Microsoft Word ohirat ziyouz com doc



Yüklə 388,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/48
tarix23.12.2023
ölçüsü388,97 Kb.
#157059
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48
imom-gazzoliy -qiyomat-va-oxirat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
9
UCHINCHI FASL
Fojir va kofirning ruhi shiddat bilan sug‘urib olinadi. Farishtalar unga xitoban: "Ey habis 
(iflos) bo‘lgan ruh! Habis bo‘lgan jasaddan chiq!" deyishadi. Shunda u hayvonga o‘xshab 
bo‘kiradi. Azroil (a.s.) ruhni chiqarib olib, uni g‘oyatda xunuk, badbashara, boshdan-
oyoq qora kiyingan va badbo‘y hid taratuvchi zaboniylar (azob farishtalari)ga topshiradi. 
Farishtalarning qo‘lida eski gilam parchasiga o‘xshash bo‘z bo‘ladi. Ular ruhni shu bo‘zga 
o‘raydilar. Bu paytda ruh chigirtka kattaligidagi inson suratiga kiradi. Buning sababi 
kofirning tanasi oxiratda mo‘’minning jismidan katta bo‘ladi. 
Hadisi sharifda aytilgandirki: "Jahannamda kofirning bitta qoziq tishi Uhud tog‘idek katta 
bo‘ladi". Jabroil (a.s.) bu yomon ruhni ko‘tarib dunyo samosiga olib chiqadi. 
Eshik oldidagi farishtalar: "Sen kimsan?" deb so‘rashadi. 
"Men Jabroilman". "Yoningdagi kim?" "Falonchi o‘g‘li falonchi", deb uning barcha yomon, 
xunuk va dunyoda yoqtirmagan sifatlar bilan zikr qiladi. "U uchun osmon eshiklari 
ochilmaydi va tuya ignaning teshigidan o‘tmaguncha, bunday kimsalar jannatga 
kiritilmaydi", deyiladi. 
Jabroil (a.s.) bu so‘zni eshitib, u ruhni qo‘yib yuboradi. Shamol uni uzoqlarga surib 
ketadi. Bu holat Qur’oni Karimda Haj surasining 31-oyatida shunday ta’riflanadi: 
"Kim Allohga shirk keltirsa, bas, u go‘yo osmondan qulaganu uni (biron 
vahshiy) qush (o‘lja qilib) olib ketgan yoki (qattiq) shamol yiroq joylarga 
uchirib ketgan (kimsa) kabidir".
U ruh yerga tushgach, bir zaboniy uni tutib sijjiynga 
olib boradi. Sijjiyn yerning ostida yoki jahannamning tubidagi tosh bo‘lib, kofir va 
fosiqlarning ruhlari o‘sha yerga olib boriladi. 
Yahudiy va nasroniylarning ruhlari Kursidan qabriga qaytarib yuboriladi. Agar ular 
haqiqiy o‘z dinlarida (buzilmagan yahudiylik va nasroniylik) bo‘lsalar, o‘z jasadlarining 
yuvilayotganini kuzatib turadilar. 
Mushrik, ya’ni e’tiqodsiz kishilar hech narsa ko‘ra olmaydi. Chunki u dunyo osmonidan 
haqir qilib qaytarilgan. 
Munofiqlarning ruhi xuddi ikkinchi toifa ya’ni, mushriklar kabi Alloh taoloning qahriga 
uchragan holda qabriga qaytariladi. 
Ibodatda xato (qusur) qilgan mo‘’minlarning holati turlicha bo‘ladi. Ba’zilarni o‘qigan 
namozi orqaga qaytaradi. Agar biror kishi namozini xuddi xo‘roz don cho‘qigandek tez-
tez o‘qisa, namozidan o‘g‘irlik qilgan bo‘ladi. Uning namozi bilan yuziga uriladi. 
So‘ngra namoz yuqoriga ko‘tarib: "Sen meni zoe etganingdek, Alloh taolo ham seni zoe 
qilsin", deydi. 
Ba’zilarni zakoti orqaga qaytaradi. Chunki unday kishilar odamlar ko‘rsin deya, falonchi 
zakotini beryapti, sadaqa qilyapti, deyishlari uchun zakotini beradi. Va ko‘pincha 


Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy 

Yüklə 388,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə