|
Microsoft Word ohirat ziyouz com docimom-gazzoliy -qiyomat-va-oxiratwww.ziyouz.com
kutubxonasi
5
tilamagan kishi yo‘ldan adashadi. Alloh ta’ola Oli Imron surasining 8-oyatida xabar
beradi:
"(Ular ayturlar) Parvardigoro, O‘zing bizni hidoyat qilganingdan keyin – endi
dillarimizni Haq Yo‘ldan og‘dirmagin".
Haq ta’olo bir bandasiga hidoyat va iymonda sobitlik berishni istasa, u kimsaga ilohiy
rahmat beriladi. Ba’zilar bu rahmatdan maqsad Jabroil (a.s.)dir, deganlar.
Ilohiy Rahmati shaytonni uzoqlashtirib, xastaning yuzidan horg‘inlikni ketkizadi. Shunda
inson yengil nafas olib, kuladi. Ko‘p kishilarning jon berishidan oldin kulishlari kuzatiladi.
Bu paytda Jabroil (a.s) Alloh taolo tarafidan rahmat keltirganing xabarini berib:
"Taniyapsanmi, men Jabroilman. Bular esa sening dushmanlaring bo‘lgan shaytonlardir.
Sen islom dini va Muhammad (s.a.v.) shariyatiga sodiq bo‘lgan holingda vafot et", deydi.
Insonga ana shu farishtadan ham suyukli va xursand qiluvchi hech nasra yo‘q. Buni
bizga Oli Imron surasining 8-oyatining davomi xabar beradi:
"... va bizga O‘z huzuringdan rahmat hadya etgin! Albatta, Sengina (barcha
yaxshiliklarni) hadya etguvchisan".
Ba’zi kimsalar turib namoz o‘qiyotganlarida vafot etadilar. Ba’zilar uyqularida, ba’zilar bir
ish bilan mashg‘ul ekanlarida, ba’zilar cholg‘u chalib o‘yin kulgu qilganlarida, yana kimdir
mastligida vafot etadi.
Ba’zi kishilarga ruhi chiqayotganda o‘zidan avval o‘tgan tanishlari ko‘rsatiladi. Shuning
uchun atrofidagi kishilarga qaraydi. Bu holatda u kimsada xirillash bo‘ladiki, insondan
boshqa hamma narsa bu xirillaganini eshitadi. Agar inson bu ovozni to‘liq eshitsa,
albatta, qo‘rquvdan halok bo‘lardi.
Vafot etayotgan kishi eng oxirida yo‘qotadigan tuyg‘u bu eshitish tuyg‘usidir. Zero, ruh
qalbdan ayrilgan paytda atrofdagilarni ko‘rmay qoladi. Ammo eshitish hissi uning ruhiy
qabz etilgunga qadar davom etadi. Shuning uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday
marhamat qilganlar: "Vafot etayotgan odamning oldida shahodat kalimasi "La ilaha
illallohu Muhammadur rasululloh"ni aytib turinglar!" O‘lim to‘shagida yotgan kishining
yonidan ko‘p gapirishdan esa qaytarganlar. Chunki bu paytda inson qattiq siqilish ichida
bo‘ladi.
Agar o‘likning og‘zidan tupigi oqqan, lablari osilib qolgan, yuzi qoraygan, ko‘zi orqaga
tortib ketgan yoki ikki tomonga ketgan bo‘lsa, bilingki, bu odam qattiq gunohkordir.
Oxiratdagi ayanchli ahvolini ko‘rgan bo‘ladi.
Agar o‘likning og‘zi xiyol ochiq, xuddi kulib turgandek, yuzi kulib turgandek, ko‘zlari
joyida bo‘lsa, bilingki ul insonga oxiratda erishadigan surur xabari berilgan bo‘ladi.
Farishtalar bu ruhni jannatdan olingan bir ipak matoga o‘raydilar. Marhumning ruhi
asalari kattaligidagi inson shaklida bo‘ladi. Aqli joyida va olgan ilmlari joyida bo‘ladi.
Dunyoda nima ish qilgan bo‘lsa, hammasini biladi. Farishtalar bu ruh bilan birga samoga
qarab uchadilar. Bu yuksalishni ba’zilar biladi, ba’zilar yo‘q. Shu tariqa oldin o‘tgan
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: |
|
|