Husayniy lirikasidagi obrazlarni talqin qilish 2022-year Reja



Yüklə 427,39 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü427,39 Kb.
#153346
  1   2   3   4
powerpointbase.com-967

Husayniy lirikasidagi obrazlarni talqin qilish

2022-year

Reja:


Husayniyning adabiy merosi
1
Husayniy ijodining o`rganilishi
2
Xulosa
3

Husayniyning adabiy merosi:

  • Ilm–u fanning homiylari, ma`rifat bulog`idan bahramand bo`lgan Sohibqiron Amir Temur va temuriyzodalar o`zlarining sa’y–harakatlari, tashabbuskorliklari– yu, homiyliklari, aql-u zakovatlari, o`ziga xos iste`dodlari natijasida jahon ilm–fani va madaniyatiga sezilarli hissa qo`sha oldilar. Temuriylar davrida, xususan turkiy til va bu tildagi badiiy ijodning mavqei oshadi. “Amir Temur faoliyatini, xususan uning boy shaxsiyatini badiiy adabiyotsiz tasavvur etish mumkin emas. Amir Temurning davlar siyosati tufayli turkey tilda ham badiiy adabiyot keng rivojlana boshladi”19. Ana shunday temuriyzodalardan biri, shubhasiz Abulg`ozi Sulton Husayn Bahodirxon bo`lib, tarixda bu zot Husayn Boyqaro nomi bilan shuhrat topgan. Sulton Husayn Boyqaro 1469-1506- yillar oralig`ida Xurosonda hukmronlik qiladi. Bu davrada madaniy, adabiy, ilmiy markaz sifatida Hirotning mavqei oshadi. Garchi ko`pchilik bunda Navoiyning xizmatlari katta bo`lgan, deya e`tirof etishsa–da, nazarimizda, Navoiyning o`zini ham Hirotga chaqirib olgan, unga til va so`z erkinligini bergan, moddiy jihatdan katta sharoitlar yaratib bergan Husayn Boyqaroning xizmatlari cheksiz ekanligi ayon bo`ladi.

U kishi nafaqat yirik siyosatchi, davlat arbobi va ma’rifat, san’at homiysi, balki Navoiy tab’iri bilan aytganda “…ham forsiy demakka qodir va ham turkcha aytmoqqa mohir shoir” hamdir. Ijod gulshanida o`z ismini taxallus qilib olgan (Husayniy) va taxallusiga munosib ijod bo`stonida “gul–u chechaklar o`stirgan” shoir sifatida Sulton Husayn Boyqaro o`z zamonidayoq adabiyot ixlosmandlari e’tiboriga sazovor bo`ladi. Adabiy taxallus hisoblanmish “Husayniy” so`zi “hasan” (go`zal) so`zidan tuzilgan bo`lib, “go`zalgina” ma’nosini anglatar ekan”20. Husayn Boyqaro temuriylarning so`nggi yirik hukmdori bo`lib, qariyb 40 yil hukronlik qiladi, bu davrda shahzoda va amirlarning bosh–boshdoqligiga qaramay, mamlakatning xo`jalik va madaniy hayoti yuksaldi. Alisher Navoiy va Boburlarning bergan ma’lumotlariga ko`ra Husayniy turkiy devon tartib berdi. Ushbu devon bizga qadar yetib kelgan bo`lib o`z davrida sazovor bo`lgan ta`rif va tahsinlarga nechog`liq munosib ekanligini aniqlash imkonini bermoqda. Bundan tashqari Husayniy qalamiga mansub “Risola” nomli nasriy asar ham mavjud bo`lib, shoirning devonini tahlil qilishdan oldin ushbu asarni qisqacha bo`lsa-da o`rganish maqsadga muofiqdir. Zero, “Risola”da keltirilgan ijtimoiy, madaniy va adabiy fikrlar bevosita o`sha davr adabiy va madaniy hayotini o`rganishda, qolaversa, Husayniyning nazmiy e’timodini anglashda muhim va dolzarb bo`lib hisoblanadi.

  • U kishi nafaqat yirik siyosatchi, davlat arbobi va ma’rifat, san’at homiysi, balki Navoiy tab’iri bilan aytganda “…ham forsiy demakka qodir va ham turkcha aytmoqqa mohir shoir” hamdir. Ijod gulshanida o`z ismini taxallus qilib olgan (Husayniy) va taxallusiga munosib ijod bo`stonida “gul–u chechaklar o`stirgan” shoir sifatida Sulton Husayn Boyqaro o`z zamonidayoq adabiyot ixlosmandlari e’tiboriga sazovor bo`ladi. Adabiy taxallus hisoblanmish “Husayniy” so`zi “hasan” (go`zal) so`zidan tuzilgan bo`lib, “go`zalgina” ma’nosini anglatar ekan”20. Husayn Boyqaro temuriylarning so`nggi yirik hukmdori bo`lib, qariyb 40 yil hukronlik qiladi, bu davrda shahzoda va amirlarning bosh–boshdoqligiga qaramay, mamlakatning xo`jalik va madaniy hayoti yuksaldi. Alisher Navoiy va Boburlarning bergan ma’lumotlariga ko`ra Husayniy turkiy devon tartib berdi. Ushbu devon bizga qadar yetib kelgan bo`lib o`z davrida sazovor bo`lgan ta`rif va tahsinlarga nechog`liq munosib ekanligini aniqlash imkonini bermoqda. Bundan tashqari Husayniy qalamiga mansub “Risola” nomli nasriy asar ham mavjud bo`lib, shoirning devonini tahlil qilishdan oldin ushbu asarni qisqacha bo`lsa-da o`rganish maqsadga muofiqdir. Zero, “Risola”da keltirilgan ijtimoiy, madaniy va adabiy fikrlar bevosita o`sha davr adabiy va madaniy hayotini o`rganishda, qolaversa, Husayniyning nazmiy e’timodini anglashda muhim va dolzarb bo`lib hisoblanadi.

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə