Reja: Xamsachilik tarixidan. «Hayrat yl-abror», «Farhod va Shirin» bo’limlari



Yüklə 41,89 Kb.
səhifə1/6
tarix15.06.2023
ölçüsü41,89 Kb.
#117311
  1   2   3   4   5   6
Reja Xamsachilik tarixidan. «Hayrat yl-abror», «Farhod va Shiri


Reja:
1.Xamsachilik tarixidan.
2.«Hayrat yl-abror», «Farhod va Shirin» bo’limlari.
3.«Saddi Iskandariy» dostoni.

Navoiyning epik asarlari deyilganda, birinchi navbatda, ko’z oldimizga “Xamsa” keladi. “Xamsa” –beshlik degani. Sharq adabiyotida birinchi bo’lib “Xamsa” yozgan kishi buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviydir. 1173-1201 yillar oralig’ida-28 yil davomida besh doston dunyo yuzini ko’radi va ular “Panj ganj” (Besh xazina) nomi bilan shuhrat topadi. “Panj ganj” quyidagi dostonlardan iborat: “Maxzan ul-asror” (Sirlar xazinasi), “Xusrav va Shirin”,“Layli va Majnun”,“Haft paykar” (Etti go’zal), “Iskandarnoma”.


Keyingi “Xamsa” muallifi Xusrav Dehlaviydir. Uning “Xamsa”si quyidagi dostonlardan iborat: “Matla’ ul-anvor” (Nurlarning boshlanmasi),“Shirin va Xusrav”, “Majnun va Layli”, “Hasht behisht” (Sakkiz jannat), “Oynayi Iskandariy” (Iskandar oynasi). Xusrav Dehlaviy Nizomiy ishini davom ettirdi va natijada Sharq adabiyotida xamsachilik an’anasi paydo bo’ldi. Shunga ko’ra, har bir asar “Xamsa” deb atalmog’i uchun:

    1. Besh dostondan tashkil topmog’i;

    2. Birinchi doston, albatta, pand-nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy, falsafiy bo’lmog’i;

    3. Ikkinchi doston Xusrav va Shirin mojarolariga bag’ishlanmog’i;

    4. Uchunchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olmog’i;

    5. To’rtinchi doston Bahrom, beshinchi doston Iskandar haqida yozilmog’i shart edi.

Qariyib ikki yuz yildan keyin ikki buyuk xamsanavis maydonga chiqdi. Bular Alisher Navoiy va Jomiy edilar. Alisher Navoiyning “Xamsa”si boshqalardan farqli ravishda turkcha yozildi va faqat o’zbek emas, umumturk adabiyotining ham yuksak cho’qqisi bo’lib qoldi. Jomiy keyinroq “Xamsa”siga yana ikki doston qo’shib, uni “Haft avrang” (Etti taxt) deb atadi.
Jami 54 ming misradan iborait Navoiyning «Xamsa»si 1483-1485-da yozilgan bo'lib, besh dostondan iborat, ular quyidagilar:

Yüklə 41,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə