Microsoft Word ohirat ziyouz com doc



Yüklə 388,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/48
tarix23.12.2023
ölçüsü388,97 Kb.
#157059
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48
imom-gazzoliy -qiyomat-va-oxirat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
11
Sahih hadisda kelgandirki: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yonlaridan bir janoza o‘tib qoldi. 
Hurmat uchun Rasululloh (s.a.v.) oyoqqa turdilar. Sahobalar (r.a.): "Ey Rasululloh! Bu 
yahudiy janozasi-ku", deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) aytdilarki: "Nafs emasmi?!" 
(Ya’ni, inson emasmi.) Rasululloh (s.a.v.) bunday qilishlarining sababi u muborak zotga 
malaklar olami bildirilgan, ko‘rsatilgan. Shuning uchun bir janoza ko‘rsalar, hayajonda 
bo‘lardilar. 
"Halabiy"da deyiladiki, yonidan (oldidan) janoza o‘tayotgan kishi o‘lik uchun oyoqqa 
turmasligi lozim. Balki janozani ko‘tarish va orqasidan yurib borish uchun turish kerak. 
Rasululloh (s.a.v.) janozani ko‘rganlarida turib va o‘tib ketgandan keyin o‘tirganlar va siz 
ham shunday qiling deya buyurganlar. Ammo keyinchalik bu buyruqni bekor qilgan. 
"Maroq-ul faloh va "Durrul Muxtor"da ham janozani ko‘rganda hurmat yuzasidangina 
o‘rnidan turishlik joiz emasligi yozilgan. 
Murda qabrga qo‘yilib, ustiga tuproq tortilayotgan paytda qabr o‘likka bunday deydi: 
"Mening ustimda farog‘atda eding, endi ostimda mahzun bo‘lasan. Mening ustimda 
taomlar yerding, endi esa mening ostimda seni qurtlar yer". Qabr mayyit ko‘mib 
bo‘linguncha, unga shunday achchiq so‘zlar aytadi. 
Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilinadi: "Rasulullohdan (s.a.v.) so‘radim: 
– Yo Rasululloh! Inson qabrga qo‘yilgandan keyin uni birinchi qarshilaydigan narsa 
nima? 
– Ey Ibn Mas’ud! Buni sendan boshqa hech kim so‘ramadi. Faqat sen so‘rading. Inson 
qabrga qo‘yilgandan keyin, Ro‘mon ismli bir farishta qabrga kirib deydiki: "Ey Abdulloh! 
Amallaringni yoz!" 
U kimsa deydiki: "Qanday yozaman? Na qog‘ozim bo‘lsa, na qalamim". 
Farishta: "bu so‘zing qabul qilinmas. Sening kafaning qog‘ozing, tupuging siyohingdir, 
barmoqlaring esa qalamingdir", deydi. Keyin farishta uning kafanidan bir parcha yirtib 
beradi. U banda dunyoda yozishni bilmagan bo‘lsa ham, u yerda barcha savob va 
gunohini xuddi bir kunda qilgandek bir pasda yozib beradi. 
Keyin farishta shu yozilgan kafan parchasini o‘likning bo‘yniga osib qo‘yadi. 
Shundan keyin Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Isro surasining 13-oyatini o‘qidilar: 

Yüklə 388,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə