Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Ikki farz namozning birga (jam’) o‘qilishi



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/142
tarix25.02.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101489
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   142
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Ikki farz namozning birga (jam’) o‘qilishi
 
Ikki farz namozni bir vaqtda o‘qish (ya’ni, jam’ qilish) uzr tufayli bo‘lsa ham, joiz emas. Faqat 
Arafot-da ihromda bo‘lish va hojilar rahbari yoki uning vakiliga iqtido qilish sharti bilan peshin, asr 
namozlari peshin vaqti ichida, Muzdalifada esa shom va xufton namozlari xufton vaqti ichida jam’ 
qilib o‘qiladi, Muzdalifaga ketayotib, yo‘lda shom namozini o‘qish joiz emas. 
Mustahab bo‘lgan namoz vaqtlari
1.
Erkaklar uchun bomdod namozini so‘nggi vaqtigacha kechiktirib o‘qish. 
2.
Peshin namozini yoz paytida jazirama issiq yo‘qolgunigacha kechiktirish, qish paytida esa tezroq 
o‘qish, faqat havo bulutli bo‘lganida biroz kechiktirish. 
3.
Asr namozini, quyoshga qaralsa, ko‘z qamashmaydigan paytdan biroz avvalgi vaqtgacha 
kechiktirish, lekin havo bulutli kunlarda tezroq o‘qish. 
4.
Shom namozini havo ochiq kunlarda tezroq (vaqt avvalida), havo bulutli kunlarda biroz 
kechiktirib o‘qish. 
5.
Xufton namozini tunning uchdan bir qismi o‘tguniga-cha kechiktirish, havo bulut kunlari tezroq 
o‘qish. Uyg‘onishiga ishonganlarning vitr namozini tunning so‘nggi vaqtigacha kechiktirib o‘qishi. Bu 
hukmlar soati bo‘lmaganlar uchundir. 
Namoz o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlar 
Quyidagi uch vaqgda na farz va na bu vaqtlar kirmasidan avval zimmaga vojib bo‘lgan namozlarni 
o‘qish joiz emas. 
1. Quyosh chiqishidan boshlab, ko‘tarilgunigacha bo‘lgan vaqtda. 
2.
Quyosh tik ko‘tarilib (qiyomga kelib), g‘arb sari mayl qilgunigacha bo‘lgan vaktda. 
3.
Quyosh sarg‘aygan paytdan boshlab, botishigacha bo‘lgan vaqtda. 
Faqat quyosh botayotgan paytda o‘qilayotgan asr namozish tamomlash, shu vaqtda o‘qilgan 
oyatlarning tilovat sajda sini qilish hamda hozir bo‘lgan mayitning janoza namozini o‘qish karohat 
bilan joizdir. 
Nafl va sunnat namoz o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlar 
1. Ikkinchi fajr (fajri sodiq) kirgach (bomdod namozining sunnatidan tashqari). 
2.
Bomdod namozining farzidan so‘ng. 
3.
Asr namozining farzidan so‘ng. 
4.
Shom namozining farzidan avval. 
5.
Juma kuni imom xutba o‘qishga chiqishidan boshlab, juma namozi o‘qib bo‘lingunigacha. 
6.
Bomdod namozining sunnatidan tashqari, qaysi namoz bo‘lmasin, muazzin takbir aytayotganida. 
7.
(Xoh uyda, xoh masjidda bo‘lsin) hayit namozidani avval, hayit namozidan so‘ng (faqat 
masjidda). 
8.
Arafot va Muzdalifada jam’ qilib o‘qilgan ikki namoz orasida. 
9.
Farz namozining vaqti juda kam qolganida (chunki nafl o‘qiladigan bo‘lsa, farz qazo bo‘lib 
qolishi mumkin). 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
10. Kichik yoki katta hojat tang qilib turganida. 
11.Nafsga xush kelgan taom dasturxonga tortilganida. 
12. Namozdan chalg‘ituvchi narsalarning yonida nafl namoz o‘qish. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə