Husayniy lirikasidagi obrazlarni talqin qilish 2022-year Reja


Adabiyotshunoslikka oid dastlabki asarlar yaratila boshlagan bir davrda ham olimlik va adiblik butkul ajralmagan. Bu davrdan ularni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin



Yüklə 427,39 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü427,39 Kb.
#153346
1   2   3   4
powerpointbase.com-967

Adabiyotshunoslikka oid dastlabki asarlar yaratila boshlagan bir davrda ham olimlik va adiblik butkul ajralmagan. Bu davrdan ularni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin:


1.Olim–shoirlar. Ahmad Taroziy.
2.Shoir–olimlar. Komil Xorazmiy, S. Saroyi.
3.Ham shoir, ham olimlar. Alisher Navoiy, Z. M. Bobur.

Sulton Husayn faoliyati:

  • Biz Sulton Husayn faoliyatiga e’tibor qaratadigan bo`lsak, istedodli shoir bo`lish bilan birga adabiyot ilmining muhir bilimdoni ekanligiga guvoh bo`lamiz. “Risolai Husayn Boyqaro” asarida Husayn Boyqaro shaxsiga xos bo`lgan shohlik, davlat arbobi, siyosatchi, jonkuyar ma`rifat va san’at homiysi, shoirlik kabi sifatlar bilan bir qatorda adabiyot ilmiga doir qarashlariga ham guvoh bo`lish mumkin. Garchi asar sof ma’nodagi adabiyotshunoslikka bag`ishlangan bo`lmasa-da, ayrim fikrlar e’tirof va mushohadalar har qanday adabiyotshunos diqqat e’tiborini tortmay qo`ymaydi.
  • “Risolai Husayn Boyqaro”dagi she’riy satrlar uning shoirlik mahoratidan darak bersa, asardagi “. . . bu nahif bandasining saltanati zamonida bir necha kishiga jilvai zuhur beribturur va bu faqir majlisida alardin tashrifi huzur arzoniy tutubturlar…” kabi jumlalarida Husayniy o`z saroyida adabiy majlislarga nechog`lik e`tabor berganligi, majlisga kelishuvchilarning ham nufuzi yuqori ekanligi, bu jarayon chinakam fikr, adabiyot, umuman so`z shaydosi bo`lgan, “ tab’i nazm” sohibi bo`lgan Husayn Boyqaroga nechog`lik huzur bag`ishlaganidan darak beradi.
  • Chu mizoni tab’i bo`lib ganjsanj,

    Anga bir tarozu kelib “Panj ganj”

    Ki, hayron qolib nazm qilgan chog`i,

    Anga yo`qki Xisrav, Nizomiy tog`i.

Husayn Boyqaro Abdurahmon Jomiy, Suhayliy, Alisher Navoiylarning ijodlariga yuksak baho berish jarayonida adabiyotning nozik inja sirlaridan xabardor ekanligini olim va tanqidchi ekanligini namoyon etgan. E’tiborlisi, “…Hirotda … mingga yaqin kishining ishi ma’no durlarini nazm tizmasiga tortish, noziklik gavharlariga vazn libosi zebu ziynatini berishdir”22, deya shoirlar va shoirlikka ta’rif berar ekanlar, “… hech davrda bulardek elning mingdan o`nini va hech bo`lmagandan yuzdan birini tashkil etgan emas”23, deya iftixor va mamnuniyat tuyg`ularini izhor etadilar. Darhaqiqat, bu davrda Xuroson hududida shoirlarning boshqa davrlarga nisbatan ko`payishi, adabiy markazga aylanishida davlatda yaratilgan sharoit, homiylik va qadr-qimmat sabab bo`ldi. Albatta, bunda saltanat hukumdori Husayn Boyqaroning va qalam ila dunyo xalqlarini yakqalam etgan Alisher Navoiyning xizmatlari diqqatga sazovordir. “Risola”da Abdurahmon Jomiy, Suhayliyiy, Alisher Navoiyning iste’dodi, mahorati va asarlarining umumiy ta’rifiga alohida to`xtalib o`tadi. Bundan Husayniy majlislarining gultojlari aynan ular ekanligi ayon bo`ladi, nazarimizda. “Ularning ichida eng bilimli va fazilatlisi, fazilatlar daryosining pok duri va valiylik falagining porloq quyoshi nazm javohirining sohib intizomi hazrati shayxul-islomiy Mavloni Abdurahmon Jomiydir”24, deya ta’rif berar ekan, shoirning ham nazm, ham nasrda ijod etishiga turli fanlardan asarlari ko`pligiga, ular nafaqat son jihatdan, salmoq jihatdan ham boy ekanligiga (“ma’nolar xazinasi”) alohida urg`u beradi va quyidagi she’r orqali Jomiy ijodining guldastasi bo`lmish “Haft avrang”ga ishora etadi:

  • Husayn Boyqaro Abdurahmon Jomiy, Suhayliy, Alisher Navoiylarning ijodlariga yuksak baho berish jarayonida adabiyotning nozik inja sirlaridan xabardor ekanligini olim va tanqidchi ekanligini namoyon etgan. E’tiborlisi, “…Hirotda … mingga yaqin kishining ishi ma’no durlarini nazm tizmasiga tortish, noziklik gavharlariga vazn libosi zebu ziynatini berishdir”22, deya shoirlar va shoirlikka ta’rif berar ekanlar, “… hech davrda bulardek elning mingdan o`nini va hech bo`lmagandan yuzdan birini tashkil etgan emas”23, deya iftixor va mamnuniyat tuyg`ularini izhor etadilar. Darhaqiqat, bu davrda Xuroson hududida shoirlarning boshqa davrlarga nisbatan ko`payishi, adabiy markazga aylanishida davlatda yaratilgan sharoit, homiylik va qadr-qimmat sabab bo`ldi. Albatta, bunda saltanat hukumdori Husayn Boyqaroning va qalam ila dunyo xalqlarini yakqalam etgan Alisher Navoiyning xizmatlari diqqatga sazovordir. “Risola”da Abdurahmon Jomiy, Suhayliyiy, Alisher Navoiyning iste’dodi, mahorati va asarlarining umumiy ta’rifiga alohida to`xtalib o`tadi. Bundan Husayniy majlislarining gultojlari aynan ular ekanligi ayon bo`ladi, nazarimizda. “Ularning ichida eng bilimli va fazilatlisi, fazilatlar daryosining pok duri va valiylik falagining porloq quyoshi nazm javohirining sohib intizomi hazrati shayxul-islomiy Mavloni Abdurahmon Jomiydir”24, deya ta’rif berar ekan, shoirning ham nazm, ham nasrda ijod etishiga turli fanlardan asarlari ko`pligiga, ular nafaqat son jihatdan, salmoq jihatdan ham boy ekanligiga (“ma’nolar xazinasi”) alohida urg`u beradi va quyidagi she’r orqali Jomiy ijodining guldastasi bo`lmish “Haft avrang”ga ishora etadi:

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə