Microsoft Word navoiy mahbubul qulub lotin com doc



Yüklə 345,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/90
tarix17.08.2023
ölçüsü345,17 Kb.
#120656
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
navoiy mahbubul qulub lotin com

II qism 
1. Tavba sharoitda vojib, tariqatda shart, sulukda lozim bo‘lgan tushuncha. Tasavvufda bandaning 
parvardigor sari safari (uning hayoti) bo‘lsa, bu safar manzillari — maqomlari yettitadir. Birinchi 
maqom tavbadir. Tasavvuf istilohotida tavba ruhning bedorligidir, deb ta’rif qilinadi. Hatto tavbani 
inson ruhining birinchi isyoni hisoblaganlar. Olloh ismlari orasida Tavvob (tavba qabul qiluvchi) bor. 
Quroni karimda tavba 87 bor eslatiladi. Muhammad payg‘ambar (a. s.) «har kuni 70 marta tavba’ 
qilaman», — degan ekan.
2. Tarj. ar.: Bu Ollohning fazilatidur, uni xohlagan kishisiga beradi. 
3. Shayx Abdullo Muborak — Abu Abdurahmon Abdulloh bin Muborak Marvaziy (vaf. 171/787—
88) Iroqning Hit shaxari, Shahanshohi ulamo, shariat va tariqatning imomi, qalam va qilich amiri deb 
ta’riflangan buyuk shayxlardan Attor «Tazkirat ul-avliyo»da uning manoqiblaridan 22 naql keltiradi. 
Jomiy «Nafahot ul-uns»da, Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat»da Abdullo Muborak haqida alohida 
maqola beradilar. Navoiy Attor keltirgan Abdulloh Muborak manoqiblaridan biri — tavbasining 
boshlanishi haqidagi naql beradi: U bir kanizak ishqiga giriftor bo‘ladi. Bir qish kechasi tongga qadar 
ma’shuqa devori ostida turadi. Qor va sovuqda qoladi. Sahar namozi azonini xufton deb o‘ylaydi. 
O‘ziga kelgach, deydi: —ey Muborakning nomuborak o‘g‘li, senga uyat emasmi? Agar Imom 
namozda uzunroq sura qiroat qilsa, toliqarding. Endi nafsing havosiga tong otquncha mundog‘ azob 
tortarsen». Shundan so‘ng Abdulloh Muborak tavba qilib, sulukka beriladi. Xuddi shu naql bu yerda 
ham keltiriladi. 
4. Zuhd — dunyo va uning lazzatlari orzularidan kechib, toat—ibodat bilan mashg‘ul bo‘lishlikni 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
85
anglatadi. Mashoyixlardan Junayd: «Zuhd shuki, mulkdan qo‘l, tab’dan dil xoli bo‘lg‘ay». Zohid 
parhezkor bo‘lib, jismoniy xalovat va lazzatlardan saqlanib, dunyo, molu joh, yoru ag‘yorning ko‘pu 
oziga parvo qilmaydi. Muhammad payg‘ambar: «Zohid shunday kimsaki, dunyo ya’ni, undagi 
xayriyatlarni yeganda mo‘mindanmi yo kofirdanmi u qo‘rqmaydi»,— degan ekan. 
5. Mavlono Shamsiddin Muiddi Ucha — XV asrda Jomda yashagan, sufiylar boshlig‘i. 
6. Tarj. ar.: kechasi bezor. 
7. Tarj. ar.: yil bo‘yi ro‘zador. 
8. Uhud g‘azvasi — 624 y.da Abu Sufyon boshchiligidagi 3 ming yaxshi qurollangan qo‘shin 
Muhammadga qarshi qo‘shin tortadi. Muhammad 700 qo‘shin bilan ularga qarshi chiqib, Uhud degan 
joyda jang qiladi. Jangda Muhammad boshidan yaralanadi va tosh tegib ikki tishi sinadi. Alining 
jasorati bilan madinaliklar g‘alaba qozonadilar. Bu yerda Muhammadning muqaddas jangda yo‘qotgan 
ikki tishi xotiri uchun Shamsiddin Muiddi o‘zining 32 tishini sug‘irib tashlagani haqida so‘z ketadi. 
9. Kichik Mirzo — Husayni Boyqaroning egachisi Oqobegimning o‘g‘li. Boburning yozishicha 
«Burunlari tag‘oyisiga mulozamat qilur edi. So‘ngra sipohiylikni (hukumat xizmati, amaldorlik) tark 
qilib, mutolaag‘a mashg‘ul bo‘ldi. Derlarki, donishmand bo‘lub ekandur». Navoiy «Majolis un—
nafois»da yozadi: «xo‘b tab’lik, tez idrokliq, sho‘x zehnlik, qaviy hofizalik yigit erdi. Oz fursatda 
yaxshi tolibi ilm bo‘ldi va ko‘proq ulum va funundin o‘z mutolaasi bila vuquf hosil qildi. She’r va 
muammoni xo‘b anglar erdi, balki ko‘ngli tilasa ayta ham olur erdi. Bovujudi bu fazoil darveshliqlarga 
moyil bo‘lib, Makka ziyorati sharafiga musharraf bo‘ldi». Bu hikoyat kichik Mirzonnng ana shu 
darveshlikka moyilligidan dalolat beradi. 
10. Tarj. ar.: unga Ollohning rahmati bo‘lsin. 
11. Tavakkul — Parvardigorga dilbastalik va komil e’timod —ishonchdir. Bu ma’rifatning 
kamoliga bog‘liq maqom bo‘lib, valiylarga nasib qiladi. 
12. Tarj. ar.: Ollohga tavakkal qilsin. 
13. Shayx Ibrrhim Sitnaba — Ibrohim Adham sahobalaridan. Kunyasi Abu Ishoq. Asli Kirmondan 
bo‘lib, Hirotda yashagan, shu bois uni Hirotiy ham deyishgan. Qabri Qazvinda. 
14. Qanoat — qismatdan rozi bo‘lish, nafsdan voqiflikdir. Ozga qone’lik qanoatdir. 
15.Muxbiri sodiq — sadoqatli xabar yetkazuvchi. Muhammad payg‘ambar (a. s.)ga nisbatan 
qo‘llaniladigan ibora.
16. Shayx Shoh Ziyoratgohiy — XV asrdagi Xuroson mashoyihlaridan bo‘lsa kerak. 
17. Tarj. ar.: qanoat qilgan aziz bo‘ladi.
18. Tarj. ar.: tez davolanmaydigan demakdir. 
19. Ayyub — payg‘ambar. Ishoq payg‘ambarning nabirasi. Rivoyatlarga ko‘ra Ayyubning mol-
dunyosi, Rohma ismli xotini, bir uy farzandlari bor ekan.U dunyo lazzatlaridan bahramand ekan. Olloh 
uni imtihondan o‘tkazmoqchi bo‘ladi. Molu mulki qo‘lidan ketadi. Ayyub sabr qiladi. Bir—bir bolalari 
vafot etadi, u sabr qiladi. Kasal bo‘ladi, a’zoy badaniga yara toshadi, hatto bu yaralar qurtlab ketib
azob beradi, u sabr qiladi. Rohma unga mehribonlik bilan xizmat qiladi. Nnhoyat Olloh Ayyubga shifo 
baxsh etadi, Havran eliga payg‘ambar qilib jo‘natadi. Unga yangidan mol-dunyo va farzandlar ato 
qiladi. Adabiyotda Ayyub sabr qanoat timsoli sifatida tilga olinadi. «Ayyub sabrini bersin» degan duo 
xalqlar orasida keng tarqalgan. 
20. Tarj. ar.: ta’zim [faqat] Alloh amrichadir. 
21. Tarj.ar.: Shavqat Allohning yaratganigadur. 
22. Tarj. ar.: Allohnnng yaratgani. 
23. Tarj. ar.: Alloh tomonidan yaratilgan. 
24. Xoja Abdullo Ansoriy — Abu Ismoi Abdulloh bin Abiy Mansur Muhammad al—Ansoriy — 
laqabi Shayx ul—islom (396/1005—06 —481/1088—89), Orif, yozuvchi, shoir va donishmand. Jomiy 
«Nafahot ul—uns»da yozishicha, qalami ostidan chiqqan narsalari yodida naqshlanib qolar ekan. 1000 
bayt arab shoirlari sherlarini yod bilgn. Xoja Abdullo Ansoriy Qur’on tazkir va tafsirida o‘zini Xoja 


Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub 

Yüklə 345,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə