Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/142
tarix25.02.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101489
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   142
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

Musofir namozining hukmi
Musofirning namozni qasr qilib o‘qishi bizning hanafiy mazhabda azimatdir. 
Izoh: "Azimat " lug‘atda bir narsaga qat’iy qaror qi moq va uni bajarishga bor kuchi bilan intilmoq 
deganidir Fiqh istshyuhida esa, shar’iy amr va nahiylarni, hech qanda uzrli sabablarga e’tibor 
qshshasdan, asl shaklida ado qilmoq: dir. Buning ziddi bo‘lgan ruxsat esa, uzrli sabablar tufayl 
shar’iy amr va nahiylarni qulaylashtiruvchi, ruxsat berilgan yo‘lni tanlashdir. Masalan, tahoratda har 
safar oyoqni yuvish azimat, mahsi kiyganida mash tortish ruxsatdir. 
To‘rt rakatli farz namozlarini to‘liq o‘qigan yo‘lo" chi, agar ilk qa’dada o‘tirgan bo‘lsa, namozi 
sahihdir. Fa; qat (vojib bo‘lgan salomni kechiktirgani uchun) makruhdir (bu holatda so‘nggi ikki rakat 
nafl o‘rniga o‘tadi); Birinchi qa’dada o‘tirmagan bo‘lsa, farzni tark etgan uchun namozi sahih 
bo‘lmaydi. Faqat uchinchi rakatga turayotganida muqimlikka niyat qilsa, namozi sahih bo‘ladi. 
Lekin vojib bo‘lgan birinchi tashahhudni tark etgani uchun sahv sajdasi qilishi kerak. 
Qasr muddati va muqnmlikka niyat
1.
Yo‘lovchi o‘z diyoriga qaytgunicha yoki biror shahar yoxud qishloqda 15 kun qolishga niyat 
qilgunicha namozlarini qasr o‘qiydi. 
2.
Agar bir joyda 15 kundan oz muddat qolishga niyat qilsa yoki hech qanday niyat qilmasdan, erta-
indin ketaman, deb yillar davomida o‘sha joyda qolsa ham, namozlarini qasr o‘qiyveradi. 


Nurul Izoh 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
55
3.
Birortasida kechasi tunashni qaror qilmagan ikki shaharda, cho‘l va adirlarda hamda badaviylar 
yashaydigan joylarda iqomatni niyat qilish durust emas. 
4.
Shuningdek, (urush paytida) dushman yerlarida bo‘lgan askarlarimiz ham (qancha qolishlarinn 
bilmaganlari uchun) iqomatni niyat qilishlari durust emas. 
5.
(Davlatga qarshi chiqqan) bir toifani qurshovga olgan va u yerda kutayotgan askarlarning ham 
(qancha qolishlarini bilmaganlari uchun) iqomatni niyat qilishlari joiz emas. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə