Microsoft Word ohirat ziyouz com doc



Yüklə 388,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/48
tarix23.12.2023
ölçüsü388,97 Kb.
#157059
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48
imom-gazzoliy -qiyomat-va-oxirat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
13
Ba’zi odamlar "Dinim Islomdir" deya olmaydilar. Ular yo shubha uzra vafot etganlar va 
vafot etguncha bir fitna qurboni bo‘lishgan. (Bular ahli sunnatdan bo‘lmagan kishilarning 
so‘zlariga va kitoblariga aldanganlardir.) Buni ham uradilar, qabri olovga to‘ladi. 
Ba’zi kishilar "Imomim Qur’ondir" deya olmaydilar. Chunki ular Qur’on o‘qirdilar, ammo 
undan nasihat olmasdilar, uning amrlariga amal qilmasdilar va u qaytargan gunohlardan 
tiyilmas edilar. Ular ham yuqoridagilar kabi muomala ko‘radilar. 
Ba’zilarning esa, amali qo‘rqinchli shakl oladi Undaylarni sudrab qabrida gunohlariga 
yarasha azoblaydilar. Xabarlarda vorid bo‘lganki: "Ba’zi insonlarning amali xunut 
shakliga kiradi". Xunut deb cho‘chqa bolasiga aytiladi. 
Ba’zilar: "Payg‘ambarim Muhammad (s.a.v.)" deya olmaydilar. Chunki ular dunyoda 
sunnati nabaviyani, islomning amrlarini va nahiylarini unutgandilar. Zamonalarining 
sharoiti va modasiga ergashgandilar. Bolalariga Qur’onni o‘rgatmagandilar, Allohning 
amrlarini va ta’qiqlarini o‘rganmagan va o‘rgatmagandilar. 
Ba’zilar: "Qiblam Ka’ba sharifdir" deya olmaydilar. Sababi namoz o‘qish uchun qiblaga oz 
yo‘nalganlar yoki tahoratda xato qilganlar yoki namozda boshqa narsalarni o‘ylashgan 
yoki ruku’ va sajdada qusur etishgan, ta’dili arkonga rioya qilmaganlar. 
Senga Payg‘ambarimizning (s.a.v.) quyidagi hadisi shariflari kifoya qiladi: "Alloh taolo 
bo‘ynida namozlaridan qarzi bor kishining va haromdan kiyim kiygan (hamda najas 
kiyim kiygan) kishining namozini qabul qilmaydi". 
(Bundan anglashiladiki, farz namozning qazosini o‘qimagan kishilarning sunnat va nafl 
namozlari qabul bo‘lmaydi.) Ba’zilar: "Ibrohim (a.s.) bobomdir" deya olmaydi. Chunki 
dunyoda Ibrohimni (a.s.) yahudiy va nasroniy deb eshitgan va shubhaga tushgandi. 
Bunday kishilar ham yuqoridagilarning kuyiga solinadi. 
TO‘RTINCHI FASL
Kofirlar Munkar va Nakirning: "Rabbing kim?" degan savoliga: "Men bilmayman", deb 
javob beradilar. Shunda farishtalar: "Bilmading va eslolmading" deyishadi. 
So‘ngra uni to yerning yettinchi qavatiga kirib ketguncha temir qamchi bilan uradilar. 
Keyin yer bir silkinib, uni qabriga chiqarib tashlaydi. Shu tarzda yetti marta uradilar. 
Bundan keyingi holatlar turlicha bo‘ladi. Ba’zilarining amali it shakliga kirib, uni to 
qiyomatgacha tishlab qiynaydi. Bular Qiyomatning bo‘lishi va Islom bildirgan boshqa 
xususlarga ishonmaganlardir. Qabrdagilarni turlicha holatlar kutib turadi. Faqat biz 
qisqaroq keltirdik. Bu azobning asli shundayki, bir inson dunyoda eng ko‘p nimadan 
qo‘rqqan bo‘lsa, qabrda shu bilan azob beriladi. 
Masalan, ba’zi insonlar yirtqich hayvonlardan qo‘rqadi. Bu hayvonlar insonlarning 
tabiatiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Alloh taolodan biz mo‘min bandalarini mag‘firat qilishini 
va bu holatlardan salomat saqlashini so‘raymiz. 
Ko‘p marhumlar tushda ko‘rilib, savollarga javob beradilar. Ulardan birining ahvoli 


Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy 

Yüklə 388,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə