Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   90
navoiy mahbubul qulub lotin com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
81
doston yozib «Xamsai Xoju»ga birlashtirgan. Ikki she’riy devoni bor. «Gul va Navro‘z» hamda 
«Shavqiyot» nomli masnaviylar ham yarattan. Hofiz uni o‘z ustozlaridan deb bilgan. Xoju Kirmoniy 
Sanoiy, Shayx Attor Jaloliddin Rumiy an’analarini davom ettirgan. Navoiy bu yerda shoirni majoz 
yo‘lida ijod qilgan so‘z san’atkorlari sirasida tilga oladi. 
29. Mavlono Jaloliddin — Ibni Ja’far Farohoniy (vaf. 1336) sohibi Devon shoir. Nizomiy 
Ganjaviyning «Maxzan ul—asror»iga 3 ming baytli javob yozgan. She’riyatda falsafiy, diniy va 
axloqiy g‘oyalarni tarannum etgan.
30. Xoja Kamol — Kamoluddin Amid XII asrda yashab, ijod qilgan shoir. Buxorodan Xurosonga 
Sulton Sanjar saroyiga kelgan. Donishmand inson, mohir xattot va musiqachi bo‘lgan. Anvariy 
ta’sirida yozgan she’rlari anchagina. Kamol devoni zamonamizgacha yetib kelmagan. Ulardan ba’zi 
namunalar tazkiralarda berilgan. Navoiy bu shoirni majoz yo‘lida she’r bitgan ijodkorlar sirasida 
keltiradi. 
31. Anvariy — qarang: Avhadiddin Ali ibni Muhammad. Shu kitob, 7-6. 
32. Zahir — Zahiruddin Nishopuriy XII asrda yashagan shoir va tarixchi, ishqiy va axloqiy 
mavzularda parokanda she’rlari bor. Yana Zahir Samarqandiy degan (XII) nasrnavis bo‘lgan. Eng 
muhim asari «Sindbadnoma» bo‘lib, adolatli shoh timsolini serjilo badiiy bo‘yoqlarda yaratgan. 
Navoiy bu yerda majoz tariqida qalam tebratgan shoirlarni sanab o‘tayotgani uchun so‘z Zahir 
Nishopuriy ustida ketayapti chog‘i. 
33. Abdulvose’ — Badeuzzamon Fariduddin ibni Umar ibni Rabe’i Gurjistoniy. Abdulvose’ 
Jaboliy nomi ostida taniqli (vaf. 1160). Hirotda tahsil ko‘rgan, G‘azna va Mashhadda faoliyatda 
bo‘lgan. Devoni qasida, g‘azal va ruboiylardan tarkib topgan. Ularda bahor va navro‘z, ishqu 
muhabbat, do‘stlik va sadoqat tarannum etilgan. Ayni chog‘da, zamonadan shikoyat, xalq ahvolidai 
ogohlikka da’vat, shaxsiy dard—alam ohanglari ham baralla seziladi. Navoiy bu shoirni majoz tariqida 
yozganlar sirasiga kiritadi. 
34. Asir — Asiruddin Abdulloh Avmoniy (vaf. 1236) arab va fors tillarida ijod qilgan, ayniqsa 
Anvariy she’rlariga payravlik qilgan shoir. Sodda, ta’sirchan va shirin she’rlaridan tuzilgan Devoni 
taxminan 5000 baytni tashkil qiladi. Qariyb shu davrlarda yana bir Asiri Axsikantiy (Asiriddin 
Abulfazl Muhammad Tohir) degan shoir (1108, Farg‘ona Axsikati —1196 — 98, Ozarbayjon Xalxoli) 
yashagan. U Hirot va Marvda tahsil olib, riyozat, tib, kimyo, nujum, hay’at, falsafa, tilshunoslikda 
shuhrat qozonadi. Ma’lum muddat Iroqi Ajamda istiqomat qiladi. Devonida 120 qasida, 220 g‘azal, 80 
qit’a, 80 ruboiy, 4 tarkibband va tarje’band, 24 fard mavjud. G‘oyalari — kajraftor falakdan shikoyat
davlatmandlarning hirsu havasga ruju’lari va tama’korliklarni qoralab, sabru toqat, ilm-donishga da’vat 
kabi irfoniy fikrlardan iborat. Fikrimizcha, Navoiy Asir deganda Asiriddin Axsikatiyni emas, 
Asiruddin Abullohni ko‘zda tutgan. Zeroki, bu shoir Navoiy tilga olgan majoz tariqida ijod qilgay 
shoirlar jumlasidandir. 
35. Salmon Sovajiy — Jamoluddin Xoja Salmon ibni Xoja. Alouddin Muhammad (1310, Iroqi 
Ajam Sovasi — 1376, o‘sha yer) Sharq she’riyatida voqea sanalgan mashhur «Qasidai masnu’» 
ijodkori. Bu qasida jaloiriylar vaziri (davri 1327—35) Xoja G‘iyosuddin Muhammadga bag‘ishlangan. 
Muvashshah tariqida yozilgan bu qasidada bir necha bahrlardan mohirona foydalanilgan. Adabiyotda 
badiiy jihatdan g‘oyat barkamol asarni «qasidai Masnu’»ga o‘xshatiladi. She’riyatda Sa’diy Hofiz, 
Kamoluddin Ismoil, Zahiri Foryobiy, Anvariy va Manuchehrlarga payravlik qilgan. O‘zi asarlaridan 
«Kulliyot» tuzgan. 16 ming baytni o‘z ichiga olgan «Kulliyot»ida g‘inoiy she’rlari va «Jamshed va 
Xurshid» hamda «Firoqnoma» masnaviylari o‘rin olgan. Navoiy bu shoirni ham majoz tariqida ijod 
qilganlar sirasida sanab o‘tadi. 
36. Nosiri Buxoriy — Shohdarvesh hamda Darvesh Nosir nomlarida ham taniqli (vaf. 1371—72) 
shoir. Tahsil olish maqsadida Xuroson, Ozarbayjon va Iroqqa safar qilgan. Devonida 4000 bayt 
she’rlar mavjud. «Hidoyatnoma» nomli masnaviysi ham bor. Lirik she’riyatda Hofizga payravlik 
qilgan. Bu shoirni ham Navoiy majoz tariqida qalam tebratgai ijodkorlar qatorida tilga oladi. 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə