Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   90
navoiy mahbubul qulub lotin com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
82
37. Kotibiy Nishopuriy — Shamsuddin Muhammad ibni Abdulloh (vaf. 1435, Astrobod). Nishopur 
madrasasida tahsil olgan. Mavlono Siymiydan xattotlikni o‘rganib, xushxat kotib bo‘lib yetishgani 
uchun Qotibiy taxallusni olgan. Hirot, Samarqand, Astrobod, Mozandaron, Gelon, Hijozga safar 
qilgan. Bir necha devonlari va masnaviylari bor. Navoiy Kotibiyni «Majolis un—nafois»ning I 
majlisida keltiradi va «o‘z zamonining benaziri erdi. Har nav’ she’rg‘aki, mayl ko‘rguzdi, anga 
maoniyi g‘ariba ko‘p yuzlandi. Bataxsis, qasoidda balki ixtiro’lar ham qildi va ko‘p yaxshi keldi». 
Navoiy Kotibiy g‘azallari va qasidalariga yuksak baho beradi, «yaxshi so‘zi ko‘pdur» deb yozadi 
Kotibiyning Astrobodda toun (vabo) marazi bilan dunyodan o‘tganligi va No‘x go‘ron degan mazorda 
dafi etilganligi «Majolis»dan ma’lum. Bu yerda Navoiy Kotibiyni ham majoz yo‘lida yozgan 
shoirlardan deb qayd etadi. 
38. Shohiy Sabzavoriy — Amir Oqmalik ibni Malik Jamoluddin Feruzko‘hiy, taxallusi Amir 
Shohiy (1385, Sabzavor — 1453, Astrobod) shoir. Ajdodi sarbadorlardan bo‘lgay, Shohiy Boysung‘ur 
mirzo nadimi sifatida saroy xizmatini bajargan. Sarbadorlar mag‘lub etilgach, ota yurtiga qaytib
dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan, Shohiy 5—7 baytli oshiqona g‘azallarni ko‘p bitgan. Ularni 
Jomiy, Navoiylar yuksak baholagan. «Majolis un—nafois»da Navoiy yozadi: «Farog‘atdo‘st va 
xushbosh kishi erdi. Aning she’rini choshni, salosat va yakdast va latofatida ta’rif qilmoq hojat ermas. 
G‘azali garchi ozdur, ammo barcha xaloyiq qoshida pisandida va mustahsandur». Navoiy uni 
ko‘rmagan, lekin maktub yozishib turganligini ta’kidlaydi. Navoiy Shohiy nomi bilan majoz tariqida 
yozgan shoirlarni yakunlaydi. 
39. Mavlono Abdurahmon Jomiy — Nuruddin Abdurahmon ibni Nizomuddin Ahmad ibni 
Shamsuddin Muhammad (1414, Jomning Xargardi —1492, Hirot) shoir va mutafakkir Navoiyning 
do‘sti, tariqatdagi ustodi. 3 ta she’rlar devoni, «Xamsa» yo‘lidagi 7 dostondan iborat «Haft avrang (etti 
taxt), «Bahoriston» kabi badiiy va qator ilmiy asarlar jumladan, «Risolan aruz», «Risolan qofiya», 
«Risolai musiqiy», «Risolai muammo» (3 ta) va b. sharhlar ham yozgan. Navoiy Jomiyni g‘oyat 
hurmat qilgan, har bir dostonida alohida madh qilgan, boshqa asarlarida ham yuksak hurmat bilan 
yodga oladi. Jomiy vafotidan so‘ng u haqda «Xamsat ul—mutahayyirin» (Hayratlanganlar beshligi) 
nomli muqaddima, uch maqolat vz xotimadan iborat maxsus asar yozgan. Unga o‘zining Jomiy 
vafotiga bag‘ishlab yozgan marsiyasini ilova qilgan. Sadruddin Ayniy bu asar «marsiya adabiyotning 
eng jon o‘rtovchi namunasidir. Bu tarkibbandda Jomiyning butun ilmiy va adabiy qudrati 
mujassamlalgan», — deb yozgan edi. Bu yerda Navoiy Jomiyni haqiqat va majoz tariqida ijod qilgan 
komil va yetakchi so‘z san’atkori deb keltirdi. 
40. Tarj. ar.: Olloh uning yotgan joyini nurga cho‘mdirib, qabrini muqaddas aylasin. 
Tarj. ar.: Ollohdin nafslarimizning yovuzliklari va ishlarimiznnng yomonligidan saqlanishni 
so‘raymiz. 
41. Valoyat ahli — avliyolar ahli. Valiy — do‘st, tasarruf sohibi va amir ma’nolariga ham ega. 
Ollohnnng 99 ismidan biridir. Avliyolar Ollohning amrlarini ummatlarga tushuntiradilar. Haq bilan 
xalq orasida bir muomaladir. Payg‘ambarning valoyati nubuvvatidan ustundir, degan tushuncha bor. 
Valiylar Olloh hukmiga mutlaqo rioyat etishlari lozim.
42. Shibliy — Abubakr Shibliy komil avliyolardan. «Nasoyim 
ul—muhabbat»da Jomiy 4—tabaqa avliyolaridan deb yozadi. Attorning «Tazkirat ul—avliyo»sida 
Shibliy manoqiblaridan turli hajmdagi 60 ta naql, suhbatlarni keltiradi. Shibliy 334/945—46 y. 
Bag‘dodda vafot etgan. 
43. Nuriy — Abulhusayn Nuriy, ismi Ahmad bin Muhammad. 2 – ta baqa avliyolardan. Ibn al—
Bag‘aviy nomi ostida tanilgan. Nuriy 353/964 y. Nishopurda olamdan o‘tgan. 
44. Tarj. ar.: Olloh qabrini muqaddas aylasun. 
45. «Hudiy» — tuyachilar ashulasi. 
46. Savt — a. lug‘aviy ma’nosi — qamchi, qamchi urmoq. Musiqada ovoz, tovush, kuy, ohang, 
demakdur. 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə