Reja: Xamsachilik tarixidan. «Hayrat yl-abror», «Farhod va Shirin» bo’limlari



Yüklə 41,89 Kb.
səhifə5/6
tarix15.06.2023
ölçüsü41,89 Kb.
#117311
1   2   3   4   5   6
Reja Xamsachilik tarixidan. «Hayrat yl-abror», «Farhod va Shiri

Madaniy hayot. Abulqosim Bobur Mirzo, xysusan, Husain Boiqaro davrida Xirot muhim madaniy-adabiy markazga aylandi. «Ahli fazl va benazir eldin Xuroson, bataxsis (xususan) Hiri (Xirot) shahri mamlu (to’lgan) edi»,— deb yozgan edi Zahiriddin Bobur. Birgina Alisher Navoiyning o’zi Ixlosiya. Nizomiya, Xusraviya kabi madrasalar, Xalosiya, Shifoiya, Fanoiya kabi xonaqohlar, o’nlab masjidlar, shuningdek, 52 rabot, 20 hovuz, 16 ko’prik va 9 hammom qurdirgani ma’lum. Samarqand, Marv shaharlarida ham me’morchilik va obodonchilik ishlariga alohida e’tibor berildi. Bu an’ana shayboniylar davrida ham davom etdi. Samarqandda «Shayboniyxon» (1515—1516). Buxoroda «Mir Arab» (1535—1536) madrasa-larining bino qilinishi, o’nlab sardobalar, timlar, ko’priklar bunyod etilishi shundan dalolat beradi. Ulug’bek zamonasida (1394—1449) Samarqandda ilm-fan g’oyat taraqqiy qilgan edi. Tabiatan shoir, tarixni yaxshi bilgan bu donishmand shohning tashabbusi bilan 1424 yilda yulduzlarni tadqiq etuvchi uch qavatli rasadxona qurilgan, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi kabi olimlar ishtirokida yillik taqvim qayta tuzilib, 1018 yulduzning joylashish o’rni aniqlangan edi. Ulug’bekning «Ziji jadidi Ko’ragoniy» («Ko’ragoniyning yangi yulduzlar jadvali») kitobi shunga bag’ishlangan. Biroq, Ulug’bek o’limidan keyin Samar­qand ilmi nujum (astronomiya) maktabi tarqab ketdi. Ilm-fan ko’proq Hirotda, keyinroq Buxoroda rivoj topdi. SHunga qaramasdan, Samarqandda yuksak ilmiy, madaniy muhit 70-yillargacha davom etdi. Madrasalarda peshqadam ziyolilar dars berdilar. Alisher Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashab, undan bahramand bo’lgan edi. O’zlari ilm-fan, adabiyot va madaniyat bilan bevosita shug’ullangan temuriylarning ko’pchiligi yaxshigina shaxsiy kutubxonalar tuzgan edilar Macalan, shoir va olim Mavlono Sohibdoro (1511 yili vafot eggan) Husayn Boyqaro kutubxonasining boshlig’i edi. Samarqandda, ayniqsa, Xirotda kitob va miniatyura san’ati taraqqiy qildi. Sultonali Mashhidiy, Abduljamil kotib, Darveshmuhammad Samarqandiy, Abdulaziz Samarqandiy kabi xattotlar yetishdilar. Xat yozish sanat darajasiga ko’tarildi. Navoiy davrida uning 36 turi qayd etilgan. Rayhoniy, riqo’, suls, nasx, ta’liq, nasta’liq, muraqqa’, shikasta kabi xat turlari shuhrat qozongan. Kitoblarga turli miniatyuralar ishlandi. Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib, Qosim Ali, Shoh Muzaffar dovruq qozondilar. Ular tufayli ko’plab temuriy va shayboniy shohlarning tasvirlari tarixda saqlanib qoldi. Xattotlardan Sultonali Mashhadiy (1432—1520), tasviriy san’atda Kamoliddin Behzod(1455— 1533) o’z maktablarini yaratdilar. Binolarni bezashda Mirak naqqoshning ovozasi yoyildi. Musiqa rivoj topdi. Ko’p shoirlar musiqaning ham nazariyasi, ham amaliyoti bilan shug’ullandilar. Abdurahmon Jomiy, Kamoliddin Binoiy, Zahiriddin Bobur musiqa ilmiga oid risolalar yozdilar.
Navoiyning taxallusi ma’nolaridan biri — «navo» (kuy)ni anglatar, buyuk shoir musiqaning ham e’tiborli bilimdonlaridan va yaratuvchilaridan biri sanalardi. She’r va kuy, so’z va soz XV—XVI asrlarda bir-biridan madad olib, ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdi. Maqom san’­ati yangi-yangi kuylar bilan boyib bordi. Hirotda Abdulqodir Noyi, Xusayn Udiy, Shohkuli G’ijjakiy, Najmiddin Kavkabiy kabi mashhur san’atkorlar yetishdilar. Bular orasida, ayniqsa, Najmiddin Kavkabiy (1473—1533) serqirra iste’dod egasi bo’lgan. Alisher Navoiy uni «Majolis un-nafois»da munajjim va shoir sifatida gilga olgan edi. Keyin u musika bilan shug’ullandi. Bu haqda ko’plab ilmiy asarlar bitdi va bularning deyarli hammasi, hatto «Rost» maqomi uchun tuzgan kulliyoti ham she’r bilan yozilgan edi.
Tarix va adabiyotshunoslikda Mirxond (1433—1498), Davlatshoh Samarqandiy (1436—1495), Xondamir (1475/ 76—1534), Zayniddin Vosifiy (1486—1566), Hasanxoja Nisoriy (1516—1597) kabi ko’plab olimlar yetishdi. Mirxond asli buxorolik edi. Hirotga borib, Alisher Navoiy soyasida panoh topdi, uning homiyligida 7 jildlik «Ravzat us-safo» («Poklik bog’i») nomli tarixiy acap yozdi. Navoiy kutubxonasida xizmat qilgan Xondamir Movarounnahr va Xuroson tarixiga doir o’ndan ortiq asar yaratdi. Shularning biri — «Makorim ul-axloq» («Yaxshi xulqlar») Alisher Navoiyga bag’ishlangan. Davlatshoh Sa-marqandiy 1486 yilda «Tazkirat ush-shuaro» («Shoirlar to’plami»)sini tuzib, unda 150 dan ortiq shoir haqida ma’lumot berdi. Vosifiy «Badoye’ul-vaqoye’» («Go’zal voqealar»)sida XV asrning oxiri — XVI asrning birinchi yarmida Xuroson va Movarounnahrda yashab o’tgan mashhur fan va madaniyat arboblarining hayoti hamda faoliyati bilan bog’liq ibratli hikoyalar keltirilgan. Shuningdek. bevosita badiiy ijod bilan shug’ullangan shoir va adibtimiz ham tarix va adabiyotshunoslikka oid asarlar yozdilar. Abdurahmon Jomiy o’g’li Ziyovuddin Yusuf uchun ixcham voqeiy hikoyatlardan tashkil topgan «Bahoriston» nomli acap yozdi. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam» («Ajam shohlari tarixi»), «Nasoyim ul-muhabbat» («Myhabbat shabadalari»), «Majolis un-nafois» («Nafis majlislar») kabi tazkiralarini, Zahiriddin Bobur «Muxtasar» (aruz haqida risola) kabi adabiyot nazariyasiga oid asarlarini yaratdilar.

Yüklə 41,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə