mldr t), Braziliyada (23 mlrd t), Avstraliyada (15mlrd t), Ukrainada (30 mlrd t) va Xitoyda (21 mlrd t). qolgan qismi
Qozog‘iston (8,3 mlrd t) AQSH (6,9 mlrd t), Hindiston (6,6 mlrd t),Shvetsiya (3,5 mlrd t), Venesuela (4,0 mlrd t), Kanadada, Eron va JARda joylashgan. Temirning dunyo bo‘yicha umumiy resursi 8000 mlrd t deb baholanadi. Bir yilda dunyoda 1mlrd 320 mln t temir eritib olinadi. Temir qazib olish bo‘yicha Braziliya birinchi o‘rinda turadi (300 mln t).
Temir 450 ga yaqin mineral hosil qiladi; ammo sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgani 10–12 ta (4-rasm):

magnetit
gematit
siderit
Fe3O4-72,4 % Fe
Fe2O3-70 % Fe
FeCO3-48,3 %

gidrogotit (limonit) HFeO2-62,9 % Fe
gyotit FeO2 · H2O – 52,0-62,9 % Fe

magnomagnetit
(Mg, Fe)O· Fe2O324-38 % ·Fe.

Temir ma’danlari ularning tarkibidagi metallning miqdoriga qarab boy, o‘rta va kambag‘al turlariga ajratiladi. Tarkibida temir 50 %dan ko‘p bo‘lgan ma’danlar boy, 40–50 % bo‘lsa o‘rta, 25–40 % temir bo‘lganlari kambag‘al, 17–19 % temir bo‘lganlari juda kambag‘al hisoblanadi.
Dunyo bo‘yicha qazib olinadigan temirning 68 %ga yaqini boy ma’danlarga, 20 %ga yaqini o‘rta ma’danlarga, qolgani esa kambag‘al va juda kambag‘al ma’danlarga to‘g‘ri keladi.







Yüklə 370,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə