Husayniy lirikasidagi obrazlarni talqin qilish 2022-year Reja


Husayn Boyqaro iste’dodli shoir bolsa-da, aslida shoh edi. Uning uchun devon tuzish asosiy maqsad bo`lmagan. Buni quyidagi jadvalda ham ko`rish mumkin



Yüklə 427,39 Kb.
səhifə4/4
tarix19.12.2023
ölçüsü427,39 Kb.
#153346
1   2   3   4
powerpointbase.com-967

Husayn Boyqaro iste’dodli shoir bolsa-da, aslida shoh edi. Uning uchun devon tuzish asosiy maqsad bo`lmagan. Buni quyidagi jadvalda ham ko`rish mumkin:

  • 1. Alif 11 ta g`azal (1-11)
  • 2. Be 7 ta g`azal (12-18)
  • 3. Te 7 ta g`azal (19-25)
  • 4. Se 1 ta g`azal (26)
  • 5. Jim 1 ta g`azal (27)
  • 6. Chim 1 ta g`azal (28)
  • 7. He 1 ta g`azal (29)
  • 8. Xe 1 ta g`azal (30)
  • 9. Dol 1 ta g`azal (31)
  • 10. Zol 1 ta g`azal (32)
  • 11. Re 16 ta g`azal (33-49)
  • 12. Ze 7 ta g`azal (50-56)
  • 13. Sin 8 ta g`azal (57-62)
  • 14. Shin 1 ta g`azal (63)
  • 15. Sod 1 ta g`azal (64)
  • 16. Zod 1 ta g`azal (65)
  • 17. To 1 ta g`azal (66)
  • 18. Zo 2 ta g`azal (67-68)
  • 19. Ayn 1 ta g`azal (69)
  • 20. G`ayn 1 ta g`azal (70)
  • 21. Fe 2 ta g`azal (71-72)
  • 22. Qof 6 ta g`azal (73-78)
  • 23. Kof 11 ta g`azal (79-90)
  • 24. Lom 10 ta g`azal (91-100)
  • 25. Mim 12 ta g`azal (101-112)
  • 26. Nun 30 ta g`azal (113-142)
  • 27. Vov 2 ta g`azal (143-144)
  • 28. Xe 27 ta g`azal (145-171)
  • 29. Yoy 31 ta g`azal (172-202)

1995-yilda Toshkentda A. Erkinov tomonidan nashr etilgan devonda g`azallar yuqoridagi tartibda joylashtirilgan. Ko`rinib turibdiki, bu tartibda 29 ta harfda g`azallar mavjud. Garchi an’anaviy tartibdan bitta ko`p (“chim” harfi) bo`lsa-da, Navoiy talablariga javob bermaydi. Biroq biz bu o`rinda qolgan uch harf bilan tugallanuvchi g`azallar Husayniy tomonidan yozilmagan yoxud keltirilmagan deyishdan yiroqmiz. Balki, bizda mavjud nashrlar uchun asos bo`lgan qo`lyozma nusxalardan kotibning xatosi yoki boshqa sabablarga ko`ra tushib qolgan bo`lishi ham ehtimoldan yiroq emas. 1968-yilda Kobulda chop etilgan devon nashrida tugallanmagan ikkita g`azal mavjudligi haqida xabardormiz. Ushbu nashr bilan tanishish balki muammoning yechimiga yordam berar. Husayn Boyqaro devonga g`azaldan tashqari muxammas, ruboiy, fard kabi janrlarga oid ijod mahsullarini ham kiritadi. Avval ta’kidlaganimizdek, eng so`nggi nashrda g`azaldan boshqa janrlar kiritilmagan. 1968-yilda Toshkentda amalga oshirilgan nashrda esa uchta muxammas, oltita to`rtlik joy olgan. Muxammaslarning har uchalasi Husayniyning Navoiy g`azallariga bitgan muxammaslaridir. “Muxammas arabcha “beshlik” ma’nosini bildirib, she’riyatda har bandi besh misradan tashkil topgan lirik she’r shaklini bildiradi”33. Husayniy muxammaslari tazmin muxammasdir. Birinchi muxammas Navoiyning “Netay” radifli g`azaliga bog`langan tazmin muxammas bo`lib, shoir dastlabki uch misrani, o`zidan keyingi ikki misrani g`azalidan keltiradi. Muxammas bandlari Navoiy g`azaliga monand ravishda yetti banddan iborat. Husayniy keyingi ikki muxammasda ham shu tartibni saqlab qoladi.

  • 1995-yilda Toshkentda A. Erkinov tomonidan nashr etilgan devonda g`azallar yuqoridagi tartibda joylashtirilgan. Ko`rinib turibdiki, bu tartibda 29 ta harfda g`azallar mavjud. Garchi an’anaviy tartibdan bitta ko`p (“chim” harfi) bo`lsa-da, Navoiy talablariga javob bermaydi. Biroq biz bu o`rinda qolgan uch harf bilan tugallanuvchi g`azallar Husayniy tomonidan yozilmagan yoxud keltirilmagan deyishdan yiroqmiz. Balki, bizda mavjud nashrlar uchun asos bo`lgan qo`lyozma nusxalardan kotibning xatosi yoki boshqa sabablarga ko`ra tushib qolgan bo`lishi ham ehtimoldan yiroq emas. 1968-yilda Kobulda chop etilgan devon nashrida tugallanmagan ikkita g`azal mavjudligi haqida xabardormiz. Ushbu nashr bilan tanishish balki muammoning yechimiga yordam berar. Husayn Boyqaro devonga g`azaldan tashqari muxammas, ruboiy, fard kabi janrlarga oid ijod mahsullarini ham kiritadi. Avval ta’kidlaganimizdek, eng so`nggi nashrda g`azaldan boshqa janrlar kiritilmagan. 1968-yilda Toshkentda amalga oshirilgan nashrda esa uchta muxammas, oltita to`rtlik joy olgan. Muxammaslarning har uchalasi Husayniyning Navoiy g`azallariga bitgan muxammaslaridir. “Muxammas arabcha “beshlik” ma’nosini bildirib, she’riyatda har bandi besh misradan tashkil topgan lirik she’r shaklini bildiradi”33. Husayniy muxammaslari tazmin muxammasdir. Birinchi muxammas Navoiyning “Netay” radifli g`azaliga bog`langan tazmin muxammas bo`lib, shoir dastlabki uch misrani, o`zidan keyingi ikki misrani g`azalidan keltiradi. Muxammas bandlari Navoiy g`azaliga monand ravishda yetti banddan iborat. Husayniy keyingi ikki muxammasda ham shu tartibni saqlab qoladi.
  • To`rtlik nomi bilan keltirilgan oltita she’r vazn jihatdan tekshirilganda aslida bu to`rtliklar ruboiy, tuyuq ekanligiga guvoh bo`lamiz. Biz bu masalaga keyingi boblarda alohida to`xtalib o`tamiz.
  • Husayniy devonida fard baytlar ham mavjudligi ma’lum. Biroq ulardan foydalanish imkoniyati mavjud emasligi sabab fikr bildira olmaymiz. Bundan tashqari, Husayniy devonining Kobul nashridan kelib chiqib, nafaqat turkiygo`y shoir sifatida ijod qilgan, balki iste’dodli zullisonayn ham ekanligiga guvoh bo`lamiz. Husayn Boyqarodan bizga badiiy va adabiy meros sifatida “Risola” va “Devon” qolgan bo`lsa-da, ularning qiymatini buni asrlar davomida xalq e’tibori va e’tirofidan tushmay kelayotganligidan ham bilish mumkin. Husayniy ijodi nafaqat Navoiy davriga to`g`ri kelganligi-yu, badiiy pishiqligi bilan, balki turli muhokama va munozaralarga sabab bo`lganligi bilan ham qiziqdir. Shu bois, Husayniy ijodini mukammal o`rganish, fikr bildirish va eng asosiysi, Husayn Boyqaro aslida kim emas, qanday ijodkor degan savolga javob topish va uni baralla ayta olish ishimizning maqsadlaridan biridir.

E’tiboriz uchun rahmat


Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə