Microsoft Word ohirat ziyouz com doc


"Mushriklar najas-nopokdirlar"



Yüklə 388,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/48
tarix23.12.2023
ölçüsü388,97 Kb.
#157059
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48
imom-gazzoliy -qiyomat-va-oxirat

"Mushriklar najas-nopokdirlar"
Ya’ni barcha kofirlar nopokdirlar. Holbuki, (s.a.v.): "Men doimo pokiza otalardan pokiza 
onalarga o‘tib keldim", deganlar. Boshqa bir hadisi sharifda esa: "Har asrda o‘z 
zamonasining eng xayrli insoni bo‘lganlarning avlodiman" deganlar. Kofirni xayrli deyish 
esa joiz emas. Shuaro surasidagi 219-oyatda Alloh taolo shunday marhamat qiladi: 
"... sajda qilguvchilar (namoz o‘quvchilar) orasida (imom bo‘lgan holingizda 
namoz ruknlarining biridan ikkinchisiga) ko‘chayotgan (vaqtingizda ham) 
ko‘rib turur".
Bundan u kishining butun ajdodlari mo‘min ekanliklari anglashiladi. 
Ibrohimning (a.s.) otasi Ozarning kofir bo‘lganini Qur’oni Karimda bildirsa ham, Abdulloh 
ibn Abbos va Imom Mujohid: "Ozar Ibrohim (a.s.)ning amakisi edi" deyishgan. 
Arabistonda amaki ota deyiladi. Hadisi sharifda marhamat qilinadiki: "Jahannamda eng 
yengil jazo – Abu Tolibga beriladigan jazodir". Abu Tolibning jazosi eng yengil jazo ekan, 
bordi-yu agar Rasulullohning (s.a.v.) muborak ota- onasi jahannamda bo‘lsaydi, eng 


Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
16
yengil jazo ularga berilardi. Bu hadisi sharif ham ularning mo‘min ekanliklariga ishora 
qiladi. 
4. Olimlarning ko‘pi bu masalada odob va hurmatni saqlagan holda gapirmaslikni, 
haqiqatini Alloh biladi, deb sukut saqlashlikni ma’qul ko‘rganlar. Shayxul-islom alloma 
Ahmad ibn Kamol Poshsho "Abavayn" risolasining oxirida yozganki, "O‘liklarni yomonlab, 
tiriklarni ranjitmanglar", hadisi sharifiga binoan va Tavba surasining: 
"... Allohning Payg‘ambariga ozor beruvchi kimsalar uchun esa alamli azob 
bordir",
ma’nosidagi 61-oyati karimasiga muvofiq: "Rasulullohning otasi 
jahannamdadir" degan kishi mal’undir" ("Mir’atul koinot"). 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) mo‘minlar qabristoni yoniga kelganlarida: "Bu yerda yotgan 
mo‘min-musulmonlarga dunyo va oxirat omonligi bo‘lsin! Ey ahli qabr! Biz inshaalloh 
sizlarga yetishamiz. Siz bizdan avval ko‘chdingiz. Biz ham sizning orqangizdan keyinroq 
boramiz. Ey Rabbim! Bizni va bularni mag‘firat qil va gunohlarimizni kechir" deb 
marhamat qilardilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) muborak zavjalariga ham qabr ziyoratida 
shu so‘zlarni aytishni buyurardilar. 

Yüklə 388,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə