Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
44
kunida) qayta tiriltirish ham xuddi bir jonni (yaratish va qayta tiriltirishning)
o‘zginasidir (ya’ni, shu qadar osondir). Zero, Alloh Eshitguvchi, Ko‘rguvchidir."
Janobi Haqning bu qavlida sirlar bor. Bu sir zamonsiz va makonsiz bo‘lish siridir. Chunki
Alloh taoloning mulki uchun, af’oli uchun va ishlari uchun had va g‘oya yo‘q.
Subhonalloh, Uning fe’llaridan hech biri boshqa ishlarni qilishga mone’ bo‘lmaydi.
Ana shunda bir kishi o‘g‘lining oldiga keladi va: "Ey o‘g‘lim! Men seni kiyintirdim, sen
kiyim kiyishga o‘zing qodir emasding. Senga suv va taom berdim. Bu ishlardan sen,
albatta, ojiz eding. Bolaligingda seni muhofaza qildim, chunki sen o‘zingni zararli
narsalardan muhofaza qila olmasding. Mevalar yeging kelganda, sotib olib berdim.
Senga dinni, Iymonni o‘rgatdim. Seni Qur’on mudarrisiga jo‘natdim. Lekin mana,
qiyomatning shiddatini ko‘ryapsan. Gunohlarimning ko‘pligini ham bilasan. Ozrog‘ini sen
bo‘yningga ol! Toki gunohim kamaysin. Savobingdan bitta savob ber. Mezonim u sababli
og‘ir kelsin", deydi. O‘g‘li undan qochadi va shunday deydi: "U bitta savobga men
sendan ko‘ra ko‘proq muhtojman".
Shu tariqa farzand bilan ona o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tadi, er xotin ham bir-birlari bilan
shunday suhbatlashadilar. Aka-uka bir-biri bilan shu tariqa gaplashadilar. Bu holatni
Alloh taolo Abasa surasining 34-35-36-oyatlarida shunday ta’riflaydi:
"U Kunda kishi o‘z og‘a-inisidan ham, onasi va otasidan ham, xotini-yu, bola-
chaqasidan ham qochur!"
Hadisi sharifda shunday deyiladi: "Insonlar qiyomat kuni yalang‘och holda hashr
qilinadilar". Oisha onamiz (r.a.) buni eshitganlarida: "Ular bir-birlariga qaramaydilarmi?"
deb so‘radi. Shunda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Abasa surasining 37-oyatini o‘qidilar:
Dostları ilə paylaş: