Microsoft Word ohirat ziyouz com doc


"(Chunki) ulardan har bir kishi uchun u Kunda o‘ziga yetarli tashvish bo‘lur!"



Yüklə 388,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/48
tarix23.12.2023
ölçüsü388,97 Kb.
#157059
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
imom-gazzoliy -qiyomat-va-oxirat

"(Chunki) ulardan har bir kishi uchun u Kunda o‘ziga yetarli tashvish bo‘lur!" 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bu hadislari bilan shuni murod qiladilarki, qiyomat kunining 
shiddati va mashaqqati insonlarning bir-birlariga qarashlariga mone’ bo‘ladi. 
Insonlar bu paytda bir joyda to‘planadilar. Ularning ustiga bir qora bulut keladi. U bulut 
insonlarning ustiga ularning amal daftarlarini yog‘diradi. Mo‘minlarning sahifasi gul 
yaprog‘iga o‘xshagan bo‘ladi. Kofirlarniki esa, igna barg ko‘rinishda bo‘ladi. 
Sahifalar uchib tushadi. Insonlarning sahifasi o‘ng toomnidan yoki chap tomonidan 
keladi. Bu insonning ixtiyoridan tashqarida bo‘lgan ishdir. Alloh taolo Isro surasining 13-
oyatida shunday marhamat qiladi: 
"Va Biz Qiyomat Kuni unga ochiq holda ro‘baro‘ bo‘ladigan bir Kitobni (ya’ni, 
Nomai a’molini) chiqarib (ko‘rsaturmiz)".
Yetmish ming (ya’ni juda ko‘p) kishi og‘ir hisob qilinmasdan jannatga kiradi. Ular uchun 
mezon qurilmaydi. Ular sahifa ham olmaydilar. Faqat ularga berilgan sahifa ustiga: "La 
ilaha illalloh, Muhammadur rasululloh. Bu falonchi o‘g‘li falonchining jannatga kirishiga 
va do‘zaxdan saqlanishiga baroatdir", deb yozilgan bo‘ladi. 


Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
45
Bir bandaning gunohlari kechirilganida bir farishta uni arosat maydoniga olib boradi. Va 
shunday deydi: "Bu falonchi o‘g‘li falonchidir. Alloh taolo uning gunohlarini afv qildi. 
Qaytib qaroqchi bo‘lmaydi, saodatga erishdi", deydi. U kishiga bu maqomdan ko‘ra 
ziyoda, suyukli maqom bo‘lmaydi. 
Qiyomat kuni Rasullar (a.s.) minbarlari ustida bo‘ladilar. Har bir rasulning minbari uning 
martabasiga ko‘ra bo‘ladi. Ulamoyi olimiyn, ya’ni ahli sunnat e’tiqodida bo‘lgan va 
bilganlariga amal qilgan olimlar ham nurdan yaratilgan kursilarda bo‘lishadi. Alloh 
taoloning dinini saqlash va yoyish uchun shahid bo‘lganlar bilan solihlar, ya’ni shariatga 
amal qilganlar, Qur’oni karimni hurmat bilan va musiqaga solmasdan o‘qigan hofizlar, 
azonni sunnatga mos ravishda chaqirgan muazzinlar tuprog‘i mushkdan bo‘lgan tepalik 
ustida bo‘ladilar. Bular ahkomi islomiyatga tobe’ bo‘lib, yaxshi amal qilganlari uchun 
kursi sohiblari, payg‘ambarlardan keyin shafoat huquqi beriladigan kishilardir. 
Hadisi sharifda shunday deyiladi: "Qur’oni karim qiyomat kunida go‘zal yuzli va axloqi 
go‘zal bir kishi suratida keladi. Undan shafoat qilishi so‘raladi va u shafoat qiladi. Uni 
musiqa bilan (g‘azal o‘qigandek o‘qiganlardan, cholg‘u va o‘yin joylarida rohatlanish 
uchun, pul topish uchun o‘qiganlardan) o‘qiganlardan haqqini da’vo qiladi, so‘raydi. O‘zi 
rozi bo‘lgan kishilarnigina olib jannatga ketadi". 
Dunyo (ya’ni, ibodat qilishga mone’ bo‘lgan va harom ish qilishga sabab bo‘lgan narsalar 
va kishilar) keksa, oq sochli va ayollarning eng xunugi suratida keladi. Insonlardan: "Siz 
uni taniysizmi?" deb so‘raladi. Ular: "Biz uning sharridan Allohga sig‘inamiz. Yo‘q", 
deydilar. Ularga: "Sizlar dunyoda unga yetishish uchun bir-birlaringiz bilan 
urushardingiz", deyiladi. 
Xuddi shunday juma ham sevimli bir inson suratida ko‘rinadi. Mo‘minlar unga diqqat 
bilan qaraydilar. Juma kunini sevganlar mushk tepalari ustida bo‘ladilar. Juma namozini 
o‘qiganlarida bir nur bo‘ladiki, unga qarab hamma ajablanadi. Juma kuniga bo‘lgan 
muhabbatlari sabab jannatga kiritiladilar. 
Ey musulmon birodar! Alloh taoloning rahmatini, Qur’oni karimning, Islomning va 
jumaning saxiyligini ko‘ryapsanmi?! Qur’oni karim ahli qanday baxtlidirlar. Namoz, ro‘za, 
zakot, sabr va go‘zal axloqdan iborat bo‘lgan Islom qanchalik qiymatga ega. 
O‘lim paytida insonning tipirchilashidan, siqintili ko‘rinishidan ma’no chiqarib bo‘lmaydi. 
Zero, Xandaq kuni Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Ey chiriydigan jasadlarning Parvardigori va 
yo‘q bo‘ladigan ruhlarning yaratuvchisi bo‘lgan Rabbim!" degan duolari shuni 
ko‘rsatadiki, Alloh istagan har bir jasad chiriydi va ruhlar ham qiyomat kuni kelsa, yo‘q 
bo‘ladi. Bularning barchasining yaratuvchisi va Rabbisi Allohdir. Bularning har biri 
alohida ilmdir. 


Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy 

Yüklə 388,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə