|
Microsoft Word nurul izoh ziyouz com docAbul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izohwww.ziyouz.com kutubxonasi
104
Hilldir.
HAJNI ADO ETISH TARTIBI
Haj qilmoqchi bo‘lgan kishi quyidagi amallarni bajarishi kerak
1.
Miyqotda yo undan oldin ihromga kirish.
2. Ihromga kirishdan oldin tirnoqlarni, ortiqcha junlarni olish.
3.
Mo‘ylablarni qisqartirish.
4.
G’usl yoki tahorat qilish.
5. Yangi yoki yuvilgan izor va rido kiyish, ular oq va yangi bo‘lgani afzaldir.
6.
Agar bor bo‘lsa xushbo‘ylik sepish.
7.
Ikki rakat namoz o‘qish (bu amallar mustahab).
8.
Namozdan so‘ng "Allohumma inniy uriydul hajji fayassirhu li va taqobbal minni" deb duo qilish.
Ma’nosi:
"Allohim, men haj qilmoqchiman, uni menga oson qil va mendan uni qabul et ".
9.
Ikki rakat namozdan so‘ng hajni niyat qilib talbiya, ya’ni "Labbayka" aytadi. Talbiyaga boshqa
kalimalarni ham qo‘shib aytish joizdir. Niyat qilib talbiya aytgach, ihromga kirgan hisoblanadi.
10. Talbiyadan so‘ng Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, salavot aytish.
11. Shundan so‘ng yaxshi duo qilish mustahabdir.
Hajda man qilingan amallar
Ihromga kirgach, ayoli bilan jinsiy yaqinlik qilishdan, yomon so‘z aytishdan, gunoh qilishdan,
tortishishdan, quruqlikdagi hayvonni ovlashdan, yo ovchiga uni ko‘rsatishdan, tikilgan libos kiyishdan,
salla o‘rashdan, oyoqqa mahsi kiyishdan, bosh va yuzni berkitishdan, atir sepishdan, soch va soqol
oldirishdan, tirnoq olishdan saqlanish lozim.
Ihrom kiygan holda g‘usl qilish, hammomga kirish, kajava va chodirga kirib salqinlanish, belga
kamar va shunga o‘xshash narsalarni taqish joizdir. Har namozdan so‘ng, pastdan yuqoriga
chiqayotganida, yoki vodiyga tushayotganida, hojilar guruhiga duch kelganida hamda sahar vaqtida
erkaklar ovozini chiqarib talbiya aytishadi.
Makkaga kirishda qilinadigan amallar
1. Hoji Makkaga kelgach, xushu’ bilan, talbiya aytgan holda Masjidul Haramga kiradi.
2. Ka’bani ko‘rgach, uch bor takbir va tahlil aytadi.
3-4. Avval takbir va tahlil aytgan holda, Hajarul Asvadga yuzlanib, namozdagi kabi qo‘llarini
ko‘taradi va qo‘llarini tushirib ikki qo‘lini toshning ustiga qo‘yib, qo‘llari orasidan toshni o‘padi,
buning iloji bo‘lmasa, goshga biror narsani tekkizib, uni o‘padi, buning ham iloji bo‘lmasa, ikki qo‘l
kaftlarini ko‘tarib u tomonga qaratib, takbir, tahlil, hamd va salavot aytadi, so‘ng kaftlarini o‘padi.
5.
So‘ngra agar hoji makkalik bo‘lmasa, Hatim (Ka’ba yonidagi yarim doira shakldagi devor)
orqasidan Ka’ba atrofida o‘ng yelkasini ochgan holda, ridoni o‘ng qo‘ltig‘idan o‘tkazib, uchini chap
yelkasiga tashlab, yetta marta qudum tavofini qiladi.
6.
Ushbu yetti davralik tavofning ilk uchtasida hoji yelkalarini harakat qildirgan holda tez-tez yuradi
(raml).
7.
Qolgan to‘rt tavofda esa viqor bilan sekin-asta yuradi.
8.
Har gal Hajarul Asvad yonidan o‘tayottanida 3-4-bandida bayon etilgan amallarni qiladi. Har
tavofda ruknul Yamaniyni imkoni bo‘lsa, ikki qo‘l kafti bilan siypaydi. Imkon topolmasa, qoldiradi.
9.
Tavofni 3-4-bandda bayon etilgan amallarni qilish bilan tamomlaydi.
Nurul Izoh
Dostları ilə paylaş: |
|
|