Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90
navoiy mahbubul qulub lotin com

O‘n uchunchi fasl 
 
MUFTIYI FAQIHLAR ZIKRIDA 
Muftiyi faqihe kerak mutadayyin va olime kerak mo‘‘min, islom ilmida mohir va diyonat nuri 
jabinida zohir. Mayldin ko‘ngli bequsur va hiyladin zamiri befutur. Qalami rivoyotda sodiq, raqami 
mujtahid so‘zi bila muvofiq; yo‘qki fosiqe bo‘lg‘ay mayxor va johile bo‘lg‘ay badkirdor va g‘addor. 
Bir diram uchun yuz haqni nohaq etguvchi va oz karam uchun ko‘p «lo»ni «naam»
14
bitguvchi. Bir 
sabat uzum uchun bir bog‘ni kuydurmakdin g‘ami yo‘q va bir botmon bug‘doy uchun xirmonni 
sovurmoqdin alami yo‘q. Muftieki, hiyla bila fatvo tuzar qalami no‘gi bila shariat yuzin buzar. Muzd 
uchun siym olibki, molig‘a qotar dinini dunyog‘a sotar. Mundoq mufti odamiykush tabibdur, biriga 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
11
islom qatli, biriga musulmonlar qatli nasibdur. 
Ruboiy: 
 
Muftikim, ishiga muzd olib qilsa raqam,
Muzd ortuq esa, mayl kerak qilg‘ay kam,
Fatvoda chu bo‘ldi muzd uchun «lo» vu «naam».
Qilmoq kerak ul qalamzai ilgini qalam. 
O‘n to‘rtinchi fasl 
 
MUDARRISLAR ZIKRIDA 
Mudarrisning kerakki, g‘arazi mansab bo‘lmasa va bilmas ilmni ayturg‘a murtakib bo‘lmasa va 
xudnomolig‘ uchun dars havzasin tuzmasa va xudsitonlig‘ uchun takallum va g‘avg‘o ko‘rguzmasa. 
Jahldin dastori uluv va aloqasi uzun bo‘lmasa va mubohat uchun madrasa ayvoni boshi anga o‘run 
bo‘lmasa. Diniy ulum bilsa va yaqiniy masoil ta’lim qilsa. Bebokliklardin haroson va nopokliklardin 
gurezon bo‘lsa, yo‘qki o‘zin olim bilgay necha majhulg‘a anvoi fisqni muboh, balki halol qilg‘ay, 
qilmas ishlarni qilmoq andin ma’lum bo‘lg‘ay va qilur ishlar tarki andin qoida va rusum bo‘lg‘ay. Bu 
mudarris emasdurkim, mubtade’dur va mundoq kishi suhbati islom mumtane’dur. 
Olim kerakkim, mutaqqiy bo‘lsa va ogoh va ayturg‘a qola Alloh, qola Rasulloh. 
Qit’a: 
 
Har ne aytur bo‘lsa Xudovu Rasuldin 
Andin so‘ng o‘lsa mujtahidu avliyo so‘zi. 
Andin kishi ne kim eshitur va yoki o‘rganur bo‘lsa, 
Xudo so‘zi yo‘q esa, Mustafo so‘zi.

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə