Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Junub kishiga harom bo‘lgan amallar



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/142
tarix25.02.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101489
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   142
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Junub kishiga harom bo‘lgan amallar 
G’usl qilguncha beshta narsa harom bo‘ladi: 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
1. Namoz o‘qish. 
2. Qur’oni karimdan bir oyat (bo‘lsa ham) o‘qish. 
3. Qur’onni yo biror oyati karimani g‘ilofsiz ushlash. 
Izoh: G’ilof Qur’oni karimga yopishgan bo‘lmay, faqat uni muhofaza qilish uchun qo‘llanadigan 
sumka, mato, xaltachaga o‘xshash narsalardir. Bular Qur’oni karimga yopishmagani uchun, ular 
orqali Qur’oni karimni ushlash joiz. Ammo Qur’onning jildi Qur’oni karimdan bo‘lgani uchun, uni 
g‘ilofsiz ushlash joiz emas).
4. Masjidga kirish. 
5. Ka’bani tavof qilish. 
Tahoratsiz kishi uchun harom bo‘lgan amallar 
Tahoratsiz kishiga quyidagi uch amalni qilish haromdir: 
1. Namoz o‘qish. 
2. Qur’onni yoki bir oyati karimani g‘ilofsiz ushlash. 
3. Ka’bani tavof qilish. 
Istihoza va shunga o‘xshash narsalarning hukmlari 
Istihoza burundan to‘xtovsiz qon oqishi kabi holat bo‘lib, namoz o‘qish, ro‘za tutish va jinsiy aloqa 
qilishga Monelik qilmaydi. Istihozali ayol xuddi siydigini tuta olmagan yoki davomli ichi ketayotgan 
kishidek uzrli hisoblanib, har bir namoz vaqti kirgach, tahorat qiladi va xohlaganicha farz yoki nafl 
namoz o‘qishi mumkin. Uzrli kishilarning tahorati namoz vaqti chiqishi bilan buziladi, 
Izoh: Bu hukm Imomi Azam, roziyallohu anhu, va Imom Muhammadga ko‘radir. Yani uzrli kishi 
bomdod namozi uchun qilgan tahorati bilan faqat bomdod namozini o‘qiydi. Tahoratni buzuvchi 
boshqa sabab bo‘lmasa ham, quyosh chiqishi bilan uning tahorati buziladi. Imom Abu Yusufga ko‘ra, 
uzrli kishining tahorati namoz vaqti kirishi bilan ham, chiqishi bilan ham buziladi. Bunga ko‘ra, uzrli 
kishining quyosh chiqqanidan so‘ng qilgan tahorati peshin vaqti kirishi bilan buzi ladi. 
Imomi Azam va Imom Muhammadga ko‘ra esa, uzrlining, tahorati namoz vaqti kirishi bilan 
buzilmaydi. Imom Zufarga ko‘ra, uzrlining tahorati faqat namoz vaqti kirish bilan, ya’ni bomdod 
namozi uchun qilgan tahorati, quyosh chiqishi bilan emas, balki peshin namozi vaqti kirishi bilan 
buziladi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə