Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/142
tarix25.02.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101489
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   142
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
56
turishi uchun bemorning boshiga yostiq qo‘yi ladi. Agar kuchi yegsa, oyoqlarini qiblaga uzatmasligi 
uchun oyoqlarini yig‘ishtirib oladi. 
5. Imo-ishora bilan ham namoz o‘qishga kuchi yetmagan be-mor o‘ziga aytilayogan narsalarni 
tushunsa, namozini kechiktiradi (so‘ngra qazosini o‘qiydi). "Hidoya" sohibiga ko‘ra budurustdir. 
Faqatyana "Hidoya" sohibi "Tajnis" va "Mazid" nomli asarlarida imo-ishora bilan namoz o‘qishdan 
ojiz qolish muddati besh vaqt namozdan ortiqdavom etsa, bemor aytilgan narsalarni tushunsa ham, 
namoz o‘qish majburiyati undan soqit bo‘ladi, deganlar, "Qozixon" va "Muhit" muallifi ham buni 
tasdiqlaganlar. Shayxul-Islom va Faxrul-Islom ham bu nuqtai nazarni ixtiyor qilganlar. "Zohiriya" 
kitobida fatvo shunga deyilgan. "Xulosa" kitobining sohibi ham mazkur hukmni ixtiyor qilgan, 
"Yanobig‘", "Badoi’" va "Val-volijiy" asarlarining sohiblari ham bu fikrni to‘g‘ri deganlar. Barchasini 
Achloh rahmat qilsin. 
Turli masalalar
1.
Boshi bilan imo-ishora qilishga kuchi yetmagan kishi ko‘zi, qoshi yoki qalbi bilan imo qilib 
namoz o‘qimaydi, chunki sajda qosh, ko‘z va yurak bilan emas, bosh bilan qilinadi. 
2.
Tik turib o‘qishga kuchi yetib, ruku va sajda qilishga kuchi yetmagan kishi namozini o‘tirgan 
joyida imo-ishora bilan o‘qiydi. 
3.
Sog‘lom kishi namoz o‘qiyotganida tobi qochsa, kuchi yetgan shaklda imo bilan bo‘lsa ham 
namozini tamomlaydi. 
4.
O’tirgan joyida ruku va sajda qilib namoz o‘qiyotgan kishi, namoz asnosida o‘zini yaxshi his 
qilsa, o‘rnidan turib namozini davom ettiradi va shu tarzda tamomlaydi. Ruku va sajda qilolmasdan 
imo bilan o‘qiyotgan kishi (o‘zini yaxshi his qilsa) namozni boshidan qayta o‘qishi kerak. 
5.
Esini yo‘qotgan va h)'shidan ketgan kishining bu holati besh vaqt namoz mobaynida davom etsa
o‘ziga kelgach, bu namozlarining qazosini o‘qiydi. Besh vaqtdan ko‘proq davom etsa, qazosini 
o‘qimaydi (undan soqit bo‘ladi). 
Namoz va ro‘zaning kafforati Kafforat uchun qachon vasiyat qilish shart emas? 
Imo-ishora bilan ham namoz o‘qishdan ojiz bo‘lgan bemor qoldirgan namozi besh vaqtdan ham 
kam bo‘lsa-da, o‘qiy olmagan namozlarining kafforatini berishni vasiyat qilishi joiz emas. Muqim 
bo‘lmasdan hamda bemor tuzalmasdan vafot etsa, safar va bemorlik davomida tuta olmagan ro‘zaning 
kafforatini berishini ham vasiyat qilishlari lozim emas. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə