Microsoft Word ohirat ziyouz com doc


"Biz har bir insonning amalini bo‘yniga ilib qo‘ygandirmiz (ya’ni, uning qilgan



Yüklə 388,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/48
tarix23.12.2023
ölçüsü388,97 Kb.
#157059
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48
imom-gazzoliy -qiyomat-va-oxirat

"Biz har bir insonning amalini bo‘yniga ilib qo‘ygandirmiz (ya’ni, uning qilgan 
har bir amali ikki dunyoda unga ajralmas hamroh bo‘lur) Va biz Qiyomat kuni 
unga ochiq holda ro‘baro‘ bo‘ladigan bir Kitobni (ya’ni, Nomai a’molini) 
chiqarib (ko‘rsaturmiz)".
So‘ngra qo‘rqinchli ikkita farishta keladi. Ko‘rinishlari inson suratida bo‘ladi. Yuzlari qop-
qora bo‘lib, tishlari bilan yerni yoradilar. Sochlari yergacha tushib turadi. So‘zlari xuddi 
momaqaldiroqdek, ko‘zlari esa chaqmoqdek bo‘ladi. Nafaslari esa xuddi qattiq esayotgan 
shamoldek. Har birining temir qamchisi bor. U qamchini barcha insonlaru jinlar bir joyga 
to‘plansalar ham ko‘tara olmaydilar. Tog‘lardan ham katta va og‘ir bo‘ladi. Agar odamni 
bir marta ursa, xudo ko‘rsatmasin, parcha-parcha qiladi. Ruh ularni ko‘rib, darrov 


Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
12
qochadi. O‘likning burnidan ko‘ksiga kiradi. Ko‘ksidan yuqori qismi tiriladi. O‘ladigan 
o‘lim oldi paytidagi holatiga kiradi. Harakat qila olmaydi. Ammo hamma gapni eshitadi 
va ko‘radi. Farishtalar uni qattiq savolga tutadilar, ezadilar. Tuproq unga xuddi suvdek 
bo‘lib qoladi. Qachonki qimirlasa, joy ochilib bo‘shliq hosil bo‘ladi. 
Bu ikki farishta: "Rabbing kim? Dining nima? Payg‘ambaring kim? Qiblang qaer?" degan 
savollarni berishadi. Alloh taolo kimni muvaffaq qilsa va kimning qalbiga haq so‘zni 
joylagan bo‘lsa, o‘shagina: "Sizlarni vakil qilib menga kim yuborgan bo‘lsa, Rabbim 
O‘sha. Mening Rabbim Alloh, payg‘ambarim Hazrati Muhammad (s.a.v.), dinim 
Islomdir", deb javob beradi. 
Farishtalar deydilarki: "To‘g‘ri javob berdi. Dalilini keltirdi. Bizdan qutuldi". Keyin uni 
qabrining tepasini gumbazdek keng qilishadi va pastiga xushbo‘y rayhonlar to‘shashadi. 
Uning o‘ng tarafidan ikkita eshik ochib qo‘yadilar. Unga jannat qizlari kelib turadi. 
Dunyoda qilgan go‘zal amallari eng yaxshi ko‘rgan do‘sti suratida kelib, ko‘nglini 
ko‘taradi va yaxshi xabarlardan so‘zlaydi. Qabr nurga to‘ladi. Qiyomat kelguncha ana 
shunday masrur holda bo‘ladi. Qiyomatni juda-juda orziqib kutadi. 
Ilmi va amali ozroq bo‘lgan va malakut asroridan xabari bo‘lmagan mo‘minlarning 
darajasi bundan past bo‘ladi. Uning yoniga Ro‘mondan keyin g‘oyat chiroyli, xushbo‘y 
hidlar taratib, go‘zal kiyingan amali keladi. "Meni taniysanmi?" deb so‘raydi. 
U esa: "Sen kimsanki, Alloh taolo seni mening oldimga shu g‘arib holimda yubordi?" 
deydi. Shunda amali: "Men sening solih amallaringman. Qo‘rqma, mahzun bo‘lma! 
Birozdan keyin Munkar va Nakir farishtalari kelishadi va seni savolga tutadilar. Ulardan 
aslo qo‘rqma!" deydi. 
Keyin amali unga farishtalarga nima deb javob berish kerakligini o‘rgatadi. Munkar va 
Nakir keladi. Uni o‘tirg‘izib savolga tutishadi: "Man Rabbuka – Rabbing kim?" U oldin 
aytganimizdek: "Rabbim Alloh, payg‘ambarim Hazrati Muhammad (s.a.v.), imomim 
Qur’oni karim, qiblam Ka’bai sharif, bobom Ibrohim (a.s.). Uning millati mening 
millatimdir", deb javob beradi. Uning tili hech ham tutilmaydi. 
Farishtalar: "Juda to‘g‘ri aytding", deb oldingi farishtalar kabi muomala qilishadi. Ammo 
uning chap tomonidan jahannamdan bir eshik ochishadi. Jahannamning ilonu chayonlari, 
kishanlari, zahar-zaqqumlari, qaynoq (issiq) suvlari va shunga o‘xshash azoblari unga 
ko‘rsatiladi. U bundan qattiq ta’sirlanib, dodu faryod qiladi. 
Unga: "Qo‘rqma, bu yerning dahshati senga zarar bermaydi. Bu yer sening do‘zaxdagi 
joying edi. Ammo Alloh taolo buning o‘rniga jannatdan senga joy berdi. Orom ol, sen 
saidsan (baxtlisan)", deyishadi. Keyin do‘zax eshiklari yopiladi. Shundan keyin u uyquga 
ketadi va undan hech narsa so‘ralmaydi. 
Ba’zi kishilarni bu holatda tili tutiladi. Agar e’tiqodi buzuq bo‘lsa, (ahli sunnatdan 
bo‘lmasa, bid’atchi bo‘lsa), "Rabbim Alloh" deya olmaydi. Boshqa so‘zlarni ayta 
boshlaydi. Shunda farishtalar uni bir uradilar, qabri olovga to‘ladi. Keyin olov bir necha 
kungacha so‘nib turadi. Keyin yana olov hosil bo‘ladi. Ana shu holat to qiyomatgacha 
davom etadi. 


Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy 

Yüklə 388,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə