Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
113
uning qiymatini kambag‘al
kimsaga sadaqa qilib, qarzidan qutuladi.
Olti oylik qo‘zi, besh yashar tuya, ikki yillik mol (sigir), tug‘ilishda shoxsiz bo‘lgan katta-kichik
hayvonlarni qurbonlik qilish mumkin. Bir yoki ikki ko‘zi ko‘r, tik turolmaydigan darajada kuchsiz,
so‘yiladigan joygacha yurib yurolmaydigan darajada nimjon hayvonlar qurbonlik qilinmaydi.
Chunki
Alloh taolo oyati karimada: "Molingizning sizlarga eng qimmatlisidan Alloh uchun fido
qilmaguningizcha, ehson qilguvchilardan bo‘la olmaysiz" (mazmuni) deb amr etgan.
Qurbonlik go‘shtining bir qismini o‘zi oilasi bilan :a, uchdan bir qismidan kam bo‘lmaganini
kambag‘allarga, bir qismi esa boy qo‘shnilarga ham tarqatiladi. Oilada shchilik bo‘lsa, qo‘shnilarga
tarqatmay, go‘shtini to‘liq 1 oy ichida ishlatishi ham mumkin. Qurbonlik so‘yuvchi hayvon terisini
vaqf muassasalariga berishi mumkin yoki o‘z ehtiyoji uchun ishlatishi mumkin.
Jonliqni egasi so‘yishi juda fazilatlidir,
buni eplay olmasa, o‘riiga vakil qo‘yadi. Faqat musulmon
bo‘lmagan kishiga so‘ydirmaydi. Qurbonlikni "Bismillahi Allohhu akbar (Ulug‘ Alloh nomi bilan)"
deb Allohning ismini zikr qilib so‘yadi.
"Shu maqsadim amalga oshsa, shu xil hayvonni qurbonlik qilaman", deb va’da qilish nazr deyiladi.
Berilgan va’dani bajarish vojibdir. Nazr yo shu ishim hal bo’lsa, falon payt shu xil jonliq so‘yaman"
kabi ma’lum bir payti aniq yoki "shu ishim amalga oshsa, shunaqa jonliq so‘yaman"
kabi payti noaniq
bo‘lishi mumkin.
Vaqti ma’lum nazrning vaqti kelsa, bajarilishi kerak. Vaqgi noma’lum bo‘lgan nazrlar sabab
bo‘lgan ishlar amalga oshganida qilinishi kerak. Nazr qilinadigan hayvon qurbonlikka joiz bo‘lgan
hayvonlardan bo‘lishi lozim. Bunga ko‘ra, nogiron hayvon va tovuq, xo‘roz
kabi qurbonlik
qilinmaydigan hayvonlar nazr qilinmaydi. Nazr qilingan go‘shtdan nazr qiluvchi ham, oila a’zolari
ham yemasligi kerak. Zakot berish joiz bo‘lmagan kishilarga (yaqin qarindoshlar: ota-ona, farzand)
berish mumkin. Go‘shtidan albatta kambag‘allarga tarqatish kerak.