Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
navoiy mahbubul qulub lotin com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
4
Avvalgi qism 
 
XALOYIQ AHVOL VA AF’OL VA AQVOLINING KAYFIYaTI 
 
Ul qirq fasldur 
 
 
Birinchi fasl 
 
ODIL SALOTIN ZIKRIDA 
Odilu oqil podshoh ibodullohg‘a zillulloh. Xilofat mulki aning farmonida «inni joilun fil arz 
xalifa»
1
ning sha’nida. Bukim odil podshoh ta’rifdin biyikroq erur «valadat fiz-zamon as-sulton ul-
odil
2
» andin xabar berur. Ulki aning zoti bila mubohidur xojai kavnayn
3
debdurkim, «adli soat xabara 
min ibodat ul-saqlin»
4
.
Odil podshoh haqdin xaloyiqqa rahmatdur va mamolikka mujibi amniyat va rafohiyat. Quyosh bila 
abri bahordek qora tufrog‘din gullar ochar va mulk ahli boshig‘a oltun bila durlar sochar. Fuqaro va 
notavonlar aning rifq va madorosidin osuda, zalama va avonlar aning tig‘i siyosatidin farsuda. 
Hirosatidin qo‘yu qo‘zi bo‘ri xavfidin emin va siyosatidin musofir ko‘ngli qaroqchi vahmidin 
mutmain. Rif’atidin har maktabda atfol g‘avg‘osi va muxofazatidin zuafo hammomida alarning alolosi, 
haybatidin yo‘llar qaroqchidin xoli va qo‘llar to‘la ulus moli va zabtidin amaldorlar qalami sinuq va 
sitamkorlar alami yikuq. Jiddidin masojid jamoat ahlidin mamlu va madoris bahs va jadal xaylidin 
g‘uluv. Qisosi tig‘idin o‘g‘ri ilgi el molidin ko‘toh, intiqomi biymidin qoti’ tariq holi adam biyobonida 
taboh. Tunning ko‘pi do‘konlarda savdo uchun sham’ va avbosh ko‘cha gashtidin ko‘ngullari jam’. 
Shomdin to sahar xonaqohlar eshigi ochuq va xilvatlar ibodat nuridin yoruq. Shahrda qo‘ylar posboni 
ul, yozida qo‘ylar shuboni ul. Raiyyatg‘a saro va bog‘ andin ma’mur va sipohig‘a kom va farog‘ andin 
mavfur.
Andin kechalar atrok zuafosi ishi o‘rg‘ushtak va atfol varzishi oq so‘ngak. Ajuzlar charx uni 
maddi bila aning duosig‘a nag‘masoz va kanizaklar momuq sabamoq uni bila aning olqishig‘a 
nag‘mapardoz. Fuqaro ishi anga ham duo va ham nozish, aning da’bi fuqarog‘a ham saxo va ham 
navozish.
Ochlar g‘izosi bazl va atosi xonidin, yalang‘ochlar libosi xizonai lutf va ehsonidin. Mulk bog‘in 
ma’mur qilurg‘a abri serob va mulk ahli ko‘zin yoruturg‘a mehri jahontob. O‘zga mulkning raoyo va 
xalqi aning orzusida va yana kishvar mazlumlari aning adli duosi guftigo‘sida. Yaxshi otig‘a ulamo 
ishi rasoil tartibi va yaxshi sifotig‘a shuaro varzishi qasoyid tarkibi, mug‘anniylar ishtig‘oli sanosi 
uchun surud tuzmak va musanniflar maqoli duosi ohangida nag‘ma ko‘rguzmak. Xalq rizosidin haq 
rizosig‘a tolib va dodxoh so‘rarda so‘rug‘ kuni vahmi ko‘nglig‘a g‘olib. 
 
Masnaviy: 
 
Ulus podshohiyu darveshvash,
Anga shohliqdin kelib faqr xash, 
 
Jahondorlarg‘a sipehr intiboh,
Valiy ahli faqr olida xoqi roh,
 
Jahon mulki olinda xoshokcha,
Vale bir ko‘ngul mulqi aflokcha. 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
5
 
Bori benavolar navosozi ul,
Hamul nav’kim, Shoh Abulg‘ozi
5
 ul, 
 
Kelib ayni insonu insoni ayn,
Jahon vorisi Shoh Sulton Husayn 
 
Ki, to bo‘lsa gardung‘a davvorliq,
Anga boqiy o‘lsun jahondorliq. 
 
Xaloyiqqa bu shahdin o‘lsun nishot,
Dame bo‘lmasun xoli andin bisot. 

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə