IKKINCHI FASL
Shundan keyin Alloh taolo insonga hayoti davomida rizq-ro‘z beradi. Ma’lum bo‘lgan ajali
kelgunicha, to rizqi tugaguniga qadar unga umr berib, dunyodagi o‘limi yaqinlashganida,
to‘rtta farishta keladi, ulardan biri insonning ruhini o‘ng oyog‘idan, ikkinchisi chap
oyog‘idan, uchinchisi o‘ng qo‘lidan, to‘rtinchisi chap qo‘lidan tortadilar. Inson ko‘pincha
o‘z joni g‘ar-g‘ara holiga kelmasidan oldin "Olami malakut"ni ko‘ra boshlaydi va
farishtalarni, o‘z qilgan amallarining haqiqatini olamlarda ro‘y berayotgan ko‘pgina
hollarni ko‘radi. Agar gapira olsa, ularning mavjudligini gapirib beradi. Ko‘pincha
ko‘rayotgan narsalarini shaytonning ishi deb o‘ylaydi. Tildan qolgunigacha harakat
qilmaydi. Shunda yana farishtalar ruhini barmoq uchlaridan tortadilar. Xuddi
bo‘g‘ilgandek xirillab nafas ola boshlaydi. Fojir Odamning ruhi xuddi insonning ichidan
tikanni tortib olgandek qiynab chiqarib olinadi. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) xabar
berganlar. Bu holatda o‘layotgan kishi qornini tikan bilan to‘ladek his qiladi. Ruhini igna
teshigidan o‘tayotgandek, osmon Yerga qulab tushganu, o‘zini uning ostida qolgandek
his qiladi.
Hazrati Ka’b ul Ahbor (r.a.) dan: "O‘lim qanday bo‘ladi?" deb so‘rashdi. U kishi aytdiki:
"Bir kishining ichiga bir tikan shoxini qo‘yib kuchli bir odam tortsa, uning ichini qanday
kesib,tilib chiqsa xuddi shunga o‘xshaydi".
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
4
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytganlarki: "Albatta, o‘lim azoblaridan bittasining tandagi
shiddati uch yuz marta qilich urgandan ham shiddatlidir".
Ana shu paytda insonning badani terlaydi. Ko‘zlari birdaniga ikki tomonga ketadi.
Burnining ikki tomoni tortilib, ko‘kragi ko‘tariladi. Nafas olishi tezlashadi, yuzi sarg‘ayadi.
Hazrati Oisha (r.a.) onamiz Payg‘ambarimiz (s.a.v.) vafot etayotganlarida yonlarida
ekan, ul zotning holini ko‘rib, ko‘zlaridan duv-duv yosh to‘kildi va quyidagi ma’noda bir
necha bayt o‘qidilar:
"Jonim Sizga fido bo‘lsin yo Rasululloh! Shu paytgacha Sizga qarshi qilingan shuncha
yomon harakatlar Sizni zarrachalik ranjitmadi, xafa qilmadi. Shu paytgacha Sizga hatto
jinlar ham yomonlik qila olmadi. Hech narsadan qo‘rqmadingiz. Endi nima bo‘ldiki, go‘zal
yuzingiz butunlay terga botganini ko‘ryapman. Har bir o‘layotgan kishining rangi so‘lib
borgani holda, Sizning muborak yuzingizning nurlari har tarafni yorityapti".
Ruh qalbga kelganida insonning tili tutiladi. Ruh ko‘ksiga kelganida hech kim gapira
olmaydi. Buning ikki sababi bor. Birinchisi bu ish g‘oyat buyuk bo‘lgani uchun, ko‘ksi
nafas bilan to‘lib siqiladi va torayadi.
Ma’lumki, insonning ko‘ksiga musht tushirilsa, hushidan ketadi. Ancha vaqt o‘tgandan
keyin gapira olishi mumkin. Ko‘pincha gapira olmaydi ham, insonning biron joyiga urilsa
ovoz chiqaradi, ammo ko‘ksiga urilsa, ovozi chiqmay o‘likdek bo‘lib qoladi.
Ikkinchi sababi esa, ovoz o‘pkadan tashqariga chiqadigan havoning harakatidan hosil
bo‘ladi. Bu havo endi yo‘q. Nafas olish to‘xtagandan keyin badanning harorati tushib,
soviy boshlaydi. Bu paytda jon berayotgan kishilarning holatlari turlicha bo‘ladi.
Ba’zilarini farishta zahar bilan, qizdirilgan temir bilan uradi. Shunda tezda ruh tashqariga
chiqadi. Farishta ruhni qo‘lga olganida u titray boshlaydi. Asalaridek kichkina inson
shaklida bo‘ladi, so‘ngra farishta uni zaboniyga (azob farishtasiga) topshiradi.
Ba’zilarning ruhi qiynab tortiladi. Ruh chiqayotganda uning bo‘g‘ziga kelib to‘xtab qoladi.
Ruh bu vaqtda qalbga bog‘lanib qolgan bo‘ladi. Shunda farishta qizdirilgan temir bilan
uradi. Mana shu temir bilan urmaguncha ruh qalbdan ayrilmaydi. Temir bilan urishning
sababi – temir o‘lim dengiziga botirib olingan bo‘ladi. Qalb ustiga qo‘yilganida boshqa
joylarga ham ta’sir qiladigan zahardek bo‘ladi. Zero, hayotning siri faqat qalbidir. Uning
siri faqat dunyo hayotida ta’sir qiladi. Shuning uchun ba’zi kalom olimlari: "Hayot
ruhning boshqasidir", "Hayotning ma’nosi ruhning badan bilan birlashishidir", deganlar.
Ruh chekinib, so‘nggi iplari uziladigan paytda insonga bir necha fitnalar uyushtiriladi. Bu
shunday fitnalardirki, iblis o‘z yordamchilarini xossatan u insonning oldiga yuboradi.
Insonga shaytonlar uning otasi, onasi, akasi, ukasi, opa-singillari va boshqa
sevgankishilaridan vafot etganlarning suratida ko‘rinadilar. Va unga bunday dedilar: "Ey,
falonchi! Sen o‘lyapsan. Biz senga yordam bergani keldik. Sen yahudiy diniga iymon
keltirib vafot et. Chunki bu din Alloh nazdida maqbul bo‘lgan haq dindir". Agar ularning
so‘zlariga aldanmasa, quloq solmasa, ular uning yonidan ketadilar. Boshqalari kelib
deydilarki: "Sen nasroniy (xristian) diniga iymon keltirib o‘l! Zero bu din Masihning, ya’ni
Iso (a.s.)ning dinidirki, Muso (a.s.)ning dinini bekor qildi". Shu tariqa shaytonlar turli
millat dinlarini unga bir-bir taklif qiladilar. Bunday paytda Alloh taolodan panoh
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: |