Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
34
avratdir. Kiyim ostidan tananing rangi ko‘rinib tursa, avrat berkitilgan hisoblanmaydi. Olimlarning
fikriga ko‘ra, avrat joylarning avratligi ularning egasi uchun bo‘lmay, balki boshqalar uchundir.
Masalan, namoz davomida boshqalar qarashi harom bo‘lgan a’zoga kishining
nazari tushsa, namozga
Hech zarar yetmaydi.
Izoh: Rivoyat qilishlaricha, Oyisha, roziyallohu anho, shunday degan ekanlar: "Shuncha yil birga
hayot kechirib, na men u zotning avrat joyini ko‘rdim, na u zot mening avratimni ko‘rdilar". Ajabo,
bugungi kunda shunday zarofat sohibi bo‘lgan Payg‘ambarning, sollallohu alayhi va sallam, diniga
mansub bo‘lganlardan necha kishi bu xususda ul zotning Haqiqiy ummati bo‘lishga loyiq ekan-a?
1.
Ipak, quruq hashak yoki loy bo‘lsin, avrat joylarini berkitadigan bir narsa topa olmagan kishi,
o‘sha holatda Namozini o‘qiydi va keyinchalik uni takror o‘qimaydi.
2.
Biror shaxsning ruxsati bilan bo‘lsin, avrat joyini berkita oladigan to‘rtdan
bir qismi toza bir
narsani top-gan kishining avratini yopmasdan namoz o‘qishi joiz emas.
3.
Agar u topgan narsaning to‘rtdan bir qismidan kam qismi pok bo‘lsa, xohlasa, avratini yopib,
xohlasa avratlari ochiq holda namozini o‘qishi mumkin.
4.
Butunlay iflos kiyim bilan namoz o‘qish yalang‘och holda namoz o‘qishdan afzalroqdir.
5.
Avrat joyining bir qismini yopishga yetadigan narsa topgan kishining
undan foydalanishi
vojibdir. Hech bo‘lmasa, oddiy va orqasini berkitadi. Faqat bir tomonini yopishya ga yetadigan bo‘lsa,
(ruku va sajdada nojo‘ya holat bo‘lgani uchun) orqasini, ba’zi olimlarga ko‘ra esa, (qiblaga qaraYa
gani uchun) oldini berkitadi.
Dostları ilə paylaş: