Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
navoiy mahbubul qulub lotin com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
86
Imom Yah’yo Ammornig shogirdi hisoblangan. U sof sunniy bo‘lgan 300 ming hadisni, ming—ming 
isnodi (dalillar bilan) yoddan bilgan. Asarlari Naqli tabaqoti sufiya», «Qoshif ul—asror», 
«Munojotnoma», «Muhabbatnoma», «Zod ul-orifin», «Qand ul-solikin, «Qalandarnoma», «Haft 
hisor», «Ilohiynoma» va b. Navoiy «Nasoyim ul—muhabbat»idagi Ansoriyga bag‘ishlangan maqola 
Jomiy asaridagi maqolaning qariyb aynan tarjimasidir. 
25. Mansur — Husayn bin Mansur Halloj Bayzaviy Kuniyati Abulg‘ays (857—922). Attor 
«Tazkirat ul—avliyo»da uning maqolasidan ko‘plab naqllar, karomatlar, qatlining tafsilotlarini 
keltiradi. Uning «Analhaq»ini tushungan tarafdorlari va rad etgan muholiflarini nom-banom sanab 
o‘tadi. Jumladan, Shibliy aytgan ekan: «men va Xalloj bir mashrab (fe’l—atvor, tariqat, din) danmiz. 
Lekin meni devonalikka nisbat berdilar, omon qoldim. Husaynni esa uning aqli halok qildi». Mansur 
Xallojdan «ishq nima?» deb so‘raganlarida: «O‘ldirilgan, sovrulgan kun — ishqdir», — deb javob 
bergan ekan. Attor Mansurning qay tarzda qatl etilishini yozadi: avval toshbo‘ron qilinadi, keyin 
qo‘llarini, so‘ng oyoqlarini, chopib, burun, quloqlarini kesib, ko‘zlarini o‘yib, tashlaydilar. Har bir 
a’zosidan judo qilisharkan, Mansur javoblar berib turgan, jumladan tilini qirqishdan avval: «Biroz sabr 
qiling so‘zim bor, deb yuzini osmonga qaratib: Ilohi, sening uchun shu ranjni tortayotganlarni (ya’ni, 
unga azob berayotganlarni) marhamatingdan mahrum qilma, ularni shu davlatdan benasib etma!» deb 
iltijo qilgan ekan. Attor ta’kidlaydiki, namozshom paytida Xallojning boshini tanidan judo qilar 
ekanlar, u tabassum bilan boqardi har andomidan «Anal — haq» eshitilar, oqqan har tomchi qonidan 
«Olloh» naqshi zohir bo‘lar edi», — deb yozadi.
Jomiyning «Nafaxot ul—uns», Navoiyning «Nasoim ul— muhabbat» asarlarida Mansur Halloj 
haqida maqola mavjud. Oxirida (har ikki maqola aynan) Mansur Hallojnyng ustodi Abu Amr binni 
Usmon Makkiy tavhil (Xudoning yagonaligiga va ulug‘ligiga e’tiqod qilish ilmi — S. G‘.)da bir risola 
yozganligi aytiladi. Uni pinhon tutar ekan. Mansur uni yashirincha olib, oshkor qiladi. Bu asar 
nozikliklarini tushunmay, el uni rad etadi. Ustod Hallojni «ilohi, birovni anga gumonlakim, ilik—
ayog‘in kesgay va ko‘zin o‘yg‘ay va dorg‘a tortqay, deb qarg‘agan ekan. 
Nimaiki Mansur Halloj boshiga tushgan bo‘lsa, ustodi duosi bilan bo‘ldi», deyiladi. 
26. Tavajjuh — zohiran, qalban butun borlig‘ing bilan haqqa yuz tutmoqlikdir. 
27. Rizo — tasavvufda tavakkuldan keyingi maqom bo‘lib, solik 
o‘z nafsi rizosidan kutilib, Xudo iroda qilgan, taqdir etgan narsalarga rozi bo‘ladi (Rizo qazoning 
achchiqligiga nisbatan dilning shohligidir). 
28. Tarj. ar.: Ollohning axloqlarini qabul qilguvchilar, demakdir. 
29. Xalilullox — Ibrohim payg‘ambarning laqabi. 
30. Namrud — Ibrohim payg‘ambarni o‘tga tashlagan podshohning ismi. 
31. Ishq tasavvufda tariqatning eng muhim maqomlaridan. Unga faqat komil inson yetishadi. Bu 
maqomda oshiqda shunday holat yuz beradiki, u o‘zidan begona, noogoh, zamonu makondan ozod, 
mahbub firoqida kuyadi, yonadi, unga yetishishga intiladi. 
32. Tarj. ar.: Haqiqatda Olloh go‘zaldur va go‘zallikni sevadi, demakdir.
33. Shayx Iroqiy — Shayx Faxriddin Ibrohim Iroqiy (1213, Hamadon —1289, Damashq). 
Yoshligida Qur’oni majidni yod olgan va g‘oyat go‘zal qiroat bilan o‘qishni o‘rgangan. 17 yoshida 
tasavvufga mayl qilgan. Darveshlarga qo‘shilib, Hindistonda Zakariyoyi Multoniyga shogird bo‘lgan 
va uning qiziga uylangan. Makka va Madinaga safar qilib, Bag‘dodda Shihobiddin Suhravardiy 
suhbatida bo‘lgan. Kuniya hokimi Mu’iniddin parvona Tavqon shahrida unga xonaqoh qurib bergan. 
Shom va Misrda ham bo‘lgan. Qasida va g‘azallardan iborat devonida 4800 bayt va Sanoiyning 
«Hadiqa»si payravida «Ushshoqnoma» nomli manzumasi bor. Asarlari ishqiy va irfoniy mazmunda. 
«Lamaot» nomli nasriy risolasi g‘oyat mashhur bo‘lib, unga Jomiy sharh yozgan. Shayx Iroqiyning 
qabri Damashqning Solihiya degan yerida Shayx Muhyiddin al—Arabiy qabri oyog‘idadir. Uning 
yonida o‘g‘li Qabiriddin ham dafn qilingan. 
35. Siddiq tasavvufda so‘zlari va ishlari, bilimu ahvoli, ravishu niyatlari, tabiati va axloqi to‘g‘ri 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə