www.ziyouz.com kutubxonasi
9
UCHINCHI FASL Fojir va kofirning ruhi shiddat bilan sug‘urib olinadi. Farishtalar unga xitoban: "Ey habis
(iflos) bo‘lgan ruh! Habis bo‘lgan jasaddan chiq!" deyishadi. Shunda u hayvonga o‘xshab
bo‘kiradi. Azroil (a.s.) ruhni chiqarib olib, uni g‘oyatda xunuk, badbashara, boshdan-
oyoq qora kiyingan va badbo‘y hid taratuvchi zaboniylar (azob farishtalari)ga topshiradi.
Farishtalarning qo‘lida eski gilam parchasiga o‘xshash bo‘z bo‘ladi. Ular ruhni shu bo‘zga
o‘raydilar. Bu paytda ruh chigirtka kattaligidagi inson suratiga kiradi. Buning sababi
kofirning tanasi oxiratda mo‘’minning jismidan katta bo‘ladi.
Hadisi sharifda aytilgandirki: "Jahannamda kofirning bitta qoziq tishi Uhud tog‘idek katta
bo‘ladi". Jabroil (a.s.) bu yomon ruhni ko‘tarib dunyo samosiga olib chiqadi.
Eshik oldidagi farishtalar: "Sen kimsan?" deb so‘rashadi.
"Men Jabroilman". "Yoningdagi kim?" "Falonchi o‘g‘li falonchi", deb uning barcha yomon,
xunuk va dunyoda yoqtirmagan sifatlar bilan zikr qiladi. "U uchun osmon eshiklari
ochilmaydi va tuya ignaning teshigidan o‘tmaguncha, bunday kimsalar jannatga
kiritilmaydi", deyiladi.
Jabroil (a.s.) bu so‘zni eshitib, u ruhni qo‘yib yuboradi. Shamol uni uzoqlarga surib
ketadi. Bu holat Qur’oni Karimda Haj surasining 31-oyatida shunday ta’riflanadi:
"Kim Allohga shirk keltirsa, bas, u go‘yo osmondan qulaganu uni (biron vahshiy) qush (o‘lja qilib) olib ketgan yoki (qattiq) shamol yiroq joylarga uchirib ketgan (kimsa) kabidir". U ruh yerga tushgach, bir zaboniy uni tutib sijjiynga
olib boradi. Sijjiyn yerning ostida yoki jahannamning tubidagi tosh bo‘lib, kofir va
fosiqlarning ruhlari o‘sha yerga olib boriladi.
Yahudiy va nasroniylarning ruhlari Kursidan qabriga qaytarib yuboriladi. Agar ular
haqiqiy o‘z dinlarida (buzilmagan yahudiylik va nasroniylik) bo‘lsalar, o‘z jasadlarining
yuvilayotganini kuzatib turadilar.
Mushrik, ya’ni e’tiqodsiz kishilar hech narsa ko‘ra olmaydi. Chunki u dunyo osmonidan
haqir qilib qaytarilgan.
Munofiqlarning ruhi xuddi ikkinchi toifa ya’ni, mushriklar kabi Alloh taoloning qahriga
uchragan holda qabriga qaytariladi.
Ibodatda xato (qusur) qilgan mo‘’minlarning holati turlicha bo‘ladi. Ba’zilarni o‘qigan
namozi orqaga qaytaradi. Agar biror kishi namozini xuddi xo‘roz don cho‘qigandek tez-
tez o‘qisa, namozidan o‘g‘irlik qilgan bo‘ladi. Uning namozi bilan yuziga uriladi.
So‘ngra namoz yuqoriga ko‘tarib: "Sen meni zoe etganingdek, Alloh taolo ham seni zoe
qilsin", deydi.
Ba’zilarni zakoti orqaga qaytaradi. Chunki unday kishilar odamlar ko‘rsin deya, falonchi
zakotini beryapti, sadaqa qilyapti, deyishlari uchun zakotini beradi. Va ko‘pincha