Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Najosat tekkan narsalar qanday tozalanadi?



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/142
tarix25.02.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101489
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   142
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Najosat tekkan narsalar qanday tozalanadi? 
Qonga o‘xshash ko‘rinib turgan najas bir marta yuvib tashlash bilan ketkaziladi. Batamom ketkazish 
qiyin bo‘lib, narsalarda najosat asorati (rang, hid kabi) qolsa, zarari yo‘q. Siydikka o‘xshash aniq 
ko‘rinmaydigan najosatlar uch marta yuvish va har bir yuvishdan so‘ng siqib tashlash bilan ketkaziladi. 
Libosga, badanga tekkan najaslar suv, sirka, gul suvi kabi suyukdiklar bilan yuvib poklanadi. 
Mahsi va shunga o‘xshash narsalar unsurli najosatdan nam bo‘lganida ham yerga yoki tuproqqa surtish 
bilan, qilich (pichoq) va unga o‘xshash narsalar esa, artib tozalash bilan poklanadi. 
Yerning tozalanishi 
Iflos bo‘lgan yer yuzasi quyosh yoki shamol tasirida Qurib, ustidagi najosat asorati yo‘qolgach, 
poklangan hisoblanadi. Bunday joyda namoz o‘qish joiz. Faqat u tuproqqa tayammum qilib bo‘lmaydi. 
Zero, tayammumda tuproq (najosatdan) pok bo‘lishi shart. Shuningdek, yerda o‘sib turgan daraxt va 
o‘tlar ham ustidagi najosat qurib yo‘qolgach, toza hisoblanadi. 
Boshqa holga o‘tish bilan poklanish 
Iflos bir narsa chirishi yoki yonib kul bo‘lishi bilan mohiyati o‘zgarsa, poklangan hisoblanadi. Libos 
yoki badanda qurib qolgan maniy qirib tashlansa, pok bo‘ladi. Agar qurimagan bo‘lsa, yuvib 
tozalanadi. 
O’lik hayvonlarning terisi va shunga o‘xshash narsalarning poklanishi
Inson va to‘ng‘izdan boshqa, go‘shti yeyilmaydigan o‘lik hayvonlarning terisi achchiqtosh, tuz va 
shunga o‘xshash dorivorlarni sepish orqali haqiqiy manoda, tuproq surish yoki quyoshda quritish orqali 
esa hukmiy manoda oshlash bilan hisoblanadi. 
Izoh: O'lik fil terisi ham oshlansa, halol. Chunki fil hukman vahshiy hayvonlar sarasiga kiradi. Zero, 
Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, fil tishidan yasalgan taroq qo‘llagan edilar.
Go‘shti yeyilmaydigan hayvonlarning terilari, shariy so‘yish ("Bismilloh" aytish) bilan pok bo‘ladi. 
Go‘shtlari esa shariy so‘yilsa ham, halol bo‘lmaydi. 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
Qon bormaydigan soch, tirnoq, shox va yog‘i bo‘lmagan suyakka o‘xshash azolar, hayvon o‘lgach, 
nopok hisoblanmaydi. Ammo asab tolalari nopokdir. Kiyikning mushk xaltasi, mushkning o‘zi kabi 
pokdir, yeyilishi joiz. Yovvoyi mushukning mushki ham pok bo‘lib, uning xushbo‘y hididan sepgan 
kishining namozi durustdir. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə