Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc


Vojib bo‘lishining sababi



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/142
tarix25.02.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101489
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   142
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Vojib bo‘lishining sababi 
Vojib bo‘lish sababi namoz vaqtlarining kirishidir. Namozning avvalgi vaqti kirishi bilan butun 
vaqtning bir qismida uni ado etish vojibdir. 
Izoh: Namoz lug‘atda duo degan manoni anglatadi. Shariatda esa boshlanishi iftitoh takbiri, oxiri 
salom bo‘lgan maxsus harakat va lafzlardan iborat ibodatdir. Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi 
va sallam, hijratlaridan bir yarim yil avval, Meroj kechasida farz qilingan.
Namoz vaqtlari 
Bir kecha-kunduzda farz namozlarning besh vaqti bor: 
1. Bomdod namozining vaqti subhi sodiqdan boshlab, quyosh chiqqunigachadir. Sharqdan yoyila 
boshlagan oppoq yorug‘lik bomdod namozining vaqti kirganini bildiradi. 
2. Peshin namozining vaqti quyoshning zavolidan har bir narsaning soyasi o‘zidan ikki marta uzun 
bo‘lgunichadir. 
3. Asr namozining vaqti narsalarning soyasi o‘zidan ikki marta uzun bo‘lgan vaqtdan boshlab, quyosh 
botgunigacha davom etadI. 
4. Shom namozining vaqti quyosh botganidan so‘ng boshlanib, qizil shafaq yo‘qolgunicha davom 
etadi. 
5. Xufton va vitr namozlarining vaqti qizil shafaq yo‘qolgan paytdan boshlanib, subhi sodiq 
kirgunigacha davom etadi. Vitr namozi hech qachon xufton namozidan avval o‘qilmaydi. 
Ikki farz namozning birga (jam) o‘qilishi 
Ikki farz namozni bir vaqtda o‘qish (yani, jam qilish) uzr tufayli bo‘lsa ham, joiz emas. Faqat Arafotda 
ihromda bo‘lish va hojilar rahbari yoki uning vakiliga iqtido qilish sharti bilan peshin, asr namozlari 
peshin vaqti ichida, Muzdalifada esa shom va xufton namozlari xufton vaqti ichida jam qilib o‘qiladi, 
Muzdalifaga ketayotib, yo‘lda shom namozini o‘qish joiz emas. 
Mustahab bo‘lgan namoz vaqtlari 
1. Erkaklar uchun bomdod namozini so‘nggi vaqtigacha kechiktirib o‘qish. 
2. Peshin namozini yoz paytida jazirama issiq yo‘qolgunigacha kechiktirish, qish paytida esa tezroq 
o‘qish, faqat havo bulutli bo‘lganida biroz kechiktirish. 
3. Asr namozini, quyoshga qaralsa, ko‘z qamashmaydigan paytdan biroz avvalgi vaqtgacha 
kechiktirish, lekin havo bulutli kunlarda tezroq o‘qish. 
4. Shom namozini havo ochiq kunlarda tezroq (vaqt avvalida), havo bulutli kunlarda biroz kechiktirib 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
o‘qish. 
5. Xufton namozini tunning uchdan bir qismi o‘tgunigacha kechiktirish, havo bulut kunlari tezroq 
o‘qish. Uyg‘onishiga ishonganlarning vitr namozini tunning so‘nggi vaqtigacha kechiktirib o‘qishi. Bu 
hukmlar soati bo‘lmaganlar uchundir. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə