Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   90
navoiy mahbubul qulub lotin com

Yigirma beshinchi fasl 
 
AHLI NUJUM ZIKRIDA 
Munajjimki, savobit va sayyor nazoratidin hukm surar, rammoldekdurki, nuqtalari hisobi bila lof 
urar. Ziji
52
- hech va tafhim va tavqimi-g‘alat taqsim; va usturlobi vojib-ul-ijtinob
53
va rif’at ul-
qamari
54
befoyda va besamar. G‘ofiledur bu asbob bila hangoma tutg‘on va haq taolo qazo va taqdiri 
so‘zin unutqon. O‘z ilgida bir anor bo‘lsa bilmaski, necha parda va necha xonasi bor va har parda va 
har xonasida necha donasi bor va ul dona achchig‘mudur yo zumuxtvash yo chuchukmudur va yo 
mayxush; borlar ani kesib yebdur va xosiyat va kayfiyatini bilib, elga ham sharh bila debdur.
Falaki mudavvar va nujum va burjidin afsona der va alarning sa’d va nahsi hukmin surub tarona 
der. Bovujude ulki, o‘n so‘zidin ittifoqe biri ham rost kelmas, munung qabohatin yo bilmas va yo bilib 
ko‘ziga ilmas. «Kizb al-munajjimun»
55
mazmuni bila aning so‘zi yolg‘ondur va o‘z rostlig‘ kishvaridin 
yiroq qolg‘ondur va basirat ko‘ziga g‘aflat pardasin solg‘ondur. 
Bayt: 
 
Emas afloku anjum holi benaf’u zarar, lekin
Ani tengri bilur, ermas munajjim bilmagi mumkin. 
Yigirma oltinchi fasl 
 
TIJORAT AHLI ZIKRIDA 
Tujjori sayohatshior aqolim va buldon holidin xabardor, ajoyibdin afsonaguzor va g‘aroyibdin 
nodiraguftor. 
Jibol toshi va dasht qumig‘a noqa surgan, bihor amvoji talotumdin naf’ va zarar ko‘rgan. Halol 
ro‘zi kasbiga masofatlar qat’ etgan, jamiyati zohir tilabu botin parishonlig‘lari anga yetgan. 
Biri yuz bo‘lurdin boshida ming savdo, bo‘zi katon bo‘lurdin ko‘nglida necha tamanno. Mundoq 
kishining maqsudi tamom asig‘ bo‘lmasa va bu asig‘ husuli uchun ranji qattig‘ bo‘lmasa, savdo uchun 
tengizga kema surmasa, dur uchun nahang komig‘a qadam urmasa, mol va diramni azamatig‘a sabab 
qilmasa, xadam va hashamni hashmatig‘a jihat bilmasa, nafis ajnosni
56
ayab chopon kiymasa, laziz 
ag‘ziyani isirkab qurug‘ non yemasa, ranji maosh suhulati bo‘lmasa va sudi ko‘ngul farog‘ati uchun 
bo‘lsa, safardin azizlar suhbatig‘a yetmak murodi bo‘lsa va rioyatidin nomurodlari ishi kushodi bo‘lsa 
shar’iy zakot bo‘ynida qolmasa, fuqaro haqin o‘z bo‘ynig‘a olmasa, yo‘qki, molin aziz asrab, o‘zini 
xor etgan va o‘z molin tamg‘odin o‘g‘urlab o‘ziga mazallat yetgay, yo vorissipor uchun yig‘ing‘ay, yo 
hodisa qo‘zg‘ar uchun qovg‘ong‘ay. Mundoq kishi xoja emas, muzdurur va o‘z razillig‘idin hamisha 
ranjurdur. 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
18
Bayt: 
 
Mundoq kishida yo‘q xirad va hushdin nishon,
Bilgil gado agarchi erur Xojai Jahon. 

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə