Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
navoiy mahbubul qulub lotin com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
87
bo‘lgan kishilardir. Siddiqlar valoyatning a’lo va nubuvvatning adno (quyi) darajasida turadilar. 
35. Tarj. ar.: qudratli podshoh huzurida, demakdir. 
36. Shayx Abu Said Harroz — Ahmad bin Iso Bag‘dodiy (vaf. 277/890—891). Uni «Lison ut—
tasavvuf» (tasavvuf tili) deb ulug‘laganlar. Asli Bag‘doddan, Ikkinchi tabaqa mashoyixlaridan. Laqabi 
Harroz (payabzal yamoqchisi). Muhammad bin Mansur Tusiynnng shogirdi: Zunnun Misriy suhbatida 
bo‘lgan. Tasavvufda 400 asari borligi Attorning «Tazkirat ul-avliyo»sida qayd etilgan. 
III qism 
1. Ja’far — Kamoliddin Ja’far binni Ali Tabriziy (vaf. 1456—58, Buxoro). Shohrux zamonida 
kamol topib, Boysunqur mirzo (1399 — 1434) davrida kotibi va musavvirlarning boshlig‘i bo‘lgan. 
Shu bois ja’fari Boysunquriy deb imzo chekkan. «Suls», «nasx», «riqo’», «rayhon», «tavqe’» va 
«shikasta» xatlarining mumtozi bo‘lgan. Firdavsiy «Shohnoma»si Nizomiy «Xusrav va Shirin»i, 
Hasan Dehlaviy «Devoni», Sa’diynnng «Guliston»i, Hofiz devonini ko‘chirgan va bu mo‘‘tabar 
qo‘lyozmalar Tehron, Parij, Istambul, London, Leningrad shaharlarining nufuzli kitobxona va 
muzeylarida saqlanadi. 
2. Azhar — Azhar Tabriziy (1422, Tabrez — 1502/03, Baytul-muqaddas). Ja’far Tabriziyning 
shogirdi, xattot Mirali va Ja’fardan so‘ng «Nasta’liq» xatining uchinchi ustodi hisoblanadi. «Suls»ni 
oliy darajaga olib chiqqann sababli —«usuli shashgona» (sitta) ustodi ham sanaladi. Jaloliddin 
«Masnaviy»si, ibni Yaminning «Muqattot» (qit’alar)i, Nizomiy va Xusrav Dehlaviyning 
«Xamsa»larini kitobat qilgan. Bu nodir qo‘lyozmalar Tehron, Istambul, Lohur, Manchestr, Nyu—York 
shaharlari kitobxonlari va muzeylarida saqlanadi. 
3. Abdulhay (1360, Bog‘dod —1420, Samarqand) — xattot va musavvir. Sulton Uvaysiy Jaloiriy 
saroyida, Bog‘dodda yashagan. 1393 y. Temur Iroqni istilo qilganda Abdulhayni Samarqandga olib 
kelib, o‘zining tasvir ustaxonasiga boshliq qilib tayinlagan. Uning «Bat» (o‘rdak), «Jang manzarasi» va 
«Guliston» hikoyatlariga chizgan rasmlari davrimizgacha yetib kelgan. Umri oxirida irtijo’chi doiralar 
ta’sirida o‘z san’atidan voz kechgan va ko‘p rasmlarini kuydirib tashlagan. «Nasx», «suls» va «riqo’» 
xatlarini go‘zal bitgan. Bu yerda mohir xattot sifatida nomi keltiriladi 
4. Moniy — Qadimiy afsonalarga ko‘ra Rumda yashagan naqqosh. Nubuvvat da’vo qilib, 
naqqoshlikni o‘zining mo‘‘jizasi deb xaloyiqni ishontirishga intilgan. «Arjang» («Arjang», «Arsang» 
nomida ham uchraydi) nomli asar yozgan deyiladi. Bu asarning bir nusxasi G‘aznada mavjud degan 
ma’lumotlar bor. Deydilarki, Moniy «Arjang»ni bir g‘orda saqlagan ekan. G‘orning devorlariga turli—
tuman go‘zallarning rasmlarini va manzaralarini chizgan ekan. Bu g‘orni «Nigoristoni Moniy» deb 
atashar ekan. Mumtoz adabiyot vakillari (Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy, Navoiy va b.) Moniyni buyuk 
rassomning timsoli sifatida talqin qiladilar. 
5. Atorid — Utorid — Merkuriy sayyorasi. Mifologiyada bu yulduz yozuvchilarning homiysi 
hisoblanadi. «Dabir» deb ham yuritiladi. Utorid hokim bo‘lgan burjlarda tug‘ilganlar zehnli, hiylagar 
bo‘lar emish. Do‘st yulduzlari — Qamar, dushmanlari Shams va Zuhra emish.
6. Yusuf Kan’oniy — Ya’qub payg‘ambarning o‘g‘li, hayoti va qissasi Qur’oni karimda «Yusuf» 
surasida keltirilgan, laqabi Sinodir. Yusuf payg‘ambarlikka noil bo‘lgan. U go‘zallik va ezgulik timsoli 
sifatida Sharq adabiyotiga kirgan. U haqda ko‘p qissa va dostonlar yaratilgan, jumladan, X asrda 
Abulmuayyad Balxiy Baxtiyoriy, Am’aq Buxoriy dostonlarn yaratilgan. Firdavsiyga nisbat berilgan 
Yusuf haqidagi qissa muallifi Amoniy degan shoir ekanligi ma’lum bo‘ldi: XI asrda bu mavzu’da 
Mas’ud Hiraviy, Ozori Tusiy, Mas’ud Kumiy, Mas’ud Dehlaviy, XV — XIX asrlarda shoirlar o‘nlab 
dostonlar yaratdilar. Turkiy zabon adabiyotlarda Ali (XII), Hamidulloh Chalabiy (XI) dostonlari 
yozildi. Nozim Hikmat «Yusuf Kan’oniy» nomli asar yozdi. Nemis yozuvchisi Tomas Mani 1926—33 
yillarda bu mavzu’da qator romanlar ijod qildi. O‘zbek adabiyotida «Yusuf va Zulayxo» dostonini 
Durbek yozgan, deyiladi. Lekin Afg‘onistonlik olim Muhammad Ya’qub Vohidiy Juzjoniy bu doston 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə