Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/142
tarix25.02.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101489
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   142
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
48
VITR NAMOZINING HUKMI VA O‘QILISH TARTIBI 
Vitr bir salom bilan uch rakat o‘qiladigan vojib namozdir. Barcha rakatlarida Fotiha va zam sura 
o‘qiladi. Ikkinchi rakatidan so‘ng o‘tiriladi va faqatgina "Attahiyotu" o‘qiladi. Uchinchi rakatga 
turilgach, sano o‘qilmaydi. Fotiha "va zam sura o‘qilgach, qo‘llar quloqning yumshoq joyiga ko‘tarilib 
takbir aytiladi. So‘ngra qo‘llar pastga qo‘yib yubormasdan yana bog‘lanadi. Qiyomda, rukudan avval 
Qunut duosi (butun yil bo‘yi) o‘qiladi (vitrdan boshqa namozlarda o‘qilmaydi). 
Izoh: Qunut duosi Imomi A’zamdan, rahmatullohi alayh, ham farz, ham vojib, ham sunnat ekanligi 
rivoyat qilingan. Olimlar mazkur rivoyatlarni birlashtirib, bajarilishi farz, ishonib e’tiqod qilinish 
vojib, sobit bo‘lishi (hadislarda zikr etilgani unun) sunnat deganlar. 
Butun yil bo‘yi deyishimiziing sababi shuki, Hanafiy mazhabmda "Qunut "duosi o‘qishni 
shofe’iylardagi "Qunut "duosiga aralashtirib yubormaslik uchundir. Ma’lumki, Shofe’iy mazhabida 
faqatgina Ramazon oyining o‘n beshinchi kunidan so‘ng vitr namozida Qunut duosi o‘qiladi. Yil 
davomida esa bomdod namozi farzining ikkinchi rakatida rukudan so‘ng ham Qunut duosi o‘qiladi. 
Shofe’iylarga ko‘ra, Qunut duosini o‘qshi sunnati muakkadadir. 
 
Qunut duosi 
Allohumma inna nasta’inuka va nastag‘firuk. Vanu’minu bika va natavakkalu ‘alayka va 
nusniy ‘alaykal xoyr. Kullahu
nashkuruka va la nakfuruk. Va naxla’u va natruku may-yafjuruk.
Allohumma iyyaka na’budu va laka nusolliy va nasjug‘u va ilayka nas’a va nahfidu narju 
rohmatak(a). Va naxsha ‘azabaka inna ‘azabaka bil kuffari mulhiq. 
Ma’nosi: 
"Allohim! Faqatgina sendan yordam so‘raymiz, bizni to‘g‘ri io‘lga hidoyat qiliiishgni 
tilaymiz. Sendan gunohlarimizni magfirat qilishingni so‘raymiz va senga tav-ba qilamiz. Senga imon 
keltiramiz va tavakkal qilamiz. Senga hamd aytamiz va doimo yaxshilik bilan zikr qilamiz. Seiga shukr 
qilamiz va hsch qaysi ne’matingni inkor qilmaymiz. Kufrdan va senga xush kelmaydigan barcha 
narsalardan) o‘zimizni uzoq tutamiz. Sening rizoligingga zid harakat qilganlarni tark etamiz. 
Allohim! Faqatgina Senga ibodat qilamiz, faqatgina Sen uchun namoz o‘qiymiz. Faqat Sengagina 
sajda qilamiz. (Amalda bizni Senga yaqinlashtiradigan narsalarni qo‘lga kiritish uchun bor kuchimiz 
bilan harakat qilib), senga talpinamiz. Rahmatingni umid qilib, azobingdan qo‘rqamiz. Muhaqqaq 
ishonamizki, Haq bo‘lgan azobing kofirlargadir ". 
Qunut duosini imom ham, iqtido qilgan jamoat ham ichida o‘qiydi. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə